Uchinchi renessansda ilmiy-amaliy tadqiqotlarning dolzarb muammolari


“UCHINCHI RENESSANSDA ILMIY-AMALIY TADQIQOTLARNING DOLZARB


Download 445.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana23.10.2023
Hajmi445.29 Kb.
#1717325
1   2   3   4   5
Bog'liq
60-63 1653738687

“UCHINCHI RENESSANSDA ILMIY-AMALIY TADQIQOTLARNING DOLZARB
MUAMMOLARI” RESPUBLIKA ONLAYN KONFERENSIYASI 
Logistik markaz – mahalliy va xalqaro tranzit maqsadida transport, logistik va 
tovarlarni taqsimlash bilan aloqador barcha operatsiyalarni amalga oshiradigan turli 
kompaniyalar joylashgan maxsus hududdagi hab (hub)(EUROPLATFORMS EEIG, 2004). 
Bizning fikrimizcha, logistik markaz – muayyan hududda yuklarni saqlash, qayta 
ishlash, mahalliy va xalqaro tashish bilan bog‘liq transport, axborot oqimi, bojxona, bank, 
sug‘urta kabi rasmiylashtirish masalalarini tashkil etuvchi turli firmalarni ularning 
mustaqilligiga taʼsir qilmagan holda o‘zida jamlovchi tashkilot. Uning asosiy maqsadi 
yuklarni yetkazish xarajatlarini hamda logistik zanjirdagi operatsiyalar uchun ketadigan vaqt 
sarfini qisqartirish.
Mazkur markazlarning paydo bo‘lish tarixiy ildizini qadimgi Misrda ilk don 
omborlarining paydo bo‘lishi bilan bog‘lash mumkin. Bu omborlar dastlab faqat 
ocharchilikni oldini olish uchun qo‘llanilgan bo‘lsa, keyinchalik misrliklar boshqa davlatlar 
bilan oldi sotdi qilishi, ulgurji va chakana savdoni farqlay boshlashlari, buxgalteriya hisobi 
elementlarini qo‘llay boshlashlari natijasida omborlar soni oshdi va ularning vazifalari ham 
takomillashib bordi. Birinchi va Ikkinchi Jahon urushi davrida ham omborxonalar asosan 
zaxiralarni saqlash uchun mo‘ljallangan edi. 1980-1990-yillarga kelib distribyutorlar, ulgurji 
va chakana savdo bilan shug‘illanuvchi firmalar faoliyatida iqtisodiyot va boshqaruv 
metodlaridagi o‘zgarishlar tufayli tub burilish boshlandi. Buni bevosita hozirgi bizga maʼlum 
bo‘lgan logistik markazlarning ilk namunalarining paydo bo‘lish davri edi deb hisoblash 
mumkin.
Birinchi logistik markazning paydo bo‘lishi ko‘p manbalarda yirik logistik kompleks 
yoki terminallarning yaratilishi g‘oyasi bilan bog‘liq deb hisoblanadi. Jumladan, Myakenkiy 
S.V ning fikricha dunyodagi birinchi logistik kompleks 1950-yilda АQShning Аtlanta 
shtatidagi Delta aeroporti hisoblanib , unda yuklarni saqlash, tashish va bu jarayonlarni 
boshqaruvchi markazlar faoliyati tashkil etilgan edi. Bu logistik kompleksni hozirgi logistik 
markazlarning eng soddasiga o‘xshatish mumkin bo‘lib, uni logistik markazlarning paydo 
bo‘lishida ilk yetakchi siftida eʼtirof etish mumkin. Sharapov.S.А esa o‘zining ilmiy ishida 
yirik logistik terminallar kompleksining paydo bo‘lish g‘oyasini 1960-yilda Fransiyaga borib 
taqalishini taʼkidalagan. Unga ko‘ra davlat, savdo palatalari va ishlab chiqarish 
kompaniyalari bilan hamkorlikda tashkil etgan Parijdagi «Garonor» logistik markazi birinchi 
hisoblanib undan keyin Yevropaning boshqa davlatlarida ham paydo bo‘lgan. Todua.V.А. va 
Belnitskiy.D.Slarning 2020-yilda chop etilgan maqolasida esa Yevropadagi birinchi logistik 
markaz Germaniya hududida, Bavariyada Ingolshtad shahrida paydo bo‘lganligi aytiladi.
А.Y.Kurovaning fikricha, 1971-yilda Italiyada ilk tashkil etilgan «Interporto 
Bologna» logistik markazi hozirgi zamonaviy logistik markazning birinchi ko‘rinishi 
hisoblanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki logistik markazlarning paydo bo‘lish tarixida aniq bir 
sana va markaz nomi yetakchilik qilmaydi. Bunga sabab logistik markaz atamasining turlicha 
talqin qilinishi hamda bunday markazlarning funksiyalarining qaysi birini asosiy deb 
qarashda olimlarning turlicha yondoshganliklaridir. Misol uchun, Аtlantadagi Delta aeroporti 
dastlab pochta yetkazib berishda mamlakatda yetakchilikni qo‘lga kiritib, shtab kvartirasini 
Jorjiyadan Аtlantaga o‘tkazdi hamda mazkur tarmoqdagi boshqa raqiblarini yutib yuborib 
logistik markazga aylandi. Bunda asosiy etibor qulay joylashuvni tanlash va yirik firmaga 
aylanishga qaratilgan edi. Fransiyadagi logistik markazning tashkil etilishidan ko‘zlangan 


www.re-search.uz 
53 

Download 445.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling