1. Tijorat logistikasining mohiyati, tushunchasi va vazifalari
Tijorat faoliyati-bu tadbirkorlik faoliyatining bir turi. Tijorat-lotin tilidan
tarjima qilingan savdo degan ma’noni anglatadi, ammo kengroq tushunchadir. Tarixiy
nuqtayi nazardan logistika paydo bo‘lishining
manbalaridan biri savdo deb
hisoblanishi mumkin, chunki savdogarlar qadim zamonlardan beri mintaqalar o‘rtasida
tovarlar partiyalarining harakatini tashkil qilishgan. Logistikani iqtisodiy faoliyat
sohasi sifatida shakllantirish va "logistika"atamasining o‘zi bilan bog‘liq
yana bir
nuqtayi nazar.
Tijorat logistikasi atamasi nafaqat foydalanish sohasini (xomashyo va
materiallarni
sotib olish, tayyor mahsulotlarni sotish bo‘yicha tijorat faoliyati), balki
xarajatlarni
kamaytirish,
foydani
ko‘paytirish,
tashkilot(firma)
ning
raqobatbardoshligini oshirishdan iborat pragmatik maqsadni ham anglatadi.
Tijorat
logistikasining asosiy maqsadi kerakli sifatli kerakli tovarlarni kerakli miqdorda,
kerakli vaqtda, kerakli joyga va minimal xarajatlar bilan yetkazib berishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: