Uchinchi renessansda ilmiy-amaliy tadqiqotlarning dolzarb muammolari
Jadval №1 Logistik markazlar klassifikatsiyasi
Download 445,29 Kb. Pdf ko'rish
|
60-63 1653738687
- Bu sahifa navigatsiya:
- “UCHINCHI RENESSANSDA ILMIY-AMALIY TADQIQOTLARNING DOLZARB MUAMMOLARI” RESPUBLIKA ONLAYN KONFERENSIYASI
Jadval №1 Logistik markazlar klassifikatsiyasi.
Klassifikatsiya kriteriyasi Logistik markaz turi Hududiy yaxlitlik boʼyicha Birlashgan Modulli Tarqoq Egalik shakliga koʼra Xususiy Davlat-xususiy sherikchilikda Qayta ishlanadigan yuklarni turi boʼyicha Universal Muayyan tarmoqqa mansub Maxsus Transportning mavjudligiga koʼra Yakka turdagi transportdan foydalanuvchi Intermodal Mamlakatimizda hozirgi kunda transport-logistika xizmatlarini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish maqsadida 5 ta xalqaro logistik markazlar tashkil etilgan. Ular Navoiy xalqaro intermodal logistik markazi- xabi, Аngren, Termiz, Toshkent va Pop xalqaro www.re-search.uz 54 “UCHINCHI RENESSANSDA ILMIY-AMALIY TADQIQOTLARNING DOLZARB MUAMMOLARI” RESPUBLIKA ONLAYN KONFERENSIYASI logistika markazlari faoliyat yuritadi. Geografik joylashuv nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, mamlakatimizning shimoli-sharqiy qismida logistik markazlar ancha zich joylashgan bo‘lib, g‘arbga borgan sari ular ancha siyraklashgan.V iloyatlar kesimida qaraydigan bo‘lsak, «O‘ztemiryo‘lkonteyner» АJ maʼlumotlariga asosan uning tarkibidagi logistik markazlarning Qoraqalpog‘iston Respublikasi xududida 1 ta, Xorazm viloyatida 2 ta, Buxoroda 3 ta, Navoiyda 1 ta, Samarqandda 1 ta, Qashqadaryoda 2 ta, Surxandaryoda 1 ta, Jizzaxda 1ta, Sirdaryoda 1 ta, Toshkentda 6 ta, Namanganda 1 ta, Аndijonda 2 ta, Farg‘onada 2 tasi joylashgan. Bu markazlar temir yul transportiga asosanlag yuk tashishlar va saqlash bilan xarakterlanadi. Mazkur markazlardan 24 tasi bevosita «O‘ztemiryo‘lkonteyner» АJ rasmiy saytida xaritada aks ettirilgan va ular 4 ta kategoriya bo‘yicha alohida belgilar bilan belgilangan. Bu logistik markazlarning 10 tasida bojxona omborlari mavjud bulgan, 15 tasi katta xajmdagi yuk konteynerlari, o‘rtacha xajmdagi yuk konteynerlari, barcha turdagi vagon va xizmatlarni ko‘rsatuvchi (ular orasida 9 tasi faqat shu kategoriyada kolgan 6 tasi esa xam bojxona omborlari xam katta xajmdagi yuk konteynerlari, o‘rtacha xajmdagi yuk konteynerlari, barcha turdagi vagon va xizmatlarni ko‘rsatuvchi 2 ta kategoriyani o‘zida jamlaydi). 5 tasi barcha turdagi vagon va xizmatlarni ko‘rsatuvchi, 4 tasi esa katta xajmdagi yuk konteynerlari va barcha turdagi vagon va xizmatlarni ko‘rsatuvchi markazlar bo‘lib bu 4 ta markaz bojxona omborlariga ega bo‘lgan markazlar kategoriyasini ham o‘z ichiga olgan. Hozirgi kunda Respublikamizda Аndijon viloyati Xo‘jaobod tumanida bir kecha kunduzda 350-400 ta transport vositasini qabul qilish imkoniga ega “Do‘stlik” logistika markazi qurilmoqda. Logistik markazlarning hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 1. Hududda yo‘l-transport infratuzilmasi holati yaxshilanadi. 2. Hududiy YaIMdagi logistik xizmatlar ulushi ortadi. 3. Hududning investitsion jozibadorligi otradi. 4. Logistik firmalar, operatorlar soni ortib, yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Nafaqat mazkur hududda balki qo‘shni hududagi ishchi kuchlarini jalb qilish imkoni paydo bo‘ladi. 5. Hududagi aholi yashash turmush forovonligi darajasi oshadi. Download 445,29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling