Logopediya fanidan kurs ishi mavzu
Psevdobulbar dizartriya shartli ravishda 3 darajaga ajratiladi: yengil, o‘rta, og‘ir
Download 122.41 Kb.
|
Logopediya fanidan kurs ishi mavzu
Psevdobulbar dizartriya shartli ravishda 3 darajaga ajratiladi: yengil, o‘rta, og‘ir.
Psevdobulbar dizartriyaning yengil darajasi artikulyatsion nutq apparat harakatlarida qo‘pol buzilishlarning yo‘qligi bilan xarakterlanadi. Bunda asosiy artikulyatsion qiyinchilik til, lablarda harakatni tez va aniq bajara olmasliklarida seziladi. Bunday bolalarda talaffuz kamchiliklari asosida artikulyatsion harakatlarini aniq tez bajara olmasliklari natijasida yuzaga keladi. Nutq birmuncha sekinlashgan bo‘ladi. Arti-kulyatsion jihatdan qiyin bG‘lgan tovushlar: j, sh, r, ch talaffuzida kamchiliklar kuzatiladi. Jarangli tovushlar talaffuzida ovoz yetarli darajada ishtirok etmaydi. Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar fonematik rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Dizartriyaning yengil darajasida ko‘pchilik bolalar tovushlar analizida bir qator qiyinchilikka uchraydi. Bunday bolalar yozuvda o‘ziga xos xatoliklarga yo‘l qo‘yadilar, ya’ni harflarni almashtirib yozadilar. Nutqning leksik grammatik tomonlarida kamchiliklar deyarli kuzatilmaydi. Psevdobulbardizartriyaningo‘rtaog‘irdarajadaboladayuzmuskullarharakatiyo‘qolganbo‘ladi. Bu holat dizartriyaning o‘rta og‘ir darajasi uchun xarakterlidir. Lab va til harakatlari chegaralangan bo‘ladi. Bola lablari va tillarini kerakli holatlarda harakatlantira olmaydi. Asosiy qiyinchiliklar bir harakatdan ikkinchi harakatga o‘tishda yaqqol namoyon bo‘ladi. Yumshoq tanglay kam harakatchan bo‘ladi. Bolada so‘lak oqishlari hamda chaynash va yutish aktlarida qiyinchiliklar kuzatiladi. Artikulyatsion apparat funksiyasidagi kamchiliklar og‘ir talaffuz kamchiliklariga olib keladi. Bunday bolalar nutqi tushunarsiz bo‘ladi va kechikib rivojlanadi. Psevdobulbar dizartriyaning og‘ir darajasi bu – anartriyadir. Bunda asosiy kamchilik muskullari og‘ir buzilishi va nutq apparatining to‘liq faoliyatsizligi bilan xarakterlanadi. Anartirik bolalar ma’nosiz, o‘zgacha ko‘rinishda bo‘ladi, pastki jag‘ tushgan, og‘izlari doimo ochiq holda bo‘ladi. Til og‘iz bo‘shlig‘ida harakatsiz yotadi, lab harakati o‘ta chegaralangan bo‘ladi. Chaynash va yutish aktlarida qiyinchilik kuzatiladi. Nutq to‘liq bo‘lmaydi. Qobiqli dizartriyada bosh miya qobig‘ining o‘choqli jarohatlanishi bilan bog‘liq patogenezga ega nutqning motor kamchiliklar guruhi namoyon bo‘ladi. Qobiqli dizartriyaning birinchi shakli bosh miyaning oldingi markaziy egatchasining pastki bo‘limining bir tomonlama yoki ko‘p hollarda ikki tomonlama jarohatlanishi bilan bog‘liq. Bunday xolatlarda artikulyatsiya mushaklarining markaziy parezi yuzaga keladi. Tilning ayrim mushaklarini qobiqli parezi juda nozik alohida harakatlari hajmining cheklanishiga olib keladi. Qobiqli dizartriyaning bu shaklida til oldi tovushlari talaffuzida kamchiliklar kuzatiladi. Qobiqli dizartriyani tashxisi uchun har bir aniq holatda til oldi tovushlarining zararlanishi va bu kamchiliklarning mexanizmlarini aniqlashga yordam beruvchi nozik neyrolingvistik tahlilni amalga oshirish zarur. Qobiqli dizartriyaning birinchi shaklida til oldi tovushlaridan birinchi navbatda kakuminal undoshlar, ya’ni til uchini yuqori tishlar tomon ko‘tarib va biroz egilgan holda talaffuz qilinadigan undoshlar (sh, j, r) talaffuzida kamchiliklar kuzatiladi. Dizartriyaning og‘ir ko‘rinishlarida bu tovushlar mutlaqo yo‘q bo‘lsa, yengil ko‘rinishida talaffuz jarayonida tilni o‘rta qismi yumshoq tanglay tomon ko‘tariladigan tovushlar (s, z, t, d, n) bilan almashtiriladi. Qobiqli dizartriyada apikal undoshlar, ya’ni talaffuz jarayonida til uchini yuqori tishlar va alveolalarga yaqinlashishi va tegib turishi bilan izohlanadigan tovushlar (l) talaffuzida ham qiyinchiliklar kuzatiladi. Shuningdek, qobiqli dizartriyada undosh tovushlarning hosil bo‘lishining kamchiliklari kuzatilishi mumkin. Qobiqli dizartriyada mushak tonusining ortishi xarakterli, ayniqsa, til uchi mushaklari tonusining ortishi kuzatiladi. Bu esa nozik differensial harakatlarni cheklaydi. Qobiqli dizartriyaning ikkinchi shakli kinestetik praksisni yetarli emasligi bilan bog‘liq. Bu esa bosh miyaning dominant yarim shari (odatda, chap yarimsharlar) qobig‘ining pastki markaziy bo‘limlarini bir tomonlama jaro-hatlanishida kuzatiladi. Bunday hollarda shovqinli va affrikat undosh tovushlar talaffuzida kamchiliklar kuzatiladi. Artikulyatsiya kamchiliklari turli xil va turg‘un emasligi bilan xarakterlanadi. Nutq jarayonida zarur artikulyatsiya holatini izlash nutq tempini sekinlashtiradi va uyg‘unligida kamchiliklar keltirib chiqaradi. Ayrim artikulyatsiya holatlarini his etish va talaffuz etishda qiyinchiliklar kuzatiladi. Yuz gnozisini yetarli emasligi kuzatiladi. Qobiqli dizartriyaning uchinchi shakli dinamik kinestetik praksisning yetarli emasligi bilan bog‘liq. Bu bosh miyaning dominant yarimsharlari qobig‘ining motor sohasining pastki bo‘limlari jarohatlanishida kuzatiladi. Kinestetik praksis kamchiliklarida murakkab affrikat tovushlarining talaffuzi qiyinlashadi. Topshiriq bo‘yicha harakatlarni ketma-ketlikda bajarishda qiyinchiliklar namoyon bo‘ladi. Qobiqli dizartriyaning ikkinchi va uchinchi shakllarida tovushlarni mustahkamlashda qiyinchiliklar kuzatiladi. Ekstrapiramidali dizartriya (qobiq osti dizartriya). Ekstrapiramidali tizim tez, aniq va differensial harakatlarni bajarish imkonini beruvchi tayyorgarlik foniniavtomatik tarzda yaratadi. U mushaklarning tonusini, mushaklar qisqarishining ketma-ketligi, kuchi va harakatchanligi boshqarishda alohida o‘rin tutadi va harakat aktlarini emotsional ifodali, avtomatik tarzda bajarishni ta’minlaydi. Download 122.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling