Mustaqil ish Logistika fanidan


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana08.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1178391
  1   2
Bog'liq
Логистика ривожланиш тарихи




Mustaqil ish
Logistika fanidan
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar
vazirligi, Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti
MML-91
Abdullayev Ibrohimjon



Mavzu: Logistikaning rivojlanish tarixi
Reja: 

Logistik yo’nalishning vujudga kelish tarixi

Logistika rivojlanishining 4 davri



Logistika tushunchasi

Logistika tushunchasi o‘zining qadimiy tarixiga ega «Logistika» so‘zi kelib chiqishi 
bo‘yicha yunonchadir. Qadimgi Afinada maxsus amal - «logist» yoki ijtimoiy o‘z-o‘zini 
boshqarish amaldori bo‘lgan (eramizgacha V asrda 30 ga yaqin). Logistlar har yili qur’a 
tashlash yo‘li bilan belgilanganlar; ularning vazifasiga vakolati tugagan boshqa 
amaldorlarning hisobotlarini tekshirish va bu hisobotlarni faxrli fuqarolar kengashiga 
tasdiqlashga topshirish kirgan, kengashning qarori yakuniy bo‘lgan. Qadimgi Rimda 
ba’zi bir ma’muriy va diniy vazifalarni bajaruvchi amaldorlar logistlar deb atalganlar. 
Vizantiya imperatori Lev VI (866-912 yillar) davrida logistika armiyani ta’minlash va 
uning ko‘chishini boshqarish san’ati sifatida ta’riflangan. Nemis tadqiqotchisi 
G.Pavellek ta’kidlashicha Vizantiya imperiyasida logistikaning belgilanishi «armiyaga 
maosh to‘lash, uni kerakli tartibda qurollantirish va taqsimlash, uning ehtiyojlari haqida 
o‘z vaqtida va to‘liq darajada g‘amxo‘rlik qilish, ya’ni shaxsiy qurolli kuchlar 
harakatlanishi va taqsimlanishiga rahbarlik qilishdan» iborat bo‘lgan. 



«Logistika» so‘zi barcha asosiy Evropa tillarida mavjud, ammo ulardan har xil
ma’nolarda foydalanadilar. 
«Logistika» atamasidan mashhur olimlar, faylasuflar, sarkardalar o‘z asarlarida
foydalanganlar. Buyuk nemis matematigi G.V.Leybnits (1646-1716) bu atamadan «Xulosalarni
hisoblash» yoki matematik mantiq ma’nosida foydalangan. XIX asrda bu atamadan kelib
chiqishi shvetsariyalik bo‘lgan taniqli harbiy nazariyachi va tarixchi Antuan-Anri Jomnin
(1779-1869) o‘z asarlarida foydalangan. 1813 yildan boshlab u Rossiyada Aleksandr I ning
shtabida ishlagan, 1826 yilda infanteriya generali unvonini olgan. Nikolay I ning harbiy
maslahatchisi bo‘lgan va Sankt-Peterburgdagi harbiy akademiyaning asoschilaridan biri
bo‘lgan (1828). SHahzoda Aleksandr II ning shaxsiy o‘qituvchisi bo‘lgan, haqiqatan ham 
uning uchun muallifning logistika bo‘yicha eng muhim asari yozilgan va keyinchalik u 
ko‘pgina tillarga tarjima qilingan. U logistikani o‘z ichiga rejalashtirish, boshqarish, 
ta’minlash, qo‘shinlarni joylashtirish joyini belgilash, armiyaga transport xizmatini ko‘rsatish
bilan bog‘liq masalalarning keng doirasini oluvchi qo‘shinlarni boshqarishning amaliy san’ati
sifatida belgilagan. 
1884 yilda Amerika harbiy-dengiz floti instituti kemachilik zaruriyatlari uchun
«logistika» tushunchasini kiritgan. 
1904 yilda Jenevada Itelson, Laland va Kutyurlarning taklifi bo‘yicha falsada
kongressi logistikani matematik mantiq sifatida belgilagan. 
Logistika tamoyillari ikkinchi jahon urushi davrida Amerika armiyasida moddiy
texnik ta’minot hamda qurol-yarog‘, oziq-ovqat, transportni etkazib beruvchilar va qo‘shinlar
o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish sohasida keng rivojlangan. Taktika, strategiya va
razvedka bilan bir qatorda «Logistika» atamasi bilan fuqarolik korxonalarining ta’minot-sotish
faoliyati belgilanishi mumkin. 



Rivojlanishning 4 davri



XX asrda logistika rivojlanishining tarixiy bosqichlarini ajratishga bir necha yondashishlar
mavjud. 
Birinchi yondashish. Ba’zi bir olimlar logistika rivojlanishining to‘rtta davrini ajratadilar.

«Fragmentlashtirish» davri (1920-1950) 

Marketingning tarkibiy qismi sifatida jismoniy taqsimlash konsepsiyasining
vujudga kelish davri (1950-1970) 

Rivojlanish davri (1970-1980) 

Integratsiyalash davri (1980-1990)




1. «Fragmentlashtirish» davri (1920-1950) logistik konsepsiya hamda moddiy
oqimlarni boshqarish va umumiy xarajatlarni pasaytirish qurollari vujudga
kelishining shart-sharoitlari shakllanishi bilan ta’riflanadi. Ammo logistika
tamoyillari to‘liq darajada talab qilinmagan edilar, faqat ba’zi bir tashkil qiluvchi, 
masalan ishlab chiqarish, tashish yoki omborga joylashtirishdagi xarajatlarni
pasaytirishga imkon beruvchi ayrim logistik vazifalar qo‘llanilgan. 

2.Marketingning tarkibiy qismi sifatida jismoniy taqsimlash konsepsiyasining
vujudga kelish davri (1950-1970) logistikaning nazariyasi va amaliyoti shakllanishi, 
ishlab chiqarish va taqsimlashda xarajatlarni pasaytirishning yangi yo‘llarini
qidirish, axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan ta’riflanadi. Marketing 
falsafasi xorijda keng tarqalgan. SHu bilan bir vaqtda, avvallo xarajatlarni
pasaytirish nuqtai nazaridan distribyusiyalash (jismoniy taqsimlash)ni yaxshilash
imkoniyatlarini endi nazarga ilmaslik mumkin emasligi tushunila boshlangan.




3. Rivojlanish davri (1970-1980) biznes-logistika konsepsiyasi asosida ishlab chiqarish va distribyusiyalash 
(taqsimlash)da xarajatlarni kamaytirishning yangi yo‘llarini qidirish hamda logistik tizimlarni keng yoyish va 
sanoat logistikasi tamoyillari va sifatni umumiy boshqarishning falsafasini qo‘llash bilan ta’riflanadi. Ammo 
foydani oshirishdan manfaatdor firmalarning ko‘pchiligi uchun xarajatlarni nazorat qilish va kamaytirishga 
logistik yondashish hali oydin bo‘lmagan. Logistik muvofiqlashtirishni tatbiq qilishga harakatlarni ko‘pgina 
yirik firmalarda menejmentning o‘rtacha yuqori bo‘g‘inining qarshiligiga duch kelgan. Uzoq vaqt davomida 
an’anaviy vazifalarni (masalan, xarid qilish, tashish, yuklarni qayta ishlash) bajarishga odatlangan menejerlar 
ko‘pincha umumiy xarajatlarni pasaytirish konsepsiyasi asosida moddiy oqimlarni to‘g‘ri boshqarishni 
amalga oshirish uchun zarur tashkiliy o‘zgarishlarni tatbiq etishga to‘sqinlik qilganlar. O‘sha vaqtda mavjud 
bo‘lgan logistik xarajatlarni tashkil qiluvchilarni ajratish va nazorat qilish va firmalar logistik 
operatsiyalarining moliyaviy natijalarini baholash uchun moslashmagan buxgalteriya hisobi tizimi
qo‘shimcha qiyinchiliklarni yaratgan.

4. Integratsiyalash davri (1980-1990) firmaning logistik xizmatlari va uning logistik sheriklarini 
to‘liq logistik tarmoqqa (xarid qilish - ishlab chiqarish - distribyusiyalash va sotishga) birlashishi hamda 
moddiy birga bo‘luvchi oqimlarni boshqarish, xalqaro logistik tizimlarning tashkil qilinishi bilan ta’riflanadi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda jahon iqtisodiyotida muhim o‘zgarishlar sodir bo‘lgan, ular logistik
«parvoz»ning fenomenini izohlaydi. Ularning asosiylari quyidagilar: axborot texnologiyalarida inqilob va 
shaxsiy kompyuterlarni tatbiq etilishi; iqtisodiyot infratuzilmasini davlat tomonidan tartibga solinishidagi 
o‘zgarishlar, sifatni umumiy boshqarish falsafasini hamma joyda tarqatish; sheriklik va strategik 
ittifoqlarning o‘sishi; biznesni tashkil qilishdagi tarkibiy o‘zgarishlar.


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling