Logistika tizimining zamonaviy konsepsiyasi
rejalashtirish bilan funksional o’zaro bog’liqligi
Download 23.1 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Logistika va ishlab chiqarishni rejalashtirish.
rejalashtirish bilan funksional o’zaro bog’liqligi
Logistik faoliyatni amalga oshirish korxonadagi boshqa turdagi faoliyatlar bilan chambarchas bog’liqdir. Logistik funksiyalar tez-tez turli xil bo’linmalar tomonidan amalga oshiriladi. Masalan, korxonaning bir bo’linmasi materiallarni sotib olish bilan, boshqasi – zahiralarni saqlash, uchinchisi – tayyor mahsulotni sotish bilan shug’ullanadi. Bunda alohida bo’linmaning maqsadlari, asosan, tashkilot moddiy oqimining rasional maqsadlari bilan mos kelmaydi. Korxonada ishlab chiqarishni boshqarishga logistik yondashuv logistikaning maxsus xizmatini ajratishni ko’zda tutadi, bu xizmat yetkazib beruvchi bilan shartnomali munosabatlarni shakllantirishdan boshlab to tayyor mahsulotni iste’molchiga yetkazib berishgacha bo’lgan moddiy oqimni boshqarishi zarur. Logistika va marketing. Logistika bilan marketingning o’zaro bog’liqligi muhim ahamiyatga ega. Masalan, marketing xizmati tomonidan hal qilinadigan korxona ishlab chiqarayotgan mahsulot assortimentini boshqarish va xizmat ko’rsatishni rejalashtirish logistik bo’linmalar bilan birgalikda amalga oshiriladi. Bunda logistika xizmatining maqsadi bo’lib, marketologlar tomonidan asoslab berilgan mahsulot turlarini ishlab chiqarishga ketadigan xom ashyoni yetkazib berish va zahiralarni boshqarish hisoblanadi. Logistika va ishlab chiqarishni rejalashtirish. Korxonada logistika xizmati ishlab chiqarishni rejalashtirish bilan chambarchas bog’liq. Bu ishlab chiqarishni, xom ashyoni, materiallarni, ehtiyot qismlarni ma’lum miqdorda va sifatda vaqtida yetkazib berilishiga tobe’ligi bilan asoslanadi. Shuning uchun logistika biron–bir mahsulot ishlab chiqarish haqida qarorlar qabul qilish va tayyor mahsulotni ishlab chiqarish grafiklarini shakllantirishda qatnashishi kerak. Logistik xizmatning muhim funksiyasi bo’lib xom ashyoni va ehtiyot qismlarni sexlarga, ish joylarining o’ziga yetkazib berish va tayyor mahsulotni saqlash joylariga o’tkazish hisoblanadi. Shu funksiyani amalga oshirishda logistikaning ishlab chiqarish bilan o’zaro bog’liqligi, har xil joylarda zahiralarning ko’payishiga, ishlab chiqarishga qo’shimcha og’irlik yuzaga kelishiga olib keladi. Download 23.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling