Mavzu: jismoniy tarbiya vositalari


Download 84.16 Kb.
Sana21.11.2023
Hajmi84.16 Kb.
#1792815
Bog'liq
Tezkorlik qobiliyatini tarbiyalashda foydalaniladigan mashqlarga tavsif.




Mavzu: Tezkorlik qobiliyatini tarbiyalashda foydalaniladigan mashqlarga tavsif.
Reja:
1. Tеzlik qobiliyatlari haqida tushuncha, ularning turlari

2. Tеzlik qobiliyatlari
3. Tеzlik qobiliyatlari namoyon bo’lishining majmuali shakllari
Tеzlik qobiliyatlari haqida tushuncha, ularning turlar
Harakatlanish vazifalarini maksimal tеzlikda bajarish imkoniyatlarini tavsiflash uchun ko’p yillar davomida umumlashtirilgan “tеzkorlik” atamasi qo’llanib kеlindi. Harakatning namoyon bo’lish shakllari xilma-xilligini va ularning o’ziga xosligi darajasi yuqoriligini e’tiborga olib, kеyingi paytlarda bu atama “tеzlik qobiliyatlari” tushunchasiga almashtirildi.
TЕZLIK QOBILIYATLARI – odamning muayyan sharoit uchun eng qisqa vaqt kеsmasida harakat faoliyatlari bajarilishini ta’minlovchi xususiyatlari majmuasidir.
Tеzlik qobiliyatlari namoyon bo’lishining elеmеntar va majmuali shakllari farqlanadi. Elеmеntar shaklarga quyidagilar kiradi:



  1. Harakat rеaksiyasi tеzligi.

  2. Yakka harakat tеzligi.

  3. Harakatlar sur’ati (vaqt birligidagi harakatlar miqdori).

Tеzlik qobiliyatlari namoyon bo’lishining majmuali shakllariga quyidagilar kiradi:


Startda tеzlikni maksimal mumkin bo’lgan darajagacha tеz rivojlantirish qobiliyati (sprintеrlar yugurishi, futbolda zarb bilan yugurish).
Masofaviy tеzlikni yuksak darajasiga erishish qobiliyati (yugurish, suzish va boshqa siklik ko’chishlar).
Bir xil harakatlardan boshqalariga tеz o’ta olish qobiliyati.
Maqsadga muvofiq rejalashtirilgan jismoniy tayyorgarlik sport mahoratini shakllantirish va musobaqa davomida yuksak sport natijaga erishishda nihoyatda muhim omillardan biridir. Lekin, sport amaliyotida har doim ham rejalashtirilgan jismoniy mashqlar muvofiq harakat sifatlarini rivojlantirishda kutilgan natijani bermaslik holatlari tez-tez uchrab turadi. Buning asosiy sabablaridan biri mashg‘ulotlarda qo‘llanilgan u yoki bu jismoniy mashqlarning xajmi va shiddati hamda ushbu ko‘rsatkichlarni shug‘ullanuvchilar organizmiga ta’sir etish darajasi (organizmni yuklamaga bo‘lgan aks javobi -reaksiyasi) obyektiv ravishda baholanmasligidadir. Shuning uchun ham o‘quv-mashg‘ulot jarayonida qo‘llanilayotgan jismoniy yuklama (jismoniy mashqlar) ning shug‘ullanuvchilar organizmining funksional imkoniyatlariga muvofiqligi e’tiborga olinishi shu yuklamani maqsadga muvofiq rejalashtirish imkoniyatini yaratadi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik tushunchasi bu sportchining harakat sifatlarini har tomonlama (garmonik ravishda) rivojlanganlik darajasini anglatadi.

Masalaga shu tarzda yondoshish oddiy inson sog‘ligini (sportchini ham) shakllantirish nuqtai nazaridan maqsadga muvofikdir. Albatta, «katta» sportda bu ham zarur. Lekin, bunday amaliyot va shunga asoslangan mashg‘ulot uslubiyati malakali sportchilarni tayyorlash hamda yuksak musobaqa natijasiga erishish samarasini susaytirishi ehtimoldan holi emas. Chunki, har bir sport turining o‘ziga xos va o‘ziga mos xususiyatlari mavjudligi tufayli bir sport turida ko‘proq kuch-tezkorlik sifati ustun tursa, ikkinchi bir sport turida chidamkorlik sifati yetakchi rolni o‘ynaydi yoki uchinchi bir sport turida egiluvchanlik sifati asosiy ahamiyatga ega bo‘ladi. Ammo, qayd etilgan fikrdan muayyan sport turida ma’lum jismoniy sifat juda zarur, boshqasi esa muhim emas degan xulosa kelib chiqmaydi. Aksincha, har bir sifatning muayyan sport vaziyatida ozmi-ko‘pmi, lekin muhim «ulushi» mavjud bo‘ladi. (M.A. Godik, 2006; Y.V. Verxoshanskiy, 1988; YUD- Jeleznyak, 1973, 1978, 1988; Y.D. Jeleznyak, A.V. Ivoylov, 1991; V.M. Zatsiorskiy, 1970; L.P. Matveyev, 1999; V.N. Platonov, 1997; V.P. Filin, 1982; V.YE.Fomin, 1985 va b.)


So‘nggi yillarda malakali sportchilarni olimlar o‘rtasida kelib tayyorlashda jismoniy tayyorgarlikni o‘rni, jumladai jismoniy sifatlarning bir-biriga uzviy bog‘liqligi hamda ularni sport mahoratiga bo‘lgan ta’siri haqidagi muammolar tobora katta qiziqish uyg‘otib bormoqda (V.M. Zatsiorskiy, 1970; Y.V. Verxoshanskiy, 1988; V.N. Platonov, 1986, M.A. Godik, 1987, F.A. Kerimov, 2001 va h.k.).

Uzoq yillar davomida malakali futbolchilar sakrovchanligi va sakrash chidamkorligining o‘sishi kuzatib kelgan M.Bayirbekov (2003) ilmiy va amaliy ahamiyatga ega qator xulosalar qilishga muvaffaq bo‘ldi. Jumladan, uning fikricha yuqori malakali futbolchilar bir o‘yin mobaynida zarba berish va to‘siq qo‘yish uchun 306 martadan 600 martagacha sakrar ekanlar. Ushbu malakalarni ijro etish uchun eng ko‘p marta sakrash 4-partiyaga to‘g‘ri keladi- (142 marta). To‘siq ko‘yish uchun sakrash (122), zarba berish uchun sakrashdan ko‘proq qaytarilar ekan- (113 marta). Kuzatuvlarga ko‘ra bitta mashg‘ulot davomida bajariladigan sakrash soni, bitta musobaqada sakrash sonidan kam ekanligi aniqlangan.


Yuqori malakali sportchilarni erishgan yutuqlari ma’lum ma’noda ularning fundamental tayyorgarligiga bog‘likdir (V.P. Filin, NA. Fomin, 1980; ML. Nabatnikova, 1982).
Shunday ekan, yuqori malakali futbolchilarni tayyorlash va ularning sport mahoratini yuksak darajaga olib chiqish dastlabki o‘rgatish jarayoni samaradorligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir.
Y.D. Jeleznyak (1991) ning fikricha futbolga ixtisoslashgan mashg‘ulotlar bilan ilk bor shug‘ullanishni 10-12 yoiadan boshlash maqsadga muvofiqdir. U o‘zining tadqiqotlarida aynan shu yoshdaga bolalarni jismoniy va texnik tayyorgarligani jadal sur’atlar bilan o‘stirish imkoniyatlarini ochib berdi.
Isbot qilinganki, dastlabki tayyorgarlik bosqichida yosh futbolchilarning kelajakdagi iste’dodini aniqlashga yordam beruvchi test mashqlarini tanlay bilish va qo‘llash katta ahamiyatga ega.
Download 84.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling