Logistikaning maqsadi Logistik kanallar va logistik zanjirlar. Logistik operatsiyalar


Logistik kanallar va logistik zanjirlar


Download 74.5 Kb.
bet4/6
Sana29.03.2023
Hajmi74.5 Kb.
#1305459
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Logistik zanjirlar va operatsiyalar

Logistik kanallar va logistik zanjirlar.

Moddiy oqim xom-ashyo manbaidan, yoki ishlab-chiqarishdan, yoki taqsimot marka-zidan chiqib, ishlab-chiqarishga, taqsimot markaziga yoki oxirigi iste’molchiga borib tushadi (rasm).


Moddiy oqimni iste’mol tizimiga tushish variantlari
Barcha xollarda moddiy oqim iste’molga borib tushadi, u esa ishlab-chiqarish yoki ishlab-chiqarish bo‘lmasligi mumkin.
Ishlab-chiqarish iste’moli – bu jamiyat mahsulotini ishlab-chiqarish ehtiyoj-larida, mehnat vositasi yoki predmeti (buyumi) sifatida joriy ishlatilishidir. No-ishlab-chiqarish iste’moli – bu jamiyat mahsulotini noishlab-chiqarish sohalari-ning korxona va muassasalaridagi shaxsiy yoki aholi iste’moliga joriy ishlatili-shidir.
Moddiy oqimning logistika chegaralarida xarakatlanishining barcha bosqich-larida uni ishlab-chiqarish iste’moli sodir bo‘ladi. Logistik zanjirni yakunlovchi so‘nggi bosqichdagina, moddiy oqim noishlab-chiqarish iste’moli sohasiga tushadi.
Logistik zanjir ishlab-chiqarish iste’moli bilan yakunlanishi xam mumkin. Masalan: mehnat qurollari oqimi, zavodda ishlab-chiqarilgan traktorlar keyincha-lik yana ishlab-chiqarishda «iste’mol» qilinadi. Shuningdek, ishlab-chiqarish iste’-moliga, moddiy oqimlarning taqsimot markazidagi shakllanishi jarayoni ham kira-di. Bu yerda saralash, qadoqlab yuk partiyalarini shakllantirish, saqlash, butlash kabi operatsiyalar amalga oshiriladi. Bu operatsiyalar majmui aylanish sohasidagi ishlab-chiqarish jarayonini tashkil etadi.
Xarakatlanishning barcha bosqichlarida, moddiy oqim logistik jarayon ishti-rokchilarining mehnat predmeti sifatida xizmat qiladi. ishlab-chiqarish texnik maqsadlarda ishlatiladigan mahsulot xarakati bosqichida bu qayta ishlanmagan xom-ashyo materiallari, yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va boshqalar bo‘lishi mumkin. Tovar xarakati bosqichida moddiy oqim tayyor istemol mollari xarakatidan iborat bo‘ladi.
Umumiy holda, moddiy oqimlarning yetkazib beruvchisi va iste’molchisi ikkita mikrologistik tizim sifatida nomoyon bo‘ladi, ular logistik kanal, yoki boshqacha qi-lib aytganda taqsimot kanali bilan o‘zaro bog‘langanlar.
Logistik kanal – bu mod-diy oqimni muayyan ishlab-chiqarishdan uning iste’-molchisigacha yetkazishni amalga oshiruvchi, qisman tartibga solingan har xil vosi-talar ko‘pligidir.
Moddiy oqimni yetkazib beruvchidan iste’molchigacha bo‘lgan xarakati jarayoni-ning muayyan ishtirokchilari tanlanmaguncha bu ko‘plik qisman tartibga solingan bo‘-lib qolaveradi. Bundan keyin esa logistik kanal logistik zanjirga aylanadi (4.3-rasm). Masalan mahsulotni vositachi firma orqali realizatsiya qilish xaqida qaror qabul qilinganligi, bu iste’molchi bilan bevosita ishlashni rad etib, taqsimot ka-nalini tanlashdir. Muayyan vositachi firmasini, muayyan tashuvchini, muayyan sug‘urta korxonasini tanlash esa – bu logistik zanjirni tanlashdir.

Download 74.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling