Logistik tizimlar


Download 45.07 Kb.
bet5/6
Sana13.04.2023
Hajmi45.07 Kb.
#1351017
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-маъруза

Mezologistik tizimlar. Odatda davlatning xo‘jalik faoliyatini makroekonomika deb yuritiladi. Bu tushuncha mustahkam iqtisodiy aloqalar bilan bog‘langan mamlakatlar guruhining xo‘jalik faoliyatini tavsiflash uchun ishlatiladi.
Oxirgi yillarda iqtisodiy rivojlanishdan mamlakatlarda va butun jaxon amaliyotida yagona logistik tizimga bog‘langan korxonalarning katta guruhlariga konglomeratlar tuzish jarayoni kuzatilmoqda. Konglomeratlar moliya – sanoat guruhlar korporatsiyasi hisoblanadi, bunda kapitallar birlashishi nazarda tutiladi..
Ko‘rsatib o‘tilgan korporatsiyalar (bir mamlakatni qamrovchi) va transmilliy, ya’ni bir nechta mamlakatlar xo‘jalik faoliyatini birlashtiruvchi bo‘lishi mumkin. Har xil darajadagi shunday konglomeratlar tashkil bo‘lish jarayoni korporativlash nomini oldi. Moliyaviy kapital sohasida ham yirik xalqaro banklar birlashuvini yaratish, korporativlash jarayoni kuzatilmoqda.
Bunday xo‘jalik faoliyati iqtisodiyotning o‘rta bo‘g‘ini g‘ mezoiqtisodiyot sohasining yaratilishiga olib keladi.
Korporatsiya logistikasi – “mezologistika” asosan axborot tavsifiga ega logistik tizim darajasi qanchalik yuqori darajada bo‘lsa axborot oqimlari shuncha ko‘p va material oqimi kam bo‘ladi.
Korporatsiya logistik tizimi shu tarzda qurilgan boshqaruv tizimi hisoblanadiki, unda har bir daraja o‘ziga kerak bo‘lgan axborotga ega.
Mezologistika vositasi bo‘lib asosan global hisoblash tizimi tarmog‘i xizmat qiladi.
Iqtisodiyotning o‘rta bo‘g‘ini tarkib topishi jaxon iqtisodiyotini intensiv suratlarda axborotlashtirish bilan bir vaqtda sodir bo‘ladi. Bunday axborotlashtirish korporatsiyaning ayrim korxonalari jaxonning har xil mintaqalarida joylashganiga qaramay iqtisodiyotni mezotarkiblashni tezlashtiradi. Korxonlarning geografik joylashuviga bog‘liq bo‘lmagan holda korporatsiya logistik tizimining global tarmog‘ini tashkil qilish mantiqiydir. Korporatsiya rivojlanishining muhim omili bo‘lib, faoliyatining har xilligi hisoblanadi.
Korporatsiyaga birlashgan, yakka o‘zi faoliyat olib boruvchi korxona odatda aniq texnologik yo‘nalish bo‘yicha xarakat qiladi. Masalan , avtomobil ishlab chiqaruvchi korxona. YAngi model yaratilishiga katta miqdorda pul qo‘ydi. Bozor konyukturasida o‘zgarishlar yuz berdi yoki model muvaffaqiyatsiz bo‘lib chiqdi. Bu holda sinish darajasida zarar ko‘rdi. Korporatsiyada esa bunday holat bo‘lsa tezda choralar ko‘riladi. Masalan, avtomobildan tashqari korporatsiyada kema, samolyot yoki televizor ishlab chiqaradi. Diversifikatsiyalash hisobiga bozorda avtomobil bozoridagi zararni boshqa bozordan tushgan foyda hisobiga kompensatsiyalaydi.
SHunday tarzda diversifikatsiya umumiy moliyaviy tavakkalchilikni kamaytiradi.



Download 45.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling