Logistika


Moddiy oqimlarning tavsifi va ularni hisoblash


Download 20.5 Kb.
bet3/4
Sana05.10.2023
Hajmi20.5 Kb.
#1692813
1   2   3   4
Bog'liq
Logistika-fayllar.org

2. Moddiy oqimlarning tavsifi va ularni hisoblash
Moddiy oqim. Moddiy oqim tushunchasi logistikada muhim o‘rin tutadi. Moddiy oqimlar tashish, omborga joylashtirish va xomashyo, yarimtayyor mahsulotlar hamda tayyor mahsulotlar bilan boshqa moddiy amallarni bajarish natijasida yuzaga keladi.
Moddiy oqim - bu vaqt oralig‘iga keltirilgan va har xil logistik amaliarni joriy etish jarayonida ко'rib chiqilayotgan tovar — moddiy boyliklarning yig'indisi. Ishlab chiqarishning aniq manbayidan to iste’molgacha bo'lgan oraliqda joylashgan bir turdagi resurslar yig'indisi oddiy moddiy oqimni yuzaga keltiradi. Korxonada shakllanadigan bir nechta oddiy oqimlar korxonaning me’yoriy faoliyatini ta’minlab bemvchi integrallashgan moddiy oqimni tashkil etadi.
Moddiy oqimlarning harakatlanish sxemasi 1-rasmda keltirilgan.

1-rasm. Moddiy oqimlarning harakatlanish sxemasi


Moddiy oqimlarning tashqi va ichki, kiruvchi va chiquvchi turlari ajratiladi.

Tashqi moddiy oqim — bu berilgan logistik tizimga nisbatan tashqi muhitda o‘tadigan oqimdir.


Ichki moddiy oqim — bu berilgan logistik tizimga nisbatan ichki muhitda o‘tadigan oqimdir.
Kiruvchi moddiy oqim — bu berilgan logistik tizimga kirayotgan tashqi oqimdir.
Chiquvchi moddiy oqim — bu berilgan logistik tizimdan tashqi muhitga chiqayotgan moddiy oqimdir.
Moddiy oqimlarni boshqarish materiallar harakatining yo‘nalish parametrlarini aniqlashni ko‘zda tutadi, ular qatoriga quyidagilar kiradi:
— moddiy resurslarning nomlanishi;
moddiy resurslarning miqdori;
— boshlang‘ich nuqta (ta’minotchini tanlash);
— oxirigi nuqta (iste’molchini tanlash);
— vaqt (buyurtma bajarilish muddati).
Miqdor jihatdan moddiy oqimlar ma’lum vaqt birligi ichida moddiy oqimlarning hajmi, jadalligi, zichligi, tezligi va shu kabi ko’rsatkichlar orqali aniqlanadi.
, t/oy (1).
Bu yerda: QMO1-modiy oqimlarning hajmi;
ni – oy davomida moddiy oqimlarni keltirish soni
∑Qmo1=(25+48+36)*2=218 t/oy
∑Qmo2=(30+32+36)*4=392 t/oy
∑Qmo3=(81+61+40)*9=1456 t/oy

Download 20.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling