Login parol tushunchalari Axborot xavfsizligi tushunchalari
Download 0.95 Mb.
|
Reja axborot xavfsizliginingasosiy tushunchalari Axborot xavfsiz
Simsiz tarmoqlar xavfsizligiga tahdidlar Simsiz texnologiyadan foydalanilib juda katta afzalliklarga eri- shish mumkin. Bu texnologiya foydalanuvchilarga aloqani yo‘qotmasdan be- malol harakatlanish xissiyotini bersa, tarmoq yaratuvchilariga bog‘lanishlarni tashkil etish uchun katta imkoniyatlarni yaratadi. Undan tashqari tarmoqdan foydalanish uchun ko‘pgina yangi qurilmalarni paydo bo‘lishiga imkon beradi. Ammo 115 simsiz texnologiya oddiy simli tarmoqlarga qaraganda o‘zida ko‘proq tahdidlarni eltadi. Xavfsiz simsiz ilovani yaratish uchun simsiz "xujumlar" o‘tuvchi bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha yo‘nalishlarni aniqlash lozim. Afsuski, ilovalar hech qachon butun- lay xavfsiz bo‘lmaydi, ammo simsiz texnologiyalardagi xavf-xatarni sin-chiklab o‘rganish har xolda himoyalanish darajasini oshishiga yordam beradi. Demak, mumkin bo‘lgan tahdidlarni taxlillab, tarmoqni shunday qurish lozimki, xujumlarga xalaqit berish va nostandart "xujumlar"dan himoyalanishga tayyor turish imkoni bo‘lsin. Nazoratlanmaydigan xudud Simli va simsiz tarmoqlar orasidagi asosiy farq tarmoq chetki nuqtalari orasidagi mutlaqo nazoratlanmaydigan zona bilan bog‘liq. Uyali tarmoqlarning yetarlicha keng makonida simsiz muhit aslo nazoratlanmaydi. Zamonaviy simsiz texnologiyalar tarmoq makonini boshqarish vositalarining chegaralangan to‘plamini taqdim etadi. Bu simsiz tuzilmalarning yaqinidagi xujum qiluvchilarga simli dunyoda mumkin bo‘lmagan xujumlarni amalga oshirishga imkon beradi Yashirincha eshitish Yashirincha eshitish. Simsiz tarmoqlar kabi ochiq va boshqarilmaydigan muhitda eng tarqalgan muammo anonim xujumlarning mumkinligi
Yashirincha eshitish Bo‘g‘ish. Tarmoqlarda bo‘ ish atayin yoki atayin bo‘lmagan interferensiyaning aloqa kanalidagi jo‘natuvchi va qabul qiluvchi imkoniyatidan oshganida sodir bo‘ladi. Natijada bu kanal ishdan chiqariladi. Xujum qiluvchi bo‘ ishning turli usullaridan foydalanishi mumkin. Xizmat ko‘rsatishdan voz kechish. DoS (Denial of Service — xizmat ko‘rsatishdan voz kechish) xilidagi xujum tarmoqni butunlay ishdan chiqarishi mumkin. Butun tarmoqda, jumladan bazaviy stansiyalarda va mijoz terminallarida, shunday kuchli interferensiya paydo bo‘ladiki, stansiyalhar bir-birlari bilan bog‘lana olmaydilar. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling