Logistik tizimlar


Download 45.07 Kb.
bet4/6
Sana13.04.2023
Hajmi45.07 Kb.
#1351017
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-маъруза

Mikrologistik tizim makrologistik tizimning tarkibiy qismlari, tizimchalari hisoblanadi. Unga har xil ishlab chiqarish, savdo korxonalari, hududiy ishlab chiqarish majmualari kiradi.
Mikrologistik tizim ichki (ishlab chiqarish ichidagi) tashqi va integratsiyalashgan turlarga bo‘linadi.
Ishlab chiqarish ichidagi logistik tizimlar mahsulot ishlab chiqarishning texnologik sikli doirasida materiallar oqimini boshqarishni optimallashtiradi. Ishlab chiqarish ichidagi logistik tizimning asosiy vazifasi g‘ yakunlanmagan ishlab chiqarish va material resurslar zaxiralarini kamaytirish, firmaning kapital aylanishni tezlashtirish, uzoq muddatli ishlab chiqarish davrini kamaytirish, material resurslar zaxira darajasini nazorat qilish va boshqarish, texnologik (sanoat) transport ishini optimallashtirish. Ishlab chiqarish ichidagi logistik tizim ishini optimallash mezoni mahsulot tannarxini va tayyor mahsulot sifatini berilgan darajada ta’minlash, uzoq muddatli davrni minimallash hisoblanadi.
Tashqi logistik tizimlar ishlab chiqarish texnologik siklidan tashqarida materiallar oqimi va u bilan birga yo‘naluvchi boshqa oqimlarni birinchi manbaadan belgilangan punktgacha bo‘lgan boshqarish va optimallash bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni hal qiladi. Tashqi logistik tizim bo‘g‘ini – ishlab chiqarish firmalarining ishlab chiqarish bo‘limlariga material resurslar oqimi xarakatini ta’minlash va ularning omborlaridan tayyor mahsulotni etkazib beruvchilardan hisoblanadi.
Tashqi logistik tizimning asosiy vazifasi g‘ tovar uzatuvchi tarmoqda tayyor mahsulot va material resurslar ratsional harakatini tashkil qilish, logistik tizimning ayrim bo‘g‘inlaridagi logistik operatsiyalar bilan iste’molchilar buyurtmasi bajarilish vaqtini va tayyor mahsulot hamda material resurslarni etkazib berish vaqtini qisqartirishdir.
Integratsiyalashgan mikrologistik tizim chegarasi sotuvdan keyingi servis va iste’molchilarga tayyor mahsulotni sotishni tashkil qilishda tarqatish tizimidagi logistik operatsiyalar, ta’minotni tashkil qilish va material resurslarni sotib olish jarayonlarini harakatga keltiruvchi tarqatish, ishlab chiqarish sikli orqali aniqlanadi.
Integratsiyalashgan mikrologistik tizimda logistik menejment va uning logistik hamkorlari (vositachilar) firma ishini va ularning rivojlanishi uchun oraliq omillar va ko‘proq umumiy vaqt hisobini ta’minlovchi moliyaviy, material, axborot oqimlarini boshqarishni optimallashtirish boshqaruv yondashuvi hisoblanadi.
Integratsiyalashgan mikrologistik tizim shakllanishi ishlab chiqarish tarqatish siklining barcha bosqichlarida sifatni boshqarish konsepsiyasi va umumiy logistik xarajatlarni minimallash konsepsiyalari hisoblanadi.
Ayrim hollarda ishlab chiqarish ichidagi va tashqi logistik tizimlarga integratsiyalashgan mikrologistik tizimning kichik tizimchalari sifatida qaraladi.

Download 45.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling