Logopediya fanidan kurs ishi mavzu


-bosqich boshlang‘ich kommunikativ talaffuz qobiliyatini shakllantirish bosqichi. Bu bosqichning asosiy maqsadi


Download 122.41 Kb.
bet7/14
Sana09.11.2023
Hajmi122.41 Kb.
#1759840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Logopediya fanidan kurs ishi mavzu

2-bosqich boshlang‘ich kommunikativ talaffuz qobiliyatini shakllantirish bosqichi.
Bu bosqichning asosiy maqsadi:

  • nutqiy muloqot va tovushlar analizi malakasini rivojlantirish;

  • artikulyatsion apparat muskullarini bo‘shashtirish;

  • og‘iz holatini nazorat qilish;

  • artikulyatsion harakatlarni rivojlantirish;

  • ovozni rivojlantirish;

  • nutqiy nafasni to‘g‘rilash;

  • artikulyatsion harakatlarni sezish va maqsadga yo‘naltirilgan artikulyatsion harakatni rivojlantirish.

Artikulyatsion apparat muskullarini bo‘shashtiruvchi mashqlar umumiy muskullarni bo‘shashtiruvchi mashqlardan boshlanadi (bo‘yin, ko‘krak qafasi, qo‘l muskullari). So‘ng yuz muskullarini bo‘shashtiruvchi massaj ishlari olib boriladi.
Harakatlar peshananing o‘rtasidan chekkaga qarab boshlanadi. Ular barmoq uchlarining yengil silashdagi sekin sur’atdagi harakatlar yordamida bajariladi.
Bo‘shashtiruvchi massaj me’yoriy ravishda faqat yuzning tonusi oshgan muskullariga qaratiladi, bo‘shashgan muskullar guruhiga qaratilgan massaj esa mustahkamlovchi bo‘lishi lozim.
Yuz muskullarini bo‘shashtiruvchi massajning ikkinchi yo‘nalishi qoshlardan boshning sochlar boshlanuvchi qismigacha qaratiladi. Harakatlar bir xilda ikkala qo‘l bilan ikki tomondan qilinadi.
Uchinchi yo‘nalishda harakatlar peshana yo‘lidan pastga, lunjlardan bo‘yin va yelka muskullariga qaratiladi.
So‘ngra lab muskullarini bo‘shashtirishga o‘tiladi. Logoped o‘zining ko‘rsatkich barmoqlarini yuqori labning o‘rtasi va og‘izning ikkala tomonidan burchagiga qo‘yadi va harakatlar o‘rta chiziqqa qarata qilinadi. Bunday harakat pastki lablar bilan ham qilinadi. So‘ngra ish ikkala labda o‘tkaziladi.
Keyingi mashqda logopedning ko‘rsatkich barmoqlari xuddi yuqoridagidek holatda bo‘ladi, faqat harakatlar yuqori lab bo‘yicha yuqoriga qarab qilinadi, bunda milklar ko‘rinadi, pastga qarab qilingan harakatlarda pastki milklar ochiladi.
So‘ngra logopedning ko‘rsatkich barmoqlari og‘izning burchaklariga qo‘yiladi va lablar tortiladi (iljayish). Qayta harakat yordamida lablar o‘z holatiga qaytadi. Bunday mashqlar og‘izning turli holatlarda: og‘iz yopiq, yarim ochiq, katta ochiq holatlarida qilinadi.
Bo‘shashtiruvchi mashqlardan so‘ng past tonusdagi mustahkamlovchi massajdan so‘ng labning passiv faol harakatlari mashq qildiriladi. Bu massaj va mashqlar natijasida bola lablari bilan turli diametrdagi yog‘och buyumlarni, konfetlarini ushlab tura olishiga erishadi, naycha orqali suv ichishni o‘rganadi.
Yuqorida qayd etilgan muskullarni umumiy bo‘shashtiruvchi mashqlaridan so‘ng til muskullarini mashq qilishga o‘tiladi. Ularni bo‘shashtirishda til pastki jag‘ muskullari bilan o‘zaro bog‘liq ekanini yoddan chiqarmaslik kerak. Shuning uchun spastik ko‘tarilgan tilning og‘iz bo‘shlig‘ida pastga harakati pastki jag‘ning pastga qarab harakati bilan birga qilinsa, mashqni bajarish bola uchun oson kechadi. Maktab yoshidagi bolalarga bunday mashqlar auto-trenning ko‘rinishida beriladi, «men tinchman, juda bo‘shashganman, tilim og‘zimda tinch holatda. Pastki jag‘ pastga tushayotganda tilni ham sekin pastga tushiraman».
Agar bu usullar yetarlicha yordam bermasa, tilning uchiga bir bo‘lak toza doka yoki toza, yengil biror buyum qo‘yiladi. Hosil bo‘lgan taktil sezgilar bolaga tilning erkin harakatiga nimadir xalaqit berayotganini tushuntirishga, ya’ni spastik holatni sezishga yordam beradi. Shundan so‘ng logoped logopedik zond bilan tilni yengil bosish harakatlarini qiladi.

Download 122.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling