Logistika sohasidagi faoliyatlar o‘z ichiga transportni boshqarish, ombor xo‘jaligi axborot tizimini tashkil etish, tijorat faoliyatini boshqaruvini o‘z ichiga oladi


Download 32.58 Kb.
bet1/4
Sana26.03.2023
Hajmi32.58 Kb.
#1297234
  1   2   3   4
Bog'liq
avtotransport vositalarida yuk tashish va avtotransport logistikasi

KIrIsh


Yurtimizda amalga oshirilgan va oshirilayotgan islohotlar samarasi tobora yaqqol ko‘rinmoqda. Bugun avtomobil transporti sohasida yuksalishlar ko‘rinayotgani har birimizni quvontiradi.
Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimovning 1992-yil- da Janubiy Koreyaga qilgan safaridan so‘ng yurtimizda avtomobilsozlik sanoatiga asos solindi.
Markaziy Osiyoda avtobus va yuk tashuvchi avtomobillarga talab yuqoriligini hisobga olib, hukumat qarori bilan 1999-yilning mart oyidan boshlab Samarqand shahrida avtomobil zavodi ishga tushirildi. Samavto zavodida chiqarilgan turli rusumdagi bortli va maxsus kuzovli yuk avtomobillari hozirgi kunda yuk tashishga bog‘liq ko‘p masalalarni yechishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Ushbu zavodda: Isuzu Nqr 71 PL, Isuzu NPr 66 PL,
Isuzu NPr 66 LL, Isuzu CYZ 51 KL, Isuzu EXr 51 EL, Isuzu EXZ 51 KL rusumli avtomobillarining sifatliligi, ishonchliligi, mustahkamliligi va yoqilg‘i tejamkorligi bilan uzoq muddatda ishlatiluvchi yuk avtomobillari sifatida dunyodagi eng yaxshi yuk avtomobillari qatoridan o‘rin oldi.
O‘zbekiston rahbariyati tomonidan kommunikatsiya masalasiga jiddiy e’tibor berilmoqda. Nukus – Miskin – Uchquduq va To‘shguzar – Boysun – qumqo‘rg‘on temir- yo‘li qurilib ishga tushirildi, qamchiq dovonini kesib o‘tuvchi ikkita tunelli eni 24 metrlik ravon yo‘l barpo etildi.
Mamlakatimiz hukumati 1993-yili Bryuselda o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada ko‘rib o‘tilgan TraSEKa dasturini armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston davlatlari bilan birgalikda amal-
ga oshirishga kirishdi. Mazkur dastur Yevropa hamjamiyati komissiyasining mablag‘i hisobidan moliyalashtirilib, transport kommunikatsiyalarini rivojlantirishga, Yevropani Markaziy Osiyo mintaqasi bilan bog‘lashga xizmat qiladi.
avtomobil transporti tizimining samaradorligini oshi-
rishda logistik yondashuvlardan foydalaniladi. logistika sohasidagi faoliyatlar o‘z ichiga transportni boshqarish, ombor xo‘jaligi axborot tizimini tashkil etish, tijorat faoliyatini boshqaruvini o‘z ichiga oladi. Xo‘jalik yurituvchi har bir subyekt mustaqil ravishda aniq vaziyatni baholaydi va xulosaga keladi. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, raqobatchilik kurashida yetakchi o‘rinni logistika sohasida yetarli bilimga ega bo‘lgan, uning usullarini egallaydigan mutaxassislargina uddalaydilar.
Ushbu darslik ta’lim to‘g‘risidagi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Davlat ta’limi standartlari talablariga muvofiq ravishda yozilgan bo‘lib, unda transport asosiy harakat vositasi, yuk va yuk oqimi, harakatlanuvchi tarkibdan foydalanishda yo‘l sharoitlari, harakatlanuvchi tarkibning texnik-ekspluatatsion ko‘rsatkichlari, harakatlanuvchi tarkibning ishini tashkil qilish, avtomobillarda yuk tashishni rejalashtirishda iqtisodiy-matematik usullar va EhMni qo‘llash, yuk tashishni tashkil qilish va tijorat ishlari, avtomobil transportida yuk ortish-tushirish ishlarini tashkil qilish va mexanizatsiyalash, yuklarni konteyner va paket usulida tashish, shaharlararo va xalqaro yuk tashish, xalq xo‘jaligi va turli tarmoqlarning yuklarini tashish va logistikaning maqsadli hamda uslubiy asoslari, logistikaning tamoyillari, vazifalari, tizimlari, logistika usullarining uslubiy xususiyatlari, boshqaruv bo‘yicha logistik yondashuv, ishlab chiqarish logistikasi, logistikada axborot texnologiyalari, omborlar jarayonlarini logistika qismlari bilan tashkillashtirish, logistik xizmat ko‘rsatishning masalalari, me’yoriy ma’lumotnoma hujjatlari, o‘quvchilar bilimini tekshirishga oid mustahkamlash uchun savollar va testlar yoritilgan.

Download 32.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling