Lоgistik zаnjirlаrning fаоliyati vа shаkllаnish tizimini dаvlаt tоmоnidаn tаrtibgа sоlish vа qo’llаb-quvvаtlаsh Reja
Download 37.36 Kb.
|
5-mavzu atrabotka lagistika
Lоgistik zаnjirlаrning fаоliyati vа shаkllаnish tizimini dаvlаt tоmоnidаn tаrtibgа sоlish vа qo’llаb-quvvаtlаsh Reja: 1.Yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarishning turli shakllarini tasniflash mezonlarini aniqlash 2.Virtual korxonalar 3.Qayishqoq(agile) yetkazib berishlar zanjirlari 4.Yetkazib berishlar zanjirlarining uzoq muddatli rivojlanishini boshqarish – Sustainable Supply Chain Management Yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarishning turli shakllarini tasniflash mezonlarini aniqlash Tarmoq” tuzilmalarini shakllantirish va o‘zaro harakatlarini tashkil qilishda umumiy tamoyillardan foydalanilishiga qaramasdan, yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarishning rivojlanayotgan zamonaviy shakllari o‘ta xilma-xil. SHu bois faqatgina yetkazib berishlar zanjirlari to‘g‘risida gapirish unchalik ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. Amaliyotda tarmoq o‘ziga xosliklari, mahsulotning o‘ziga xosligi, tashkiliy va hokazo o‘ziga xosliklari mavjud, bu yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarishning turli shakllarini tasniflash zaruratini chaqiradi. Bunday tasniflashning asosiga tarmoqning tuzilishi, uning ochiqligi, o‘zaro harakatlarni tashkil qilish tamoyili, tarmoqning maqsadi, axborot texnologiyalarining roli kabi alomatlar qo‘yilishi mumkin. 4.1 jadvalda bunday tasniflashga misol keltirilgan, unda soddalik uchun ikkita chekka holat ko‘rib chiqilgan: statik yetkazib berishlar zanjirlari va virtual korxonalar. Bu chekka holatlar o‘rtasida yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarishning boshqa shakllari, masalan, qayishqoq yoki moslashuvchan yetkazib berishlar zanjirlari ham joylashishi mumkin. Amaliyotda o‘zida yetkazib berishlar zanjirlarining elementlarini ham, virtual korxonalarning elementlarini ham birlashtiradigan tarmoqlar ham mavjud. (1-jadval). 1-jadval. Yetkazib berishlar zanjirlari va virtual korxonalar misolida tasniflashning asosiy mezonlari.
Taklif qilingan mezonlar bo‘yicha (1-jadval), virtual korxonalar ma’lum darajada shartli bo‘lib hisoblanadi va avvalambor yetkazib berish zanjirlarini boshqarish shakllarining farqlari va turlarini ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladi. Mazkur tasnif, shubhasiz, masalan, qayishqoq yetkazib berishlar zanjirlari yoki yetkazib berishlarni tashkil qilishning yuqori darajali logistik operatorga ega bo‘lgan autsorsing modellarini ko‘rib chiqish hisobiga kengaytirilishi mumkin. Yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarishning klassik tizimi uzoq muddatli hamkorlik uchun yaratiladi, tarmoqning nisbatan barqaror tuzilishiga va ishlab chiqarish dasturiga ega bo‘ladi (uzoq vaqt muddatiga ishlarning ijrochilari va ishlab chiqariladigan mahsulot turlari belgilangan bo‘ladi). Yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarishning asosiy g‘oyasi sanoat autsorsingi tamoyillaridan foydalanish bilan korxonalarning o‘zaro harakatlarining rejalashtirishning sifatini, yagona axborot kanallaridan foydalanish hisobiga boshqarishning sifatini oshirishga, biznes-jarayonlarni sinxronlashtirishga, talab va zahiralarni birgalikda rejalashtirishga yo‘naltirilgan tizimni yaratishdan iborat. Virtual korxonaning mohiyati mijozning aniq buyurtmasi uchun yetkazib berishlar zanjirini operativ ravishda shakllantirish mumkin bo‘ladigan axborot kengligini shakllantirishdan iborat. Bunda buyurtmaning muvofiqlashtiruvchisi rolini virtual korxonadagi har qanday korxona o‘ziga olishi mumkin. Boshqa bir variantda, birta tashkilot, masalan, injiniring kompaniyasi muvofiqlashtiruvchi bo‘lib hisoblanadi. Virtual korxonada sheriklarning tarkibi (yetkazib berishlar zanjirining tashkiliy tuzilmasi) har bir loyiha uchun farq qiladi. Tarmoqlarning yetkazib berishlar zanjirlarining xususiy elementlarini ham, virtual korxonalarning xususiy elementlarini ham o‘zida birlashtiradigan uchinchi tipi adabiyotlarda bir qiymatli ta’riflanishga ega emas[125]. SHunga qaramasdan, yetkazib berishlar zanjirlari va virtual korxonalar konsepsiyalarining ana shunday aralashib ketishi amaliyotda juda ko‘p kuzatiladi. Bunday aralashishning shakllari turlicha bo‘ladi. Bu ishtirokchilarning bir qismi uzoq muddatli bo‘lmagan, joriy vaziyatga qarab o‘zgaradigan (buyurtmalarning tavsifi, quvvatlarning yuklanganlik darajasi, zahiralar darajasi va hokazolar) yetkazib berishlar zanjiri bo‘lishi mumkin. Boshqa bir variant yaqqol ifodalangan boshqarish markaziga ega bo‘lgan, biroq bunda ham tarmoqning ishtirokchilari operativ ravishda o‘zgarishi mumkin bo‘lgan virtual korxona bo‘lishi mumkin, Virtual korxona uchun axborot texnologiyalaridan yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarish uchun yetkazib berishlar zanjirlarini konfiguratsiyalash sohasida (yetkazib berishlar zanjirini tuzilmaviy-funksional sintezlash va tarmoqni imitatsion modellashtirish) ham, yetkazib berishlar zanjirlarini operativ boshqarish sohasida ham (yetkazib berishlar zanjirini tuzilmaviy-parametrik moslashtirish, “tor” joylarni bartaraf qilish va hokazolar) samarali foydalanilishi mumkin[136]. Yetkazib berishlarni boshqarishning rivojlanishini muhim tendensiyalaridan biri virtual korxonalar konsepsiyasini rivojlantirish hisoblanadi[136]. Keyingi yillarda tadqiqotchilar e’tiborining etarlicha barqaror sherikchilik munosabatlariga ega bo‘lgan yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarishni klassik tushunishdan ko‘proq dinamik hamkorlikka asoslangan strukturalarga ko‘chganligi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Virtual korxonalar konsepsiyasining paydo bo‘lishining sababi turli avtonom, geografik taqsimlangan korxonalarning kommunikatsiyalari va hamkorligi uchun yangi imkoiyatlarni taqdim qiluvchi zamonaviy Internet-texnologiyalarning rivojlanishi va keng tarqalishi hisoblanadi. Internet-texnologiyalar virtual korxonalarni qo‘llab-quvvatlaydigan axborot infratuzilmasini shakllantiradi. YAngi axborot texnologiyalarining paydo bo‘lishi biznesni tashkil qilish uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi (ushbu holatda «texnologiya tashkilotni belgilaydi» tezisi adolatli bo‘ladi). SHu bois „WirelessEnterprises,„MobileCommerce, „VirtualInformationTechnologies, "VirtualEnterprise" kabi konsepsiyalar tobora shiddat bilan rivojlanmoqda. Virtual korxonalar Virtual korxonalar – umumiy qoidalar U kommunikatsiya va integratsiyani, ishtirokchilarning o‘zaro harakatlarini modellashtirish va ishlarning bajarilishini qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga olgan holda birgalikda boshqarishni ta’minlashi lozim. Virtual korxonaning mohiyati unda turli korxonalarning resurslarini qayishqoq tarzda jalb qilish asosida yetkazib berishlar zanjirini mijozning aniq buyurtmasiga moslab operativ shakllantirish mumkin bo‘ladigan yagona axborot kengligini yaratishdan iborat. Bunda buyurtmaning muvofiqlashtiruvchisi rolini virtual korxonadagi har qanday korxona o‘ziga olishi mumkin.Boshqa bir variantda, birta tashkilot, masalan, injiniring kompaniyasi muvofiqlashtiruvchi bo‘lib hisoblanadi. Virtual korxonada sheriklarning tarkibi (yetkazib berishlar zanjirining tashkiliy tuzilmasi) har bir loyiha uchun farq qiladi. Yetkazib beruvchilarning ma’lumotlar bazasining parametrlarini hisobga olish bilan texnologik rejaning har bir operatsiyasini bajarishning muqobil imkoniyatlari aniqlanadi. So‘ngra resurslarni operativ taqsimlash va muvofiqlashtirish tizimi yordamida yetkazib berishlar zanjirlarining turli variantlari solishtiriladi, mijoz buyurtmasining parametrlariga muvofiq yetkazib berishlar zanjirining eng yaxshi konfiguratsiyasi tanlanadi va ishlarni alohida ijrochilar o‘rtasida taqsimlash amalga oshiriladi. Virtual korxonaning tashkiliy tuzilishi masalasi alohida ko‘rib chiqishni talab qiladi. SHuni alohida qayd qilish lozim bo‘ladiki, virtual korxona yuridik shaxs hisoblanmaydi (yuridik funksiyalarni virtual korxonaning muvofiqlashtiruvchi organi bajarishi mumkin). Virtual korxonaning muvofiqlashtiruvchi markazi ishlab chiqarish-logistika jarayonining bevosita ishtirokchisi bo‘lib hisoblanmaydigan boshqaruvchi kompaniya ko‘rinishida amalga oshirilishi mumkin, yoki u “suzuvchi” bo‘lishi mumkin, ya’ni markaz –virtual korxonaning u yoki bu loyiha bo‘yicha bosh ijrochi bo‘lib hisoblanadigan ishtirokchi korxonalaridan biri bo‘lishi mumkin. Birinchi yondashuvda muvofiqlashtirish funksiyalarini maxsus organga (Muvofiqlashtirish Kengashi) berish sodir bo‘ladi. Uni yoki tashqi muhit bilan o‘zaro munosabatlarni tashkil qilish, yagona axborot bazasini va muvofiqlashtirish mexanizmlarini yaratish, shuningdek moliyaviy oqimlarni boshqarish maqsadida shu tuzilmaning ishtirokchilari hosil qiladi, yoki bunday organ tijorat tashkiloti ko‘rinishida tashkil qilinadi va uning o‘zi virtual korxonani shakllantirish bilan shug‘ullanadi. Muvofiqlashtirish Kengashi virtual korxonaning qoidalari va muvofiqlashtirish hamda kooperatsiyalanish mexanizmlarini tasdiqlaydi. Ikkinchi yondashuvda muvofiqlashtiruvchi markaz rolida chiqadigan “bosh” tashkilot rolini bajariladigan ishlarning xarakteriga bog‘liq ravishda virtual korxonaning turli ishtirokchilari bajarishi mumkin. U orqali virtual korxonaning tashqi muhit bilan munosabatlari quriladi, u resurslarning taqsimlanishi, faoliyatning natijalari va virtual korxonaning faoliyat ko‘rsatishi uchun zaruriy shart-sharoitlarni ta’minlash uchun mas’ul bo‘ladi. Virtual korxona o‘ziga xos «korxonalar ustidagi korxona»ni taqdim qiladi. Virtual korxona doirasida ko‘plab potensial yetkazib berishlar zanjirlari mavjud bo‘lishi mumkin, bunda birta korxonaning o‘zi turli yetkazib berishlar zanjirlari va virtual korxonalarning tarkibiga kirishi mumkin. Virtual korxonada yetkazib berishlar zanjirlarini shakllantirish mexanizmi yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarishning klassik konsepsiyasidan farq qiladi. Virtual korxonada yetkazib berishlar zanjirlari har bir loyiha uchun muqobil variantlar ko‘pligidan dinamik tarzda shakllantiriladi. Virtual korxonada muvofiqlashtiruvchining Internet-resurslaridan foydalanish, masalan autsorsing modelini amalga oshiradigan (mijozlarga Internet orqali ijara shartlarida ma’lum bir muddatga zaruriy Software ni taqdim qilish)ASP-texnologiyasi (ApplicationServiceProviding) yordamida foydalanish mumkin. Autsorsing konsepsiyasi korxonalar tomonidan o‘zlarining murakkab AT-infratuzilmasini yaratish va ushlab turishga ketadigan kattagina xarajatlardan qochish imkonini beradi. Virtual korxonada yetkazib berishlar zanjirlari har bir loyiha uchun muqobil variantlar ko‘pligidan dinamik tarzdashakllantiriladi. Virtual korxonaning asosiy maqsadi bozor talablariga tezkor reaksiya ko‘rsatish va korxonalarning resurslaridan foydalanish darajasini maksimallashtirish bo‘lib hisoblanadi. Virtual korxonaning asosiy iqtisodiy salohiyati - ishlab chiqarish va logistikani tashkil qilish nuqtai-nazaridan – katta miqdordagi resurslarni yagona bazaga jamlash asosida yetkazib berishlar zanjirlari va qiymat yaratish zanjirlarini boshqarishning tubdan yangi imkoniyatlariga qo‘yilgan, bu bozordagi o‘zgarishlarga tez va qayishqoq tarzda reaksiya ko‘rsatish imkonini beradi. Virtual korxonalarda yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarishning samarali tizimini qurish uchun quyidagi asosiy masalalarni hal qilish zarur bo‘ladi: tashkiliy loyihalash (korxonalarning o‘zaro harakatlarining yangi tashkiliy-iqtisodiy sxemalarini ishlab chiqish va joriy qilish),o‘zaro harakatlarning qoidalari va tamoyillarini ishlab chiqish (buyurtmalarni olish va joylashtirish shartlari, jarayonlarni rejalashtirish va operativ boshqarish, foydani taqsimlash, xavf-xatarlarni boshqarish va hokazolar),axborot qo‘llab-quvvatlashi tizimini ishlab chiqish (kooperatsion bog‘lanishlarning yagona axborot muhiti konsepsiyasi). Virtual korxonalarni yaratishning amaliy tajribasi Amaliyotda virtual korxona konsepsiyasi o‘ta ko‘p turli – elektron bozor tamoyillaridagi Internet-maydonchalardan tortib to ularda veb-vakolatxona global Internet tarmog‘ida xaridorlar, sotuvchilar va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida bog‘loachi zveno rolini o‘taydigan to‘laqonli ishlab chiqarish va logistika tizimlarigacha bo‘lgan turli aspektlarda amalga oshiriladi. Virtual korxona konsepsiyasining ba’zi bir amaliy misollarini ko‘ib chiqamiz. Xuddi yetkazib berishlar zanjirlarini klassik boshqarishdagi kabi, virtual korxonalarda ham xarid qilishlar sohasidagi kooperatsiya va ishlab chiqarish sohasidagi kooperatsiyani ajratish mumkin. Virtual korxonalar xarid qilishlar sohasida E-Procurement (elektron xarid qilish portallari) nomini olgan. Ushbu sxema bo‘yicha DaimlerChrysler, Ford va GeneralMotors konsernlari kabi avtomobilsozlik gigantlari ishlaydi, ular kompaniyalar unda avtomobillar va ba’zi bir butlovchilarni ishlab chiqarish uchun kelgusida ham xomashyo sotib olishni mo‘ljallaydigan Covisint yagona raqamli bozor makonini ishlab chiqqanlar. Covisint yetkazib berishlar zanjirida ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va xaridorlar o‘rtasida muhim biznes-axborot va biznes-jarayonlarni integratsiyalash xizmatlari bo‘yicha etakchi provayder hisoblanadi. Covisint qarorlar qabul qilish jarayonlavrini tezlashtirish, sheriklar bilan hamkorlik qilish xarajatlarini kamaytirish, xaridorlarga ko‘proq mobil xizmat ko‘rsatish imkoniyatini taqdim qilish bilan kichik, o‘rta va yirik biznes tashkilotlari uchun qadrli bo‘ladi. Covisint ning tizimli arxitekturasi uchta asosiy tarkibiy qismdan tashkil topadi: Covisint Identity Management, Covisint Connect Server, Covisint Communicate Server. CovisintIdentityManagement nazorat qilish va hisobga olish imkoniyatini taqdim qiladi, bu kirib kelayotgan axborotni texnik qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi.Covisint Connect Server ma’lumotlar bilan almashinish serveri biznes bo‘yicha sheriklar o‘rtasida xavfsiz va ishonchli ma’lumotlar bilan almashinishni ta’minlaydi. U sheriklar uchun qulay bo‘lgan kommunikatsiya stilidan foydalanish bilan o‘zaro harakatlarga kirishish va hamma uchun qulay bo‘lgan formatdan foydalanish bilan hujjatlarni yuborish/olish imkonini beradi. Bu ma’lumotlar bilan almashinish xarajatlarini anchagina kamaytiradi (50% ga). Covisint Communicate Server server sheriklar, xaridorlar, yetkazib beruvchilar uchun ma’lumotlar bilan almashinish va ma’lumotlarni ajratish uchun infratuzilmani taqdim qiladi. Covisint Communicate ni korxonaning ichida portal yaratish va ushlab turishga qaraganda anchagina kam xarajatlar bilan o‘rnatish mumkin. Bu portal yaratishga ketadigan xarajatlarni 80% ga kamaytirish va ekspluatatsiya qilish xarajatlarini 50% ga kamaytirish imkonini beradi (AMRResearch ning ma’lumotlariga ko‘ra, sayt www.covisint.com). Bunda ko‘zda tutiladigan maqsad quyidagidan iborat: o‘zida avtomobilga buyurtma beradigan xaridorlar va yetkazib beruvchilarni birlashtiradigan to‘liq on-line tarmoqni ishlab chiqish. Istiqbollari: 10 kun ichida avtomobil. Boshqacha qilib aytganda, bu xaridor o‘zining avtomobilida ko‘rishni hohlaydigan barcha detallarni (o‘rindiqlar, bezaklar, dizayn va hokazolar) ishlab chiqaruvchiga ma’lum qilish bilan yangi avtomobilga buyurtma berishini bildiradi. So‘ngra barcha butlovchilarni yetkazib beruvchilar xaridorning talablari to‘g‘risidagi axblrotni oladilar. Buyurtma berilgandan keyin ko‘pi bilan ikki haftadan keyin xaridor o‘zining yangi avtomobilini olishi mumkin bo‘ladi. On-line rejimda avtomobilga qisman buyurtma berish imkoniyati hozirdayoq mavjud. Biroq barcha butlovchilarni yetkazib beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kommunikatsiyalar hozircha mavjud emas. Avtomobil konsernlari, masalan BMW, on-linerejimda faqatgina standartlashtirilgan detallarni sotib oladi. Avtomobilga qo‘yiladigan barcha detallarga hozirgacha ham tarmoq orqali buyurtma berilmaydi. BMW, xuddi Volkswagen konserni kabi, faqatgina elektron xarid qilishlar tizimida ishlaydi (E - commerce). Sanoat kooperatsiyasi uchun ochiq tizimga boshqa bir misol www.e-trade-center.com Internet-portali bo‘lishi mumkin, u ham elektron bozor tamoyili bo‘yicha qurilgan. Saytga joylashtirilgan ma’lumotlar bazasidan foydalanish bilan mahsulotning turi, sherik joylashgan mamlakat, kooperatsiyaning tipi, sanoatning tarmog‘i va axborotni ma’lumotlar bazasiga joylashtirish muddatlarini ko‘rsatish bilan yetkazib beruvchilar va mijozlarni topish mumkin. Sanoat kooperatsiyasi V2V (Business-to-Business)munosabatlar doirasida faol rivojlanmoqda, bunda yirik sanoat korxonalari ular uchun ma’lum bir detallar va butlovchilarni ishlab chiqaradigan kichik va o‘rtacha korxonalar bilan jips kooperatsion munosabatlarga kirishadi. Kooperatsiyaning bunday tipiga misollar juda ko‘p. Italiyadagi virtual korxonada yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarish tajribasi juda qiziq. Masalan, to‘qimachilik sanoati va engil sanoatda virtual korxonaning «EmiliaDisrict» kabi shakli yaratilgan. Unda buyurtmalarning katta qismi tor doirada ixtisoslashtirilgan, markaziy sotish tashkiloti yordamida tashqi muhit bilan bog‘langan xolda olib boriladigan yagona axborot platformasiga ulangan kichik (ishlovchilar soni 10 tadan oshiq bo‘lmagan) korxonalar tomonidan bajariladi. «Benetton» konserni AT bazasida yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarishning shunday tizimini ishlab chiqqanki, unda yagona axborot muhitida sotish markazlari, tayyorlovchi zavodlar, yetkazib beruvchilar va ekspeditorlarni muvofiqlashtirish asosida bo‘yash jarayoni masumning urf bo‘ladigan ranglari ma’lum bo‘ladigan paytga ko‘chirilgan. Bu bozor talablarini bajarishning qayishqoqligini va saqlashga ketadigan xarajatlarning sezilarli darajada qisqarishini ta’minlaydi. XX asrning 70-yillarini o‘rtalaridan boshlab o‘z sanoatining raqobatbardoshliligi bilan etakchi xisoblangan mamlakatlardan anchagina orqada bo‘lgan Ispaniyada yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarish mexanizmlarini faol tarzda joriy qilish boshlangan. Asosiy g‘oya mamlakatdagi sanoat korxonalarini yirik transmilliy kompaniyalarning (ko‘proq avtomobil ishlab chiqaradigan kompaniyalarning) ishlab chiqarish buyurtmalari bilan yuklash yo‘li bilan iqtisodiy inqirozdan chiqish bo‘lgan. O‘zbekistonda ham virtual korxona modeli asosida sanoat kooperatsiyasi tizimini shakllantirishga misollar bor. Ulardan biri sanoat subkontraktatsiyasi va sherikchiligi Mintaqalararo Markaziga asos solinishi bo‘lib hisoblanadi. Mazkur tizim sanoat korxonalarining ishlab chiqarish imkoniyatlarining EI da qabul qilingan klassifikatorlardan foydalanish bilan tuzilmalashtirilgan va alohida ishlab chiqarish jarayonigacha detallashtirilgan ma’lumotlar bazasini, shuningdek kelib tushadigan buyurtmalar va buyurtmachi korxonalar, ularning potensial sheriklarga qo‘yadigan talablari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini o‘z ichiga oladi. www.subcontract.ru saytida ma’lumotlar bazalari avtomatlashtirilgan qidiruv tizimi bilan birlashtirilgan, u tufayli yetkazib beruvchini yoki ishlab chiqarishga buyurtmani osongina topish, mavjud klassifikator asosida o‘zining korxonasi to‘g‘risidagi ma’lumotni joylashtirish mumkin. Ushbu sayt o‘ziga xos “E’lonlar doskasi” bo‘lib hisoblanadi, bu erga korxonalar tegishli ma’lumotlarini joylashtiradi. Sayt muvofiqlashtiruvchi markaz bo‘lib ham, rejalashtirish va boshqarish markazi bo‘lib ham hisoblanmaydi, ya’ni bu funksiyalarni bevosita taklif qilingan ma’lumotlar bazasidan foydalanish bilan sanoat korporatsiyasi doirasida sherikchilik munosabatlarini o‘rnatgan ishtirokchilar zimmasiga oladi. Sankt-PeterburgdaSanoatni Qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armasi va Sanoat Subkontraktingi Institutining sa’y-harakatlari bilan ikkita axborot tizimi yaratilgan (www.fpp-iis.ru, www.spb-outsource.ru), ular mintaqadagi, shuningdek Finlyandiyadagi sanoat korxonalariga yagona axborot makoni doirasida o‘zaro harakatlarni amalga oshirish imkonini beradi. Virtual korxonalar uslubiyatining rivojlanish tendensiyalari Keyingi yillarda virtual korxonalar sohasida ko‘plab ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilgan. Ba’zi bir misollarni keltiramiz. SHajaraviy bo‘lmagan mintaqaviy ishlab chiqarish tarmoqlari konsepsiyasi (NRPS) Xemnits universitetida mintaqaning (Saksoniya erlari) sanoat va transport korxonalari bilan birgalikda 1999 yildan buyon amalga oshirilayotgan fundamental tadqiqotlardan biri hisoblanadi . Loyihaning maqsadi virtual korxonaning yirik konsernlarga nisbatan raqobatbardoshliligini oshirish uchun kichik va o‘rta biznes korxonalarini birlashtiradigan modelini ishlab chiqish hisoblanadi. Mazkur loyiha doirasida virtual korxonani boshqarish konsepsiyasi EVCM (ExtendedValueChainManagement) ishlab chiqilgan, u o‘zida virtual korxonaning menejmenti konsepsiyasini ham, virtual korxonaning menejmenti uchun mo‘ljallangan majmuaviy axborot tizimini ham taqdim qiladi. EVCM da ishlab chiqarish tarmog‘i resurslarni muvofiqlashtirish asosida oxirgi mahsulotni ishlab chiqarishga, ya’ni yetkazib berishlar zanjirini shakllantirishga qodir bo‘lgan «salohiyat-birliklari» ni hosil qilish hisobiga shakllantiriladi. Boshqa misollar sifatida Whales, Globeman va BusinessArchitect loyihalarini keltirish mumkin . Whales loyihasining maqsadi keng ko‘lamli muhandislik loyihalari ustida virtual korxona tamoyili bo‘yicha ishlaydigan majmuaviy distribyutorlik tashkilotlarini rejalashtirish va boshqarish uchun infratuzilmani ishlab chiqishdan iborat. Globeman virtual ishlab chiqarish korxonalarini qurish tamoyillarini aniqlashga, sanoat modellari konsepsiyasini qaror toptirishga, virtual korxonani qurishning asosiy g‘oyalarini namoyish qilishga intiladi. BusinessArchitect faoliyatning turli vakolatlarni ifodalashi va kombinatsiyalashi lozim bo‘lgan biznesni rivojlantirish, tarmoqda sheriklarni qidirish, strategik va operativ rejalashtirish protseduralarini osonlashtirish kabi turlarini ajratadi Nazariy ishlanmalardan tashqari, virtual korxonalar nazariyasini qo‘llash sohasida tadqiqotlar o‘tkazish zarur bo‘ladi. Buning uchun instrumentlar sifatida tashkilotlararo biznes-jarayonlarning modellarini ko‘rib chiqish mumkin. Ushbu modellar ishlab chiqarishning har xil tiplarini, sanoatning sektorlarini, biznes-modellardagi farqlarni, autsorsingning turli usullari va darajalarini, xizmatlarni taqdim qiluvchilarning bor yoki yo‘qligi va hokazolarni hisobga olishi lozim bo‘ladi. Bundan tashqari, o‘rta va kichik korxonalar odatda virtual korxonalar konsepsiyasini qo‘llash va logistika tarmog‘i hamda ish muhitiga kirishda qiyinchiliklarni boshdan kechiradi. Keyingi holatda korxona va unda kechadigan jarayonlarning modelini shunchaki qurish etarli bo‘lmaydi. Korxonaning modelini uning ish munosabatlari sharoitlarida va boshqa korxonalar bilan chambarchas bog‘lanishda qurish zarur bo‘ladi (o‘zaro harakatlar modeli). Biznes-jarayonlarni birgalikda bajarish masalasi ilgari birta tashkilot doirasida ko‘rib chiqilgan, biroq endilikda u virtual korxonalar doirasida ko‘rib chiqilganda yanada qiziqarliroq bo‘ladi. Virtual korxonalarning ishtirokchilari ularning aniq holatiga eng yaxshi to‘g‘ri keladigan aniq echimlarni olishga harakat qiladi. Har bir korxona, umumiy maqsadga erishish uchun boshqa korxonalar bilan o‘zaro harakatlarga kirishishda o‘zining sohasida tanlash va qaror qabul qilish huquqining o‘zida saqlanib qolinishini, maxfiy ma’lumotlarning himoya qilinishini, yoki o‘zlari ishonadigan yoki shartnomaga ko‘ra ma’lumotlarni taqdim qilishi zarur bo‘lgan korxonalarga ma’lum bir ma’lumotlarga kirish erkinligi taqdim qilinishini talab qiladi. Bu kooperatsiya uchun zarur bo‘ladigan resurslar va aniq sharoitlarda aniq ishtirokchilarni eng yaxshi qanoatlantiradigan echimlar o‘rtasidagi nomuvofiqlikni chaqiradi, bunda bilimlarni boshqarish masalalari (KnowledgeManagement) tadqiqotlarning maxsus sohasi bo‘lib hisoblanadi. Va nihoyat, turli korxonalar o‘rtasida ma’lumot almashinish sharoitlarida bunday almashinishning xavfsiz bo‘lishiga ishonch bo‘lishi lozim . Taassufki, bugungi kunda bunday ishonch hozircha yo‘q. SHu sababli virtual korxonalarni qurishga qo‘yiladigan talablardan biri biznes-jarayonlarning xavfsiz kechishini ta’minlash hisoblanadi. Virtual korxonalarni tadqiq qilish yana ko‘plab masalalarga taalluqli bo‘lishi mumkin. SHuni qayd qilish lozimki, oldingi tadqiqotlar asosan masalaning texnologik jihatiga qaratilgan, virtual korxonalarga nisbatan ijtimoiy-iqtisodiy yondashuvlar esa amalda ko‘rib chiqilmagan. Download 37.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling