2-Keys. Hisobot davrida Farg‘ona viloyatida
qishloq
xo‘jaligi
mahsulotlarini
sotish
bilan
shug‘ullanuvchi korxonaning sotish rentabelligi (yalpi
foyda bo‘yicha) ko‘rsatkichi 7 foizni tashkil etdi.
Korxona
iqtisodchisining
hisob-kitoblariga
ko‘ra,
logistika xarajatlari operatsion xarajatlarning 24 foizini
tashkil etdi. Taklif etilgan maslahatchi tahlil natijasida
xarajatlarni optimallashtirish sohasida imkoniyat mavjudligini aniqladi, buning
natijasida logistika xarajatlari 10% ga kamayishi mumkin.
Vazifa:
Savollarga javob bering:
* Savdo korxonasining logistika xarajatlarining tarkibi va tuzilishi qanday?
Ularni optimallashtirish qanday ko‘rib chiqilishi kerak?
* Maslahatchining tavsiyalariga amal qilgan holda qishloq xo‘jaligi korxonasi
qanday qo‘shimcha foyda olishini aniqlang (sotilgan mahsulot tannarxi va boshqa
xarajatlar bir xil darajada qoladi).
* Agar uning rahbariyati maslahatchining tavsiyalaridan voz kechsa, korxona
faoliyatining mumkin bo‘lgan yo‘nalishlari qanday?
Test topshiriqlari
1. Transport logistika tizimi...
A. Transport va logistika infratuzilmasi obyektlari va
subyektlari, ular orasidagi moddiy, moliyaviy va
axborot oqimlari bilan birgalikda tovarlarni tashish,
saqlash, taqsimlash, shuningdek tovar oqimlarini
axborot va huquqiy qo‘llab-quvvatlash funksiyalarini
bajaradi.
B. Mavjud resurs cheklovlari doirasida xizmatlarning
ishonchliligi va sifatining yetarli darajasi bilan
maksimal iqtisodiy samarani ta’minlaydigan tizim.
C. Yo‘lovchilar va yuklarni tashishni amalga
oshiradigan moddiy ishlab chiqarishning eng muhim tarmoqlaridan biri
D. Infratuzilmaning bir turi, transportni amalga oshiradigan va ularning
bajarilishi hamda texnik xizmat ko‘rsatishini ta’minlaydigan transportning
barcha tarmoqlari va korxonalari to‘plami.
Do'stlaringiz bilan baham: |