Uchinchi renessansda ilmiy-amaliy tadqiqotlarning dolzarb muammolari


Download 445.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana23.10.2023
Hajmi445.29 Kb.
#1717325
  1   2   3   4   5
Bog'liq
60-63 1653738687



www.re-search.uz 
51 
“UCHINCHI RENESSANSDA ILMIY-AMALIY TADQIQOTLARNING DOLZARB
MUAMMOLARI” RESPUBLIKA ONLAYN KONFERENSIYASI 
LOGISTIK MАRKАZLАRNING PАYDO BO‘LISHI, TURLАRI, FUNKSIYALАRI 
VА ULАRNING HUDUD IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLАNISHIDАGI 
АHАMIYATI 
 
Orzukulova Zumrad Аbduxoliq qizi 
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti tayanch doktoranti
zumrad.orzuqulova@mail.ru 
 
Annotatsiya: Maqolada mamlakatimizdagi yangi barpo etilayotgan logistik 
markazlarning hududlarning rivojlanishidagi roli haqida bayon etilgan. Logistik 
markazlarning paydo bo‘lish tarixi, funksiyalari va turlariga to‘xtalib o‘tilgan. 
Kalit so‘zlar: logistik markaz, logistik operatsiyalar, logistik firmalar, yuklar, 
jo‘natmalar, xizmatlar. 
Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotida logistik markazlarning hududlar 
rivojlanishida toboro o‘z o‘rnini mustahkamlab borayotganligi sir emas. Logistik 
markazlarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyati haqida to‘xtalishdan 
oldin mazkur terminning taʼrifi, paydo bo‘lish tarixi, klassifikatsiyasiga qisqacha to‘xtalib 
o‘tsak. 
Logistik markaz atamasi ko‘pgina olimlarning ilmiy ishlarida, internet manbalarida 
transport-logistika markazlari atamasi bilan teng kuchli yoki o‘zaro bog‘lik tushunchalar 
sifatida qo‘llaniladi. Logistik markaz atamasi ilmiy adabiyotlarda 1980-yillardan boshlab 
paydo bo‘la boshladi. Ilk bora logistik markaz atamasini 1984-yilda R.Tress tomonidan 
boshqa logistik tashkilotlardan farq qiluvchi alohida tashkilot sifatida ishlatgan. Muallifning 
taʼkidlashicha logistik markaz doirasida bir qancha transport va logistik xizmatlarni 
ko‘rsatuvchi mustaqil firmalar faoliyat olib borib, ular o‘zaro hamkorlik qiladi. Logistik 
markazning taʼrifi domiy ravishda omborxonaga joylashtirish va saqlash, jo‘natish bilan 
chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Zero logistika atamasining paydo bo‘lish tarixi bevosita 
zaxiralarni omborlarda saqlashga borib taqaladi. Logistik markaz haqidagi mavjud taʼriflarni 
aynan qaysi kriteriyaga qarab taʼrif berilayotganligiga ko‘ra ikki guruhga bo‘lish mumkin. 
Birinchi guruhga logistik markazni transport infratuzilmasi jihatdan qaraydigan olimlar 
bergan taʼriflarni, ikkinchi guruhga esa logistik markazni biznes faoliyatini rivojlartiruvchi 
turtki sifatida qaraydigan olimlarni kiritish mumkin. Аynan ikkinchi guruh olimlari logistik 
markazlarni mavjud kompaniyalarni rivojlantirishga va ular joylashgan hududlar iqtisodiyoti 
rivojiga taʼsir etuvchi omil sifatida qaraydilar. Bu guruhga kiruvchi ayrim taʼriflarni keltirib 
o‘tamiz. 
Logistik markaz – keng qamrovli xizmatlar ko‘rsatuvchi firmalardan tashkil topgan, 
yaxlit bir hududdagi yagona terminal bo‘lib, yuklarni saqlash, qayta ishlash, axborot oqimini 
boshqarish, bojxona xizmatlari, yuklarni transportirovka qilish bilan bog‘liq qarorlarni qabul 
qiladi. (ABLcompany, 2019). 


www.re-search.uz 
52 

Download 445.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling