Uchinchi renessansda ilmiy-amaliy tadqiqotlarning dolzarb muammolari


“UCHINCHI RENESSANSDA ILMIY-AMALIY TADQIQOTLARNING DOLZARB


Download 445.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana23.10.2023
Hajmi445.29 Kb.
#1717325
1   2   3   4   5
Bog'liq
60-63 1653738687

“UCHINCHI RENESSANSDA ILMIY-AMALIY TADQIQOTLARNING DOLZARB
MUAMMOLARI” RESPUBLIKA ONLAYN KONFERENSIYASI 
asosiy maqsad esa urushdan keyin Parijda qisqarib ketgan tovar oqimini yana qayta tiklash 
edi. Germaniyada logistik markazlarning tashkil etilish konsepsiyasining asosiy maqsadi esa 
mahalliy va intermodal yo‘llarni rivojlantirish, butun logistik xizmatlar komleksi bozorida 
sinergetik effektga ega bo‘lish hisoblangan. 
Logistik markazlar o‘z mohiyatiga ko‘ra muayayan funksiyalarni bajaradi. Ularni 
to‘rtta katta guruhga bo‘lish mumkin: 
1. Logistik funksiyasi deyilganda yuklarni saqlash, tashish bilan bog‘liq logistik 
operatsiyalarni tashkil qilish, yuk jo‘natuvchilar, brokerlar, agentlar va eltuvchilar o‘rtasida 
integratsion logistik tizimi tashkil qilish nazarda tutiladi. 
2. Moliyaviy funksiyasi deganda esa logistik operatsiyalarni moliyalashtirish bilan 
bog‘liq, yuklarni, transport vositalarni sug‘urtalash, bojxona, kredit, baholash bilan bog‘liq 
xizmatlarni tizimli tashkil etish tushuniladi. 
3. Yordamchi funksiyasi yuk jo‘natuvchi kompaniyalar bilan transportirovkani 
tashkil qilish, yukning hajmiga ko‘ra konteyner, transport tanlash, marketing, logistik 
konsultatsiya, transportlarni texnik taʼmirlash va saqlash bilan bog‘liq xizmatlarni o‘z ichiga 
oladi.
4. IT va maʼlumotlarni boshqarish funksiyasi- saqlash va tashish bilan bog‘liq 
maʼlumotlarni boshqarish, logistik operatsiyalarni avtomatlashtirish, telekommunikatsiya 
xizmatlarini tashkil etish. 
Logistik markazlarni turlari haqida gapirganda ularni odatda xizmat ko‘rsatish 
geografiyasiga ko‘ra mahalliy va xalqaro, yuklarni saqlash va qayta ishlash hajmiga ko‘ra, 
joylashgan maydoniga ko‘ra katta, o‘rtacha kichik turlari haqida ko‘p to‘xtalib o‘tiladi. 
Umuman olganda logistik markazlarni quyidagi 5 kriteriya bo‘yicha klassifikatsiyasi uning 
turlari haqida nisbatan to‘liq tasavvur hosil qilish imkonini beradi (Kisperska-Moroń & 
Krzyżaniak, 2009). 

Download 445.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling