Logopediyaning nazariy va uslubiy asoslari
Download 130.71 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nutq buzilishini o`rganish va tuzatishda didaktik prinsiplar
Logopediyaning nazariy va uslubiy asoslari
REJA:
2. Logopedning shaxsi. 3. Logopediyaning tushunchani darajalash apparati. Tayanch so`zlar: (sistemalilik, komplekslilik, empirik metod, dyuntologiya qiyosiy langityudinal praksimetrik usul, didaktik tamoil.)
Nutq buzilishini o`rganishda va tuzatishda logopediya nutq va fikrning o`zaro bog`likligi xaqidagi anomal bolaning rivojlanishidagi umumiy va maxsus qonuniyatlarning o`zaro munosabatlari to`g`risidagi nazariy qoidalarga, nutq va faoliyatning hamkorlikda rivojlanish xaqidagi ichki va tashki omillarning o`zaro ta`sir xaqidagi, ruxiy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchlari xaqidagi nazariyaga tayanadi. Shundan kelib chiqib, logopediya quyidagi asosiy prinsiplarga tayanadi:
Sistemalilik prinsipi til xaqida murakkab funksional sistema to`g`risidagi tushunchaga tayanadi. Uning buzilish komponentlari o`zaro chambarchas aloqada bo`ladi. Shu munosabat bilan nutqni, uning rivojlanish jarayonlarini va buzilishini tuzatishni o`rganish nutq kurilish sistemasining barcha komponentlariga, barcha tomonlariga ta`sir etishni nazarda tutadi. Rivojlanish prinsipi, shuningdek bolaning yaqin rivojlanish doirasidan urin olgan ma`lum vazifalar, qiyinchiliklar bosqichlarni logopedik ish jarayoniga ajratishni ham ko`zda tutadi.
Ko`rgazmalilik, tushunarlilik,onglilik, yakka tartibda yondashish va boshqalar muxim o`rin tutadi. Logopediya fani metodlarini shartli ravishda bir nechta guruxlarga bo`lish mumkin:
1.Tashkiliy metodlar: kiyosiy longityudonal, kompleksli. 2.Empirik metodlar: observasion, eksprimental, psixodiagnostik, faoliyatni shuning bilan bir qatorda nutqiy faoliyatni ham tashkil qilishning parasmetrik usullari, biografik metod. 3 Mikdor va sifat analizi bunda olingan ma`lumotlar EXM ni qo`llagan xolda mashinada ishlab chiqariladi. 4.Interpretatsion metodlar uslublar o`rganilayotgan xodisalar o`rtasidagi aloqalarni nazariy tashkil qilish usullari. Logoped umumnazariy va maxsus ixtisosli bilimlar sistemasini egallagan bo`lishi kerak. Bu bilimlarning majmui va kengligi unda nuqsonli rivojlanishning tipologiya va tarkibi, nutqiy nomukammallikning oldini olish va uni bartaraf etish usullari xaqidagi, ruxiy pedagogik ta`sir etish metodlari to`g`risidagi tasavvurlarni shakllantiradi. Logoped nutq buzilishlarini payqab olishi, ularni tuzatish va bartaraf etish usul hamda metodlarini egallagan bo`lishi, bunday nuqsonlarni oldini olishga doir profilaktik ishlarni yo`lga qo`yishi, nutqi zaiflashgan bolalarni maktabgacha tarbiya yoshida ham, maktab yoshida ham ona tili bo`yicha o`qitishning maxsus metodlarini qo`llay olishi, g`ayritabiiy nutqli bolalarning muxim psixik xususiyatlarini bilishi, ularni tarbiyalash usul hamda metodlarini egallagn bo`lishi, ulardagi oliy miya qobig`i faoliyatini tuzatish va rivojlantirish uslublaridan qo`llay olishi kerak. Logopedning ixtisosi bo`yicha chuqur bilimga egaligi dasturlarni, maktab darsliklarini, logopediya bo`yicha qo`llanmalarni bilishni o`z ichiga oladi. Bolalarni o`qitish, tarbiyalash va ularning buzilgan nutqlari yuzasidan olib boriladigan ishlarning samaradorligiga erishish uchun logopedning shaxsi birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. U quyidagi asosiy sifatlarni o`zida namoyon etadi: kasbiga qiziqishlik, bolalarni sevish, o`ziga va atrofdagilarga talabchanlik, pedagogik xayo va kuzatuvchanlik, saxiylilik, kamtarinlik, mas`uliyatlilik, so`zda va amalda kat`iylik, izchillik. Logoped ilg`or tajribalarini umumlashtirib bolalarning nutqini tuzatishning eng yaxshi vositalari bo`yicha izlanish olib borishi kerak. U egallab olishi lozim bo`lgan malakalar keng va turlichadir: o`quv-bilish, o`quv-tashkiliy, o`quv- pedagogik. Bundan tashqari logopedning ishi deontologiya prinsiplariga kat`iy amal qilishga asoslanishi kerak. Pedagogik deontologiya pedagogik etika va estetika, pedagoglik burchi va pedagoglik odobi xaqidagi ta`limotlarni o`z ichiga oladi. Unga amal qilishda pedagogdan, logopeddan nutqida kamchiligi bor bolaning ota-onalari psixologiyasini tushunishi va ulur bilan bir qatorda qayg`urishi talab qilinadi. Logoped juda sabotli, tadbirkor va xayrixox, nutqi buzilgan shaxsga va uning ota-onalariga vrachning bemorga va uning yaqin kishilariga muomalasi kabi munosabatda bo`lishi, nutq buzilishlarining og`ir jixatlari va muximi mexanizmlarni aniqlashda, ular xaqida oldindan ma`lumotlar to`plashda extiyotkorlik qilish, nutq buzilishlarining tashki ko`rinishini ular moxiyatini xisobga olishi kerak. Logoped va bolalar muassasi shifokori, logoped va tarbiyachi, logoped va pedagog o`rtasida o`rnatiladigan o`zaro to`g`ri munosabatlar pedagogik deontologiyaning muxim sharti bo`lib xisoblanadi. Har qanday fanning ajralib chiqishi va mavjudligining majburiy sharti undagi o`z tushunchani darajalash apparatining mavjudligidir. Logopediyada nutq normalari va uning buzilish tushunchasini farqlash muximdir. nutq normasi deganda nutq faoliyati jarayonidagi til ishlatilishining umumiy qabul qilingan variantlari tushuniladi. Nutqning normal faoliyati xolatida uning psixofiziologik mexanizmlari Saqlangan bo`ladi. Nutq buzilishlari gapiruvchi shaxsning ma`lum til muxitida qabul qilingan, nutq faoliyati normal xolda ishlayotgan psixofiziologik mexanizmlarning zaiflashuviga bog`liq xolda til normalaridan chetlashuvi bilan belgilanadi.
Nutq buzilishlari quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: 1. So`zlovchining yoshiga nomuvofiklik xususiyati. 2.SHevachilik, nutqiy savodsizlik, til bilmaslikning ifodasi bo`lmagan xususiyatlar. 3.Nutqning psixofiziologik mexanizmlaridagi chetlashish bilan bog`liq bo`lgan xususiyatlar. 4.Uz-o`zidan yo`qolmaydigan, balki mustaxkamlanadigan barqaror xususiyatlar. 5.Nutq buzilishining harakteriga bog`liq xolda aniq logopedik ta`sir etishni talab qiluvchi xususiyatlar. 6.Bolaning keyingi psixik rivojlanishiga tez-tez salbiy ta`sir o`tkazadigan xususiyatlar.
Nutqning to`liq rivojlanmaganligi va nutq buzilishi tushunchalari bir- biridan farq qiladi. to`liq rivojlanmagan nutqda u yoki bu nutq a`zolari ishi yoki umuman nutq sistemasi sifat jixatidan eng past darajada shakllangan bo`ladi. Nutqning buzilishi nutq faoliyati mexanizmlarining nutq faoliyati mexanizmlarining ishlashi jarayonida buzilishdan, normadan olishdan iborat bo`ladi. nutqning to`liq rivojlanmay qolishi deganda xozirgi logopediyada nutqiy notekislikning shunday turli shakli tushuniladiki, unda barcha nutq komponentlarining shakllanishi buzilgan bo`ladi. Shunday qilib, nutq rivojlanishining buzilishi va nutq rivojlanishining tuxtab qolish tushunchalari bir- biridan farqlanadi. Nutq ontogenezi jarayonini ko`rsatuvchi nutq rivojlanishining buzilishidan farqliroq, nutq rivojlanishining tuxtab qolishi, bu sur`atning sekinlashuvini bildiradi. Nutqning buzilishi alomati bu nutqiy faoliyatning qandaydir buzilish belgisidir. Nutqiy buzilish alomati bu nutqiy faoliyat buzilishining belgilari majmuidir. nutq buzilishi mexanizmlari deganda nutqiy faoliyat buzilishining paydo bo`lishi va rivojlanishining shart qilib kuyuvchi jarayon va operatsiyalarning bajarilishidan chetlashish harakteri tushuniladi. Nutq buzilishining potoinezi bu nutqiy faoliyatda buzilishlarning paydo bo`lishi va rivojlanishiga sabab buluvchi potologik mexanizmdir. nutqiy nuqson deganda ma`lum nutq buzilishining nutqiy va nutqsiz alomatlari hamda ularing bog`lanish harakteri majmui tushuniladi. nutq buzilishlarini bartaraf etishda shunday tushunchalar qo`llaniladi: logopedik ta`sir etish, tuzatish o`rnini tuzatish, rivojlantirsh, o`qitish, tarbiyalash, qayta tarbiyalash, tuzatish-tarbiyalash orqali o`qitish va boshqalar. Logopedik ta`sir nutqiy faoliyat buzilishini tuzatish, nutqi buzilgan bolani tarbiyalash va rivojlantirishga yo`naltirlgan jarayonni o`z ichiga oladi. nutq buzilishini tuzatish- nutq buzilishi alomatini to`g`rilash yoki yengillashtirshdir. Kompensatsiya organizmning qandaydir harakatlarining yo`qolishi yoki buzilishi xollaridagi psixologik funksiyalarni qayta ko`rishning ko`p qirrali, murakkab jarayonini namoyon qiladi. To`liq shakllanmagan va buzilgan nutqli hamda nutqsiz harakatlarning rivojalanishi va tiklanishi logopedik ta`sir etishning maxsus sistemasidan qo`llanish asosida amalga oshadi. Bu jarayonda kompensatsiya shakllanadi. O`qitish ikki tomonlama boshqariladigan jarayondir. U bolalarning bilim, malaka va ko`nikmalarni o`zlashtirish borasidagi faol bilim faoliyatini, bu faoliyat ustidan pedagogik raxbarlikni amalga oshirishni o`z ichiga oladi. O`qitish jarayoni uzviy birlikdagi ta`lim berish, tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarini bajaradi. Tarbiyalash jamiyat extiyojlariga muvofik ravishda shaxsning yoki uning aloxida sifatlarining shakllanish jarayonini maqsadga yunaltirilgan xolda uzluksiz, tashkiliy tarzda boshqarish demakdir. Qayta tarbiyalash jarayonida nutqiy faoliyati buzilgan kishilarning o`ziga xos muxim xususiyatlarini tuzatish ishlarini amalga oshiriladi. Logopedik ta`sir nutq buzilishlarini bartarf etishga, to`g`rilashga ham, nutqsiz buzilishlarning salbiy alomatlarini yo`qotishga ham qaratilgan bo`lishi mumkin.
ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР:
2. В.С. Рахманова “Махсус педагогика” Тошкент 2004 йил. 3.Выготский.Л.С. «Проблема у отсталости» Москва 1956 йил. 4.Под ред. Дульнева. Г.М.»Коррекционная роль обучения в школе»М.1971 й. 5. М. Аюпова “Логопедия” Тошкент, 2007 йил. 6. М. А. Павалёва “Справочник логопеда” Ростов-на-Дону, 2007 год. 7. Алмазова.Е.С. Логопедическая работа по восстановлению голоса у детей. 8.Правдина.О.В. Логопедия 1969 йил Download 130.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling