Logopsisixologiya va psixologik korrerksiya metodlari
Download 45.21 Kb.
|
Durdona k i 111 mmmm
Taqrizchi: G.Temurova
KIRISH Нутқ нуқсонига эга бўлган болалар психик ривожланишнинг ўзига хос хусусиятларини акс эттирувчи маьлумотлар bugungi kunda ko’plab olimlar tomonidan o;rganilmoqda.. Кейинги йиллар давомида нутқ нуқсонини ўрганувчи олимлар ўз диққатларини нутқ нуқсонларининг тузилиши, механизмлари ва бартараф этиш усулларини ўрганишган. Яқин йиллардан бошлаб, логопедияда махсус психологияни муаммоларига бўлган қизиқиш нисбатан ортди. Нутқ нуқсонига эга бўлган болалар психик ривожланишини ўзига хос хусусиятлари турлича usullar yordamida yoritib berildi. Hутқ бузилишларига эга болалар билан коррекцион ишларни олиб бориш давомида ҳар бир нутқ камчиликларига айнан ўзигагина хос бўлган психик жараёнларни ва хусусиятларни ўрганиш asos qilib olindi. Нутқ нуқсонига эга болаларда интеллектуал ривожланиш темпи орқада қолиши кузатилади. У атрофдагилар билан кам мулоқотга киради, шунга боғлиқ ҳолда тасаввур доираси чегараланади, тафаккурнинг ривожланиш темпи орқада қолади. Шундай қилиб нутқий бузилиш таҳлили психик ривожланишнинг турли томонлари билан боғлиқлиги асосида нутқий патологиялар мавжуд болаларни ўрганишга комплекс ёндошув бўлишни таҳлил этади. Уни махсус психологиянинг таркиби бўлган логопсихология ўрганади. Нутқ нуқсонига эга болаларда интеллектуал ривожланиш темпи орқада қолиши кузатилади. У атрофдагилар билан кам мулоқотга кирishади, шунга боғлиқ ҳолда тасаввур доираси чегараланади, тафаккурнинг ривожланиш темпи орқада қолади. Шундай қилиб нутқий бузилиш таҳлили психик ривожланишнинг турли томонлари билан боғлиқлиги асосида нутқий патологиялар мавжуд болаларни ўрганишга комплекс ёндошув бўлишни таҳлил этади. Уни махсус психологиянинг таркиби бўлган логопсихология ўрганади. Kurs ishining ob’ekti: Sistemali nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalar Kurs ishining vazifalari: -Sistemali nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalar shaxsining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish va taxlil qilish -Sistemali nutq nuqsonlarining kelib chiqish sabablarini va usullarini o’rganish -Bolalardagi sistemali nutq nuqsonlarini bartaraf etishda multimediadan foydalanish usullari Kurs ishining metodlari: Bu ishni o’rganishda qiyosiy va kuzatuv metodlaridan, mashqlar, o’yin va modellashtirish kabilardan foydalaniIadi. I.BOB. Sistemali nutq nuqsonlarining o’rganilish tarixi va ilmiy- na‘zariy asoslari 1.1. Sistemali nutq nuqsonlariga ega bolalarning psixologo- pedagogik va nutqiy xususiyatlari Шахс ҳақида тариф беришганда, рус психолиги С.П. Рубинштейниинг фикрларига тўхталмоқ керак. Олимнинг таъкидлашича, одам ўзидаги такрорланмас хусусиятларга кўра индивидуалдир. Одам ўз атрофидагиларга, борлиққа бўлган онгли муносабати. Унинг бирор бир фаолият билан шуғулланиши эса унинг шахс эканлигидан далолат беради. Шахс одамнинг атрофига бўлган муносабатларини ва ўз-ўзига бўлган муносабатини белгилайди Одамнинг атроф-муҳитга бўлган муносабатлари унинг дунё қарашида. Ишончларида ва бошқаларга бўлгам муносабатларда энг муҳими, унинг фаолиятида ифодаланади. Демак, шахс — бу онгга эга бўлган, маълум ижтимоий- иқтисодий формацитда яшайдиган, маълум бир фаолият билан шуғулланадиган одам индивидир. Шахс ҳақида тариф беришганда, рус психолиги С.П. Рубинштейниинг фикрларига тўхталмоқ керак. Олимнинг таъкидлашича, одам ўзидаги такрорланмас хусусиятларга кўра индивидуалдир. Одам ўз атрофидагиларга, борлиққа бўлган онгли муносабати. Унинг бирор бир фаолият билан шуғулланиши эса унинг шахс эканлигидан далолат беради. Шахс одамнинг атрофига бўлган муносабатларини ва ўз-ўзига бўлган муносабатини белгилайди Одамнинг атроф-муҳитга бўлган муносабатлари унинг дунё қарашида. Ишончларида ва бошқаларга бўлгам муносабатларда энг муҳими, унинг фаолиятида ифодаланади. Демак, шахс — бу онгга эга бўлган, маълум ижтимоий- иқтисодий формацитда яшайдиган, маълум бир фаолият билан шуғулланадиган одам индивидир. Шахс ҳақида тариф беришганда, рус психолиги С.П. Рубинштейниинг фикрларига тўхталмоқ керак. Олимнинг таъкидлашича, одам ўзидаги такрорланмас хусусиятларга кўра индивидуалдир. Одам ўз атрофидагиларга, борлиққа бўлган онгли муносабати. Унинг бирор бир фаолият билан шуғулланиши эса унинг шахс эканлигидан далолат беради. Шахс одамнинг атрофига бўлган муносабатларини ва ўз-ўзига бўлган муносабатини белгилайди Одамнинг атроф-муҳитга бўлган муносабатлари унинг дунё қарашида. Ишончларида ва бошқаларга бўлгам муносабатларда энг муҳими, унинг фаолиятида ифодаланади. Демак, шахс — бу онгга эга бўлган, маълум ижтимоий- иқтисодий формацитда яшайдиган, маълум бир фаолият билан шуғулланадиган одам индивидир. Кўп холларда алалиянинг оғир кўринишлари акли заифлик билан алмаштирилади, бунда нутқ билан биргаликда боланинг рухий ривожланиши оркада қолади. Агар бундай нутк нуқсони олегофрения билан биргаликда келса, боланинг мулоқотга киришиш фаоллиги етарлича ривожлапмайди. Ижтимоий мухит боланинг нутқий ривожланишига саалъбий ёки ижобий таъсир этиши мумкин. Нотуғри тарбия кўп холларда бола билан мулокотга киришиш учун харакатларининг зое кетишига сабаб бўлади. Агар болани яқин кишилар тушунишга харакат қилишмаса бола бунга асабийлашган холда жавоб қилади ва бу айрим холларда ақли заифлик белгиларига ўхшаб кетади. Агар боланинг яқинлари унинг барча истак-хохишларини сўзсиз бажаришса нима демоқчи бўлганини кўзўдан ўқигандек тушинсалар, бундай болада нутқий мулоқотга эхтиёж қолмайди. Мотор алолияли болалар хулқ атвори ўзига хос хусусиятларга эга: атродагилар билан мулоқотга киришишда яққол намоён бўлган қийинчиликлар, нотаниш вазиятларда тез-тез тормозланишлар, янгиликларга салбий муносабатда бўлиш. Шунингдек бола характерида паталогик сифатлар, асабийлик холатлари Ривожланиши тез хафа бўлиш ва кек сақлаш кузатилади. - Нутқий ривожланиши нутқий фаолликнинг етарли даражада эмаслиги учун орқада қолади. Сенсор алалия болаларнинг айримлари махсус оғир нутқ камчиликларига эга болалар учун мўлжалланган мактабларда ёки ёрдамчи мактабларда логопед билан мунтазам шуғулланган холда таълим оладилар. Sensor alaliyali bolalarning psixologo-pedagogik va nutqiy xususiyatlari o’ziga xos xususiyatlarga ega hisoblanadi.Nutq — eshituv analizatorining shakllanmaganligi darajasi nutq harakat analizatori singari turlicha bo'ladi. Og'ir ko'rinishlarda bola atrofidagilar nutqini tushunmaydi, uni ma’no kasb etmaydigan shovqin deb hisoblaydi, hatto o'z ismiga ham javob reaksiyasini bermaydi, nutq tovushlari va nutqiy bo'lmagan shovqinlarni farqlamaydi, barcha nutqiy va nutqiy bo'lmagan qo'zg'atuvchilarga befarq. Ayrim hollarda esa bola ayrim kundalik turmushda ishlatiladigan so'zlarni tushunadi. Bola o'ziga qaratilgan nutqini qabul qilib, noto'g'ri javob beradi. Talab qilingan oddiy vazifani nisbatan oson bajaruvchi bolalar uchraydi, biroq bunda aniq vaziyatdan tashqarida so'z ko'rsatmasini tushunmaydilar, ya’ni iboraning umumiy mazmuni alohida so’zlardan oson idrok qilinadi. Bola asta-sekin tovushlarga quloq tuta boshlaydi, biroq uning diqqati uzoq vaqtgacha turg'un bo'lmagan va toliqqan holicha qoladi. Fonematik idrok sekinlashgancha rivojlanadi va uzoq vaqtga shakllanmaganicha qoladi. Sensor alaliyali bolalar uchun vaziyat katta rol o'ynaydi. Bolalar ko'pincha aytilgan so'zlarni ma’lum kontekstda tushunadilar. So'zlarning tartibi va shaklini o'zgartirishda so'z mazmunini tushunishga qiynaladilar, grammatik konstruksiyalar mazmunini idrok etmaydilar. Bir qator hollarda bolalar biroz murakkablashgan vazifalarni tushunmaydilar, xato aytilganni to'g'ri aytilgan variantdan ajratolmaydilar. Ayrimlar bayon qilish tempining o'zgarishidan nutqni tushunmaydilar, so'zlarni bir turdagi aksentli-bo'g'in strukturasi bilan adashtiradilar, eshitilishi jihatidan yaqin so'zlarni birday idrok qiladilar. Gohida bolalar o‘zlariga qaratilgan nutqni takrorlashni iltimos qiladilar va faqat bir necha marotaba takrorlanganlarni tushunadilar, chunki bir martalik ta’sir idrok uchun yetarli bo’lmaydi. Eshituv ta’sirlovchisi yordamida idrok jarayoni yaxshilanadi. Diqqatni qaratish qayta tiklash va taqsimlashda qiyinchiliklar kuzatiladi. Bola tovushni, o‘ziga qaratilgan nutqni tez idrok eta olmaydi. Biron narsani tushunmaganda agar aynan bir narsa bir necha marotaba o’zgarmagan ko’rinishda takrorlansa yoki boshqa so ‘zlar bilan qayta hikoya qilib berilsa, bola tushinib olishi mumkin. Gohida tanish so’zlarni ham tanish qiyinlashadi. Idrok qilish vaqtida takrorlab gapirish tushunishni yaxshilanishiga olib keladi, chunki ko’rinishidan u shaxsiy talaffuzining kinesteziyalari bilan mustahkamlanadi.Gohida bola faqat bir insonni tushunadi - o’qituvchi va aynan shu narsani kimdir begona gapirsa tushunmaydi. Bunda tovushlari bo’lgan reaksiya jaranglanish balandligiga bog’liq bo’lmaydi. Bunday hollarda eshituv reaksiyalarining o’ziga xosligi shundaki, bola tovushni eshitsa ham uni farqlamaydi, unda so’zlarning predmetli nisbati shakllanaydi. Bola so’z va ko’rsatmalar ma’nosini tushunmaydi. Birinchi signal tizimi ta’sirlovchilar nutqiy belgilar ahamiyatiga ega bo’ladi, ular bilan almashtiriladi. Asta-sekin bola atrofidagi tovushlarni tinglashga ayrimlarini fikrlashga, ularni atrofdagi hayotning ma’no hodisalariga ajratishga o'rganib boradi. Sensor kamchilikka ega bolada nutqiy muhitga reaksiya sifatida vaziyat bilan bevosita bog'liq bo'lmagan, uning nutqiy faolligi haqida guvohlik beruvchi uzuq-yuluq so'zlar, hissiy xitoblar paydo bo'ladi. So'ng rivojlanish jarayonida asta-sekin vaziyatli, birmuncha turg'un tushunchalar, alohida so'zlarni qo’llash va oddiy so'z birikmalarini qo’llash paydo bo'ladi. Bolalarga biron-bir mavzu hikoya qilib berilganda yoki o‘qib berilganda uzoq vaqtgacha tinglay olmaydilar. Eshitganlarining mazmunini tushunmasliklari natijasida bolalarda qiziqish yo‘qoladi bayon etishmay qo’yadilar. Yangi so’zlarni sekin o‘zlashtiriladi. Nutqqa tanqidchan emas, xulqi tartibsiz, impulsiv harakat qiladi. Sensor alaliya sof holda kam uchraydi. Amaliyotda ko’proq ma’lum nutqiy nuqson tarkibida, ikkilamchi nuqson sensor-akustik nutq rivojlanmagan bolalar kuzatiladi. Motor alaliyada nutq yetishmasligi ikkilamchi xarakterga ega tushunishning pasayishiga olib keladi va shuning uchun ko’p hollarda alaliyaning sof shakli uchramaydi, balki aralash -motor alaliya sensor komponent bilan yoki sensomotor alaliya uchraydi. Tushunishning pasayishi turli nutqiy buzilishlar strukturasida ikkilamchi ko‘rinish bo’lishi mumkin. Sensor alaliya va sensor afaziyada birlamchi sensor yetishmovchilik kuzatiladi, xususan, nutq-harakat va nutq-eshituv analizatorlari faoliyatini deyarli chegaralash mumkin emas, shuning uchun buzilishning sof shakllari aniq kombinatsiyalashgan holatlar uchraydi. Bola nutqiy va nutqiy bo’lmagan faoliyat holati ustidan sinchiklab o’tkazilgan kuzatishlar va maxsus chuqurlashtirilgan tekshiruvlar nuqson tabiati va xarakterini aniqlashga, nuqson tuzilishida yetakchi kamchilikni aniqlashga (sensor yoki motor sohaning) va korreksion-tarbiyaviy ta’sirning to’g‘ri yo’llarini belgilashga yordam beradi. 1.2.Sistemali nutq nuqsonlarini o’rganishda olimlarning qarashlari va ularning kelib chiqish sabab va belgilari Sistemali nutq nuqsonlari hisoblangan alaliya hamda afaziya nuqsonlarini o’rganish borasida ko’plab olimlar izlanishlar, tadqiqotlar olib borishgan. Ular o’zlarining qarashlarini ilmiy asoslab berishga ham harakat qilishgan.Alaliyaning tarqalganligi haqida ilmiy asoslangan ma’lumotlar yo’q. Ma’lumotlarga ko’ra, alaliya maktabgacha yoshdagi bolalarning bir foizi, maktab yoshidagi bolalarning 0,6 - 0,2% foizni tashkil etadi. o‘rtacha hisobda, alaliya aholining 0,1 foizida kuzatiladi. Mualliflarning ta’kidlashicha, alaliya o‘g'il bolalarda qizlarga nisbatan 2 marta ko'p uchraydi. A.Kussmaulning ta'kidlashicha, oldingi asrda bizning asrimizning boshlarigacha yashab, faoliyat ko’rsatgan shifokorlarning aksariyati nutqning yo'qligining barcha shakllarini alaliya deb nomlab, afoniyani ham bu atamani ichiga kiritganlar, lekin vaqt o'tishi bilan bu atamalar farqlana boshlandi. I. Frank birinchilardan bo'lib , bu ikki atamani farqlashga urinadi. Uning fikricha, alaliya "kar-soqovlik" singari artikulatsiya harakatlarini umuman imkoniyatsizligi bo'lib , I. Frank alaliyani artikulatsiyani qiyinlashuvi natijasida kelib chiquvchi talaffuz kamchiligi mogilaliya bilan taqqoslaydi. O‘tgan asrnig 60-yillariga kelib Trusso nutqning yo'qotilishini Broka tomonidan kiritilgan "afemiya" atamasini "afaziya" atamasiga almashtirishni taklif etadi. "Afaziya" atamasi tibbiyotda o‘ziga xos o'rin egalladi. Turli mualliflarni keyingi ishlarida "alaliya" va "afaziya" atamalari uzoq vaqtgacha noma’lum chegaralanishda kuzatiladi. Faqatgina 30-yillarga kelib logopediyada "alaliya" va "afaziya" atamalari keskin farqlandi: alaliya -nutqning rivojlanmay qolishi, afaziya - nutqning yo‘qolishi.Alaliyaning turli shakllari ta’riflangan, nutq rivojlanmaganligining turli shakllarida logopedik ta ’sir metodikasi ishlab chiqilgan. So’nggi davrda alaliyani o’rganishdagi muvaffaqiyatlar tadqiqotchilarning o‘z faoliyatlarida nuqson tahliliga har tomonlama sindromal yondashuv metodologiyasiga ko’proq tayanganliklari sababli erishilgan. Afaziya — nutqning to’liq yoki qisman yo‘qolishi, u odatda, bosh miyaning lokal jarohatlanishi natijasida yuzaga keladi. Bu buzilishlar nutqni tushunish, yozuv, o‘qish, hisobdagi o‘ziga xos sistemali kamchiliklarning paydo bo'lishiga olib keladi. Afaziyada nutq faoliyatining barcha turlari turli darajada sistemali buzilgan bo’ladi(og‘zaki nutq,nutq xotirasi, fonematik eshituv, nutqni tushunish,yozma nutq, o'qish, hisob va h.k.). Shu tufayli nutqiy buzilishning mohiyatini tushish uchun neyrofiziologiya, neyropsixologiya va neyrolingvistika sohalaridagi bilimlar muhim ahamiyat kasb etadi. 1961-yil fransuz shifokori G.Broka afaziya bilan kasallangan bemorning chap o'rta miya arteriyasi, hamda peshananing uchinchi burma egati orqa sohalarining zararlanishini aniqladi. G.Broka ushbu jarayonni o'rganib, og'zaki nutqning markazi miyaning peshana qismida joylashgan degan xulosaga keldi. 1974-yil Vernike, bosh miyasining chap chakka qismi jarohatlangan 10 ta bemorni o'rganish asosida nutqni tushunish, ekspressiv nutq, o‘qish va yozuv buzilishlarining aniqladi hamda o‘z xulosalarida bunday nutq buzilishlarini o ‘ziga xosligini bayon etdi. A.R.Luriya tomonidan psixik faoliyat buzilishini o‘rganish metodi, odamning turli xil bilish jarayonlari buzilishini o‘rganish metodi ishlab chiqilgan. A.R.Luriya taklif qilgan neyropsixologik metodika, turli xil simptom va sindromlarni, simptomlarning qonuniyatli uyg‘unlashuvini (miyaning u yoki bu tuzilishi jarohatida yuzaga keluvchi simptomlar), tekshirishga imkon beradi; bu metodikani qo’llash, nafaqat afaziyaning u yoki bu shakli mavjudligi haqida xulosa qilishga, balki bosh miyaning jarohat joyini diagnostika qilish imkonini ham beradi. U afaziyaning istalgan shaklida nutqiy faoliyatning amalga oshishi buzilishini ko‘rsatib berdi. Nutqning paradigmatik birliklari ostida tilning barcha belgilari o‘z-o’zidan ma’lum bo'ladi: fonemalar, bo’g‘in tizimi, lug'at, qo’shimchalar, ma’lum so 'z birikmalari, ya’ni u yoki bu tilni xarakterlovchilar. Har bir fonema ma’lum miqdordagi belgilarga ega. Keyinchalik , motor afaziyasi yuz berganda nutqni tiklashga qaratiladigan choralarning dastlabki bosqichida qo’llanadigan metodika haqida to‘xtalib, bu boradagi ishlarni insultdan so‘ng darhol emas, bir necha oy o‘tgach , nutqning spontan yaxshilanish jarayoni maksimal darajaga yetganda amalga oshirila boshlanishi kerakligini ta’kidladi.Total afaziyada u dastlab lab va tilarning nutqsiz harakatlarini takrorlash mashqlarini o'tkazgan. Uning fikricha, tovushlar talaffuzini unli tovushlar va lab undoshlari talaffuzidan boshlash kerak. Chunki ularning artikulatsiyasi yaqqol namoyon bo’ladi. Tovushlar bo'g'inlaring ichida bir necha bor takrorlangach, u tegishli tovushni o’z ichiga olgan so'zlarni takrorlash, undan so'ng esa predmetlar nomini va predmetli rasmlardagi tasvir nomini atash mashqlarini o'tkazgan. 1922-yil Eliasberg birinchi bo’lib, motor afaziyali kasallar bilan optik metod bo’yicha emas, so'zlarning ma’noli bog'lanishlarini qo’llash orqali ishlashni tavsiya etadi. Boshqacha aytganda, u so'zning talaffuz etilishiga muloqot jarayoni asosida erishilishini tavsiya qilgan. Sistemali nutq nuqsoni hisoblangan alaliya va afaziya kasalliklari o’ziga xos murakkablikka hamda o’ziga xos o’rganilish tarixiga ega. Alaliya —markaziy xarakterdagi organik nutq buzilishi. Alaliyada bosh miyaning ayrim po'stloq sohalarida nerv tolalarini shakllanishining orqada qolishi kuzatiladi. Asab tolalari yetishmagan bosqichda,ya’ni neyroplast o‘z rivojlanishini to‘xtatadi.Tadqiqotchilar miya po’stlog’ida qo‘zg‘atuvchi va tormozlovchi jarayonlarning fazoviy konsentratsiyasining yetishmasligini aniqladilar.Motor alaliyada nutq buzilishlari sistemali xarakterda bo’lib, uning barcha tarkibiy qismlari uchun xos: fonetik-fonematik va leksik-grammatik. Alaliyali bolalarda nutq apparatining nozik harakat koordinatsiyalari shakllanmaydi. Bunda kerakli artikulatsiya holatini izlash, ma’lum bir artikulatsiya harakatini bajara olmaslik, ketma-ketlikni egallashda qiyinchiliklar kuzatiladi. Bu hollarda nutqiy artikulatsiya buzilishlarini belgilovchi harakat buzilishlari yetakchi o’rin egallaydi. II BOB.Sistemali nutq nuqsoniga ega bolalar shaxsining o’ziga xos xususiyatlarini o‘rganish asoslari 2.1. Sistemali nutq nuqsoniga ega bolalar shaxsining o’ziga xos xususiyatlari. Bolalar muloqot jarayonida mimika, imo-ishoralardan foydalanadilar. Tinch holat bolalarni tinchlantiradi, baland ovozlar, baqiriqlar bolalarni asabiylashtiradi. Bolalarga qaratilgan so’zlarning ma’nolarini tushunmasalarda, ohangning o'zgarishini farqlaydilar. Sensor alaliyada nutqning qo'pol buzilishida bola o‘z nutqidan muomala vositasi sifatida foydalana olmaydi. Sensor alaliyali bolalarda tushunish va o‘z nutqining buzilishi darajasiga bog’liq bo’lmagan shaxsiyat buzilishlari uchraydi: xulqning turli xildagi qiyinchiliklari, hissiy-irodaviy soha xususiyatlari, aqliy rivojlanishning ikkilamchi pasayishi. Nutq boshqaruvi va bunday bola faoliyati va xulqining o‘z -o‘zidan boshqaruvchisi hisoblanmaydi. So‘zning ahamiyati, talaffuzning turg‘un emasligi shunga olib keladiki, bolalar so‘z ko‘rsatmasi bo‘yicha ishonchsiz harakat qiladilar, bir-biriga qaraydilar, tushunmaganlarida yordam va tayanch qidiradilar, vazifalarni bajarishda va kundalik muloqotda bolalar leksik ma’noda oladilar va grammatikani e’tiborga olmaydilar. I.P.Pavlov fikricha, bular ikkinchi signal tizimining (nutqning) lokal komponenti hisoblanadi, chunki ular barcha anglanmagan harakatlarni anglanganlar hisobiga o’tkazishni ta’minlaydi. Motor alaliyada nutq yetishmasligi ikkilamchi xarakterga ega tushunishning pasayishiga olib keladi va shuning uchun ko’p hollarda alaliyaning sof shakli uchramaydi, balki aralash — motor alaliya sensor komponent bilan yoki sensomotor alaliya uchraydi. Bola nutqiy va nutqiy bo’lmagan faoliyat holati ustidan sinchiklab o’tkazilgan kuzatishlar va maxsus chuqurlashtirilgan tekshiruvlar nuqson tabiati va xarakterini aniqlashga, nuqson tuzilishida yetarlicha yordam beradi. Bolalarning shaxsiy va nutqiy xususiyatlariga bog’liq ravishda ish individual tuziladi. Ishning differensirlashgan usullari korreksion ta’sirni birmuncha natijali qiladi. Bolalar, hatto , bir-biriga nisbatan bir xildagi ta’lim -tarbiya sharoitlarida ham nutqiy malakalarni notekis egallaydilar. Bunda, bolada bilimlarga intilish paydo bo’ladi va bu ishda faollik, onglilik, qiziquvchanlik, tanqidchilik uchun muhimdir. Alaliyada ijobiy dinamika quyidagi omillarni hisobga olganda namoyon bo’ladi: nuqsonni erta aniqlash, ikkilamchi buzilishlarning o‘z vaqtida oldini olish, me’yordagi ontogenezni hisobga olish, nutqning barcha tarkibiy qismlariga sistemali ta’sir etish, bolalarga differensial yondashish, sensor — intellektual va effektiv — iroda sohasiga ta’sir etish bilan birga nutqni shakllantirish, nutqiy jarayonlar, tafakkur va bilim faolligini shakllantirishning bir butunligi.Alalik bolada nutqiy muloqotga ehtiyoj kuchli boladi. Motor alalik bolalar xulq-atvori o‘ziga xos xususiyatlarga ega: atrofdagilar bilan muloqotga kirishishda yaqqol namoyon bo'lgan qiyinchiliklar, notanish vaziyatlarda tez-tez tormozlanishlar, yangiliklarga salbiy munosabatda bo‘lishi; shuningdek, bola xarakterida patologik sifatlar, asabiylik, tez xafa bolishi; nutqiy faollikning yetarli darajada emasligi kuzatiladi. Sensor alalik bolalar hikoyani uzoq vaqt tinglay olmaydilar, mazmunini tushimmaganliklari uchun qiziqishlar tez yo'qoladi va tinglamay qo'yadilar. Bunday bolalarda o'zgalar nutqini tushunishning yo'qligi natijasida o'zlarining nutqlari ham buziladi. Sensor alalik bolalarda uzoq xavotirlanish, baqirish, sakrash, o‘ynash, taqillatish hollari kuzatiladi. Ayrim vaqtlarda bunday bolalar muloyim, uyatchan, o‘z kamchiliklarini ma’lum darajada anglaydilar. Sensor alalik bolalar muloqot uchun imo-ishoralar, jestlar, mimikalardan foydalanadilar. Bunday bolalar musiqa tinglashni yoqtiradilar, musiqa ularni tinchlantiradi, baland ohangda gapirishlar, baqiriqlar bolaga salbiy ta’sir qiladi. Sensor alalik bolalarning ayrimlari maxsus og‘ir nutq kamchiliklariga ega bolalar uchun mo'ljallangan ta’lim muassasalarida ta’lim oladilar. Sistemali nutq nuqsoniga ega bolalar nutq nuqsonini korreksiyalash jarayonida nafaqat uning nutqiy, artikulyatsion apparatiga e’tibor berish , balki bolaning psixologiyasiga ham alohida ahamiyat qaratish zarur.Sisemali nutqni bartaraf etish jarayonida bola bilan psixokorreksion ishlar olib borish jarayoni klinik va reabilitatsion ishlarni kompleks tarzda amalga oshirish natijasida yaxshilaniladi. Alalik bolada nutqiy muloqotga ehtiyoj kuchli boladi.Ko'p hollarda alalik bolalarniog'ir ko'rinishlarida aqli zaiflik, zaif eshituvchi va ruhiy rivojlanishi orqada qolgan bolalar bilan almashtiriladi, bunda nutq bilan birgalikda idrok etish, diqqat, xotira bilan bir qatorda shaxslararo munosabatlar ham buziladi. Agar alalik bola o'zgalarning nutqini tushuna olsa, atrofdagilar esa bolaning nima demoqchi bo'lganini tushunmaydilar va bola asabiylashadi.Afaziya — markaziy, organik turga oid og'ir nutq buzilishlari qatoriga kiradi. Bolalarda afaziya kamdan kam uchraydi. U ham bo‘lsa, bosh miya travmalari, shishlar yoki infeksion kasalliklar asoratida paydo bo'ladi. Psixolog bunday bemorlar bilan ko'proq suhbatlar o'tkazishi, treninglar, rag'batlantirish ishlari olib borishi kerak. Biroq agar afaziyaga chalingan kishi bu urinishdan chalg’isa, u butun jumlalarni osonlik bilan talaffuz qila oladi. Bunda sintagmatik tashkillashtirilgan ravon nutqning buzilganligining hech qanday belgilari namoyon bo’lmaydi. 2.2. Sistemali nutq nuqsonlarini bartaraf etishda olib boriladigan korreksion – pedagogik ishlar tizimi va ularning ahamiyati. Sistemali nutq buzilishi hisoblangan alalik bolalar bilan ishlashning logopedik amaliyoti 4 bosqichda olib boriladi.Unga muvofiq logoritmik va musiqiy ritmikaviy tarbiyalash ishlariamalga oshiriladi. Birinchi bosqichda bolalar bilan aloqa o’rnatish uchun shart-sharoitlar yaratiladi. Har bir bola induvidial ekanligiga qaramay, birinchi mashg’ulotlarda bolaning xulq-atvorida umumiy alomatlar , o’yinchoqlarga qaratilgan qiziqishning yo’qligi, muloqotga kirishmaslik, moslashish faoliyatining zaifligi, yangi sharoitlardan qo’rqish kabilar ajralib turardi. Boshida pedagog bola bilan nutqsiz aloqa o’rnatadi. Buni shunday ta’rifkash mumkinki, har bir ko’rsatma,jumladan, maqtov, o’z-o’zidan yuz beradigan faollikni cheklash hisoblanib, ayni holda xulq- atvorning muayyan moduli majburan qabul qildiriladi. Bundan tashqari bola bilan birdaniga nutqiy aloqani o’rnatishga urinish yoki bolaning komunikatsiya darajasini bilishini hisobga olmasdan, faoliyatning muayyan turlaridan foydalanish logoped va bola o’rtasidagi tushunmovchilik muhitini yartadi.Alaliyada nutq shakllanishi har tomonlama yondashuv, nutqni rivojlanishiga yordam beruvchi va bilish faoliyatining yaxshilanishiga imkon beruvchi nutqning barcha funksiyalari rivojlanishiga e’tiborni qaratish zarur. Tizimli logopedik ish nutqiy rivojlanishdagi uzilishlarni to'ldirishga va maxsus dastur bo’yicha maktab ta ’limiga tayyorlashga yo'naltiriladi yoki u maktab ta‘limiga qo'shimcha ravishda parallel olib boriladi.Umumrivojlantiruvchi mashqlar har tomonlama bola organizmiga ta’sir qilib,uni muayyan sur’at va vaznlarda musiqa jo’rligida aniq va tushunarli harakatlar qilishga o’rgatadi. Mushaklarning ayrim guruhlariga ko’proq ta’sir ko’rsatishiga qarab, umumrivojlantiruvchi mashg’ulotlar quyodagilarga bo’linadi ; a) qo’llar va yelka kamari mushaklari uchun;b) oyoqlar uchun v) gavda mushaklari uchun. Bo’yin mushaklarini rivojlantiruvchi mashqlar Gavda uchun: Dastlabki holat-Oyoqlarni yozib tik turishda qo’llar belda, tizzalarni bukmasdan egilish, ikkita qo’lni o’ng chap oyoq uchlariga tekkizishga harakat qilish, rostlanish, q’llarni belga qo’yish poldan buyum olish, bayroqcha, dasta, koptokni ko’tarish. Qomat uchun:Dastlabki holat- tizzalarga o’tirish, qo’llar bilan polga tayanish. Navbatma- navbat oyoqlarni to’g’ri qo’yib yuqoriga ko’tarish, buyumlar orasida erkin emaklash. Muvozanatni ushlash: “Ko’lmak”, “Tosh” (pedagog polga mel bilan aylanalarni chizadi) ustidan yurib o’tish. Bir oyoqda sakrash, oyoq uchida yurish va turish. Bolaning harakatlanuvchi va nutqiy doirasi maromlashgan sayin logoritmik mashg’ulotlarda yugurish, sakrash, irg’itish va ushlash kabi mavjud o’yinlar olib boriladi. Alalik bola bilan korreksion isholib borishda logopedik ishning 2-bosqichida umumiy motorika va yuz ifodasini rivojlantirish amalga oshiriladi. Mayda va artikullatsiya motorikasi muvofiqlashtirilishini rivojlantirish: Bolalar logopedga jo’r bo’lishadi. ” Mana men yuqoriga qarab ketmoqdaman’’ Bolalar qo’shiq aytish davrida musiqa sur’atiga mos holda kartondagi tasmalar bo’yicha o’ng qo’llarni so’ngra chap qo’llarni yurg’izadilar. Qo’l panjalari harakatlari va nutqning ritmi hamda sur’ati mashq qildiriladi.bolalarga turli rangdagi tasmalar tarqatiladi. Logopedik ishning 3- bosqichida logoritmik jarayonlar davom etgan holda alalik bola bilan ishlanadi va bu bosqichda ko’rish e’tibori va ko’rish e’tiborini tarbiyalanadi. O’yin ,, NIMA O’ZGARDI “ Bolalar tasmalarni qo’yib stollar oldiga o’tiradilar. Stollarda har bir bola oldida asosiy oltita tasma terilgan har bir o’yinchiga ko’rish e’tibori yoki ko;rish xotirasini mashq qildirish uchun mashg’ulotlarni bajarish uchun mashg’ulotlarni bajarish taklif etiladi.Logoped har bir bolaning oldiga borib, ko’zini yopishini so’raydi va tasmalar joyini o’zgartiradi so’ngra boladan tasmalarni avvalgi joyiga qo’yishini so’raydi. Uchinchisiga esa qo’shimcha tasmani qo’shib qo’yadi va hakozo. Sistemali nutq buzilishi hisoblangan alaliyani bartaraf etishdagi logopedik –korreksion ishning to’rtinchi bosqichida bolaning eshitish e’tiborini tarbiyalash, eshitish e’tiborini boshqa narsaga jalb qilish ustida ish olib boriladi. Yu.Slonovning “Qor qizi” qo’shig’ini eshitish. Musiqada uch bo’g’inli so’zlarni farqlashga, ajratishga e’tibor qaratiladi va shu kabi boshqa mashg’ulotlar bolaning aqliy va jismoniy jihatdan sog’ayishiga har tomonlama yordam beradi. Nutqiy rivojlanmaganlikni bartaraf etishni shunday tashkil qilish kerakki, ish jarayonida maktab vazifalarini o'zlashtirishga tayyorgarlik yuzaga kelsin. Samarali logopedik ish agar u psixonevrolog (nevropatolog, psixiatr) tomonidan o'tkaziladigan faol dori-darmon va fizioterapevtik muolajalar fonida har tomonlama o'tkazilsagina amalga oshadi. Ish jarayonida turli metod, usullardan mujassamlashgan holda foydalaniladi. Bolaning nutqiy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ishning vazifa va mazmuni aniqlanadi. Faqat nutq rivojlanishi ko'zda tutilmay, balki bolaning nutqiy bo'lmagan faoliyati ham shakllantiriladi. Nutq sensor rivojlanish va umum harakatli imkoniyatlar kompleksida mukammallashadi. Mayda qo'l motorikasi rivojlanishiga e‘tibor qaratiladi: chiziq tortishga, bo'yashga, shtrixlashga o'rgatiladi, tugunchalar bog'lashga, mozaykalar va geometrik materiallardan naqshlar chizish o'rgatiladi va h.k. Agar bolalar qo'l barmoqlari harakati rivojlanishidan orqada qolsa, u holda nutq rivojlanishidan ham orqada qolishligi isbotlangan. Qo'l harakatlarini mashq qildirish jarayonida nutq holati mukammallashadi. Ishning boshlang’ich bosqichlarida nutqning psixofiziologik asoslari shakllantiriladi, bolada muloqotga ehtiyoj hissi uyg'otiladi. Bolada motivatsion bayon qilishning asosini shakllantirish, nutqiy va psixik faollikni rivojlantirish, taqlid faoliyati va aks ettiruvchi nutq funksiyalarini shakllantirish muhimdir. Faoliyat motivini tarbiyalash va bayon qilish dasturini tashkil qilish muhim baza yaratadi; alaliyali bolalarda o'zi shakllana olmaydigan, nutq rivojlanishi uchun vositalar qatori. Bu qatorlarning asosiysi, predikativ tizimni rivojlantirish va grammatik qurilish elementlarini egallash hisoblanadi. Faqatgina nutqiy buzilishlargina bartaraf etilmay, nutqiy bo’lmagan kamchiliklar bartaraf etiladi, tahlil, tarkib jarayonlari rivojlantiriladi, nutqiy rivojlanish uchun muhim sanalgan diqqat, idrok, umum ashtirish, taqqoslash jarayonlari ham shakllantiriladi. Bu buyumlarni shakli, rangi kattaligiga ko'ra farqlashga va nomlashga o'rgatiladi. Nutqni rivojlantirish uchun ritmika va logaritmika usullaridan foydalanish samarali natija beradi. Musiqa, so'z va harakatlar turli mashqlarda uyg’unlashib , harakat va nutq -harakat faoliyatini shakllantiradi, bolalarning ritmik, nutqiy va shaxsiyat rivojlanishidagi uzilishlarni to’ldirishni ta’minlaydi. Nutqni rivojlantirish uchun bola uchun qulay darajadagi muloqot amaliyoti muhimdir:mazmunli kontekst bilan birlashmagan (savollarni tushunish, ularga batafsil javob berish) jumlalar bilan, alohida so'zlar bilan o'tkaziluvchi operatsiyalar (ko'rsat, qaytar, nomla) bola uchun emotsional va semantik ahamiyatli bo'lgan vaziyatlar fonidagi mazmunli kontekst bilan qo'shilgan iborali material bilan (o'yinchoqni so‘rash, mashg'ulot turini tanlash va h.k.), tanish rasmlar bilan o'tkaziladigan operatsiyalar, dialogik so'ng monologik nutqdan foydalanib o'tkaziluvchi o'yinlar bilan va h.k.lar. Asta-sekin leksik-grammatik material hajmi va murakkabligi oshib boradi. Nutqni to'g'rilash ishlari amaliy predmetli faoliyat bilan bog'liq va unga tayanadi. Bola o'z harakatlarini tushunish shakllantiriladi (men o'tiryapman, chopyapman, sakrayapman). Bola nutqining rivojlanishi imkoniyatlariga ko'ra, bajarilayotgan ish yuzasidan bog'langan va to'g'ri tushuntirish (nutqi) hisobot rivojlantirib boriladi.Bolalarda leksik-grammatik shakllarni qo’llash, intonatsiya ustidan ongli kuzatuvchanlik tarbiyalanadi, flektiv munosabatlarni tushunish mustahkamlanadi, turli xil birikmalarda so‘zlar aloqasi, so‘z va grammatik strukturalar ketma-ketligi tarbiyalanadi. Ish jarayoniga turli analizatorlar eshitish, ko‘rish, taktil analizatorni jalb etish muhim. Bola buyum nomini eshitishi, kuzatib ko‘rishi, imo-ishora bilan ko‘rsatib berishi, nomlashi zarur. Buning natijasida bola ongida qo'shimcha bog'lanishlar yuzaga keladi, nutqiy material mustahkamlanadi. Ko'pgina analizatorlar faoliyatiga tayanib, taqqoslash va qarama-qarshi qo'yishdan foydalaniladi. I.P. Pavlov bularni differensirovkalar shakllanishining asosiy uslublari sifatida tavsiya qilgan. Ishda qo'shimcha tayanch tahlili va hisoblaridan foydalaniladi, shu jumladan, ramziylik va modellashtirish. Ko'pincha ishning o'yin shaklidan foydalaniladi, chunki u qiziqishni uyg'otadi, muloqotga ehtiyoj tug'diradi, nutqiy taqlidni, motorikaning rivojlanishiga yordam beradi, ta ’sirning emotsionalligini ta’minlaydi, biroq o'yinda ham bir qator hollarda bunday bolalarni maxsus o'rgatishga to'g'ri keladi, chunki ularda o'yin harakatlari shakllanmagan bo'lishi mumkin. Mashg'ulotlarning samaradorligi ko'rgazmali qurollarning mavjudligi va ulardan to'g'ri foydalanishga bog'liq. Olib borilayotgan ishning bosqichlaridan qat’iy nazar nutq tizimiga qaratiladi: lug'atini aniqlash va boyitish, frazali va bog'langan nutqni shakllantirish, tovush talaffuzini korreksiyalash. Shuningdek, har bir bosqichning maxsus vazifalari va o'ziga xos ish mazmuni aniqlanadi. Birinchi bosqichda olib borilayotgan ishlar quyidagilar sanaladi: nutqiy faollikni tarbiyalash, passiv va faol lug'atni shakllantirish. Dialog, sodda, katta bo'lmagan hikoya ustida ish olib boriladi. Nutqiy faoliyatning psixofiziologik asoslari va vaziyatli muloqotning birlamchi ko'nikmalari shakllantiriladi. Ikkinchi bosqichda lug'at va jumla tuzilishini murakkablashtirish asosida frazali nutqi shakllantiriladi. Gaplardan foydalanish ularni grammatik jihozlash, dialog va hikoya ustida ish olib boriladi. Uchinchi bosqichda mustaqil nutqni shakllantirish ishlari olib boriladi. Barcha bosqichlarda nutqiy faoliyatning hamma tomonlari shakllantiriladi. Bolalar amaliy mashqlar yordamida so'zlarni gapda bog'Iiqligini tushunishga va ularni nutqida to'g'ri qo'llashga o'rganadilar. Nutqiy uquvlarni shakllantirishda —morfologik, Grammatik, fonematik, umumlashmalar, va qarama- qarshiliklar mexanik mashqlarni yaqinlashtirmasdan, aloqalar, mazmunni anglash uchun analizga katta e ’tibor qaratish, kuzatishga o'rgatish, tahlil qilish va turli darajadagi nutq materialini umumlashtirish muhim. Asta-sekin nutqda harakat, sifat, predmet va uning elementlarining xossalari, munosabat va aloqalarni belgilash yo‘li orqali nutqiy bayon qilishlarining intellektuallashuvi darajasi oshadi. Ko‘rgazmali vaziyatlarda bolalar tomonidan buyum harakatlar ajratib olinadi va shu asosida so‘z shakllari taqqoslanadi, turli yangi gaplar tuziladi. Lug‘at bilan ishlashning turli usullaridan foydalaniladi: nutqiy va asl holidagi predmetlar, harakatlar, rasmlar, vaziyatlarni namoyishi.Mavzular o'yinchoqlar, mevalar, sabzavotlar va h.k. lug'at egallash bilan birgalikda so'zning ma’lum grammatik shaklidan foydalanishni o'rgatib boriladi (ko'plik va birlik, shaxs va son). Predmetlar bilan harakatlarni bajara turib bolalar ularni nutqlashtiradilar: sut ichyapman, sutni idishga quyayapaman va h.k. Ularda savollarga javob berish va savol berish uquvi tarbiyalanadi. So'z bo'yicha gap o'ylab topish, tayanch so'zlar, seriyali rasmlar bo'yicha gap tuzadilar, predmetlar haqida savollar va topishmoqlar tuzish, ikki yoki undan ortiq predmetlarni taqqoslab ta ’rif berish uquvi shakllantiriladi. Javob variantlarining xilma-xilligi boyitiladi, bu so'zga mos keluvchi muhim grammatik shaklni faol tanlashga yordam beradi, so'zga va nutq ifodalash vositalariga qiziqishni tarbiyalaydi. Grammatik malakalarni shakllantirishda turli ko'rinishdagi mashqlardan foydalaniladi: so'z birikmalarini ko'chirish, taqlid qiluvchi, almashtiruvchi va o'zgaruvchi mashqlar. Olib boriladigan ishning asosiy vazifasi - bolada muloqot jarayoni va vositalarini shakllantirish.Insultdan so’ng dastlabki bosqichlarda qoida bo’yicha bemorlar statsionarda bo’ladilar. Ular bilan mashg’ulot insultdan so’ng dastlabki 2 —3 haftalarda boshlanadi, chunki, bu buzilgan funksiyalarni tezlashtirish va harakatga solish uchun eng qulay vaqtdir. Insultdan so'ng birinchi kunlari mashg’ulotlar 7 —15daqiqalardan , iloji bo’lsa kuniga 2 —3 martadan , so’ng 15 -30 daqiqagacha o’tkaziladi. Buning uchun qarindoshlarjalb qilinadi, ular bemorlar bilan logoped vazifalarini tushdan so’nggi vaqtlarda bajarishlari mumkin. miyada qon aylanishi buzilgandan so’ng 3 oy o’tib, mashg’ulotlar vaqti 30 dan 40 daqiqagacha uzayishi mumkin . Bunda kichik tanaffuslar va turli ish ko‘rinishlari mashg‘ulot orasida o'tkaziladi. Vazifalar berishda afaziya formasi, uning og'irlik darajasi va bemorning shaxsiy xususiyatlari hisobga olinadi. Korreksion-pedagogik ishning barcha bosqichlarida emotsional omil muhim ahamiyatga ega. Xulosa
O'rganilgan ishdan shuni xulosa qilish mumkinki, logopsixologiya va tilshunoslik fanlari oralig’ida vujudga kelgan chegaradosh fan neyrolingvistika nutqiy faoliyatning miyadagi mexanizmlarini va miyaga mahalliy shikast yetishi natijasida nutqiy jarayonlarda sodir bo’ladigan o’zgarishlarni o’rganuvchi fandir. Bosh miyaning shikastlanishi inson nutqiy faoliyatiga o'z ta’sirini ko’rsatishini, bosh miya faoliyati bilan nutqiy organlarning bog’liqligini logopsixologiya fani o’rgatsa, uning yo’nalishlaridan biri bo’lgan logopediya bo’limida biz nutqdagi buzilishlarni o’rganamiz. Sistemali nutq nuqsonlari bo'yicha ko'pgina olimlar tadqiqot olib borgan. Ushbu ishda ko'rilgan masalalardan kelib chiqib, nutqdagi buzilishlar o’z- o’zidan sodir bo’lmasligi, unga qandaydir omillar ta’sir ko’rsatishini bilish mumkin. Logopediyada biz nutqiy buzilishlarni,ya'ni bosh miyaning lokal jarohatlanishi natijasida yuzaga keladigan nutqiy buzilishlarni o’rganar ekanmiz, ishda ko’rsatilgan nutqiy buzilishlar tasnifida tashqari har bir nutq buzilishi shakllarining ichida turlari ajratilgan. Sistemali nutq nuqsonining yuzaga kelishida bosh miyaning jarohatlanishi sabab bo'lar ekan, bosh miya po ‘stlog‘idagi nutq markazlari nutq jarayonini amalga oshirishda asosiy o’rinda turuvchi zonalar hisoblanadi. Hatto o'zgalar nutqini tushunish va gapirayotgan kishi o’z nutqini idrok qilishi ham bosh miya po’stlog’ining faoliyati bilan bog’liq. A.R. Luriya bosh miya shikastlanishi natijasida yuzaga keladigan nutqiy buzilishlarni uch blok asosida o'rganadi. Birinchisi gapirolmay qolish, ya'ni nutqning yo’qolishi, ikkinchisi eshitib saqlab qololmaslik va uchinchisi fikr yurita olmaslikdir. Ushbu ishda afaziya turlarini va ularga xos bo'lgan xususiyatlarni ko’rsatishda A.R. Luriya tasnifiga asoslanildi. Miya shikastlanishi nutqiy buzilishga olib kelar ekan, albatta, bu tilda namoyon bo’ladi.Sistemali nutq buzilishi hisoblangan afaziyaning til sathlarida namoyon bo’lish omillariga introlingvistik omillar kiradi. Afaziya holati tilning fonetik, leksik, semantik, morfologik va sintaktik sathlarida voqelanadi. Ishda keltirilgan misollardan ham ko’rish mumkinki, afaziyaga chalinganlarning nutqida tovushlarni almashtirib talaffuz qilish yoki umuman talaffuz qila olmaslik, so’zlarni, iboralarni ma’nosini farqlamaslik, bir guruhga mansub so’zlarni almashtirib qo’llash, gap tuzishda so’zlarni o’rniga qo’ya olmaslik va bir uslub o’rniga boshqa uslubni farqlamasdan ishlatish kabi kamchiliklar uchraydi. Afaziyaga chalinganlardagi bu kabi nutqiy buzilishlarni tilshunoslikka bog’liq holda o’rganish logopedik muammolarni hal etishda nazariy ahamiyat kasb etadi. Afaziyaga chalinganlarda kuzatuv o’tkazilganda, afaziya turiga qarab ularda har xil kamchiliklar uchragan. Afaziyaning tilda namoyon bo‘lishini ko’pgina olimlar o’rgangan va afaziyaga chalinganlar tovushlarni qo’llashda, so’zlarni qo’llash va ularning ma’nolarini ifodalashda, gaplar qurilishida xatoliklarga yo’l qo’yishini alohida ko’rsatib o’tgan. Sistemali nutq buzilishiga chalinganlar nutqida bundan tashqari uslubshunoslikka oid nutqiy buzilishlar ham uchraydi. Ushbu holatining til sathlarida namoyon bo’lishi psixolingvistika fanining logpsixologiya va tilshunoslik fanlari oralig’ida vujudga kelganligining yana bir isbotidir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1.O‘zbekiston «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni. 1997. 2.Ayupova M. Y. “Logopediya “ Toshkent–2019 3.Mо’minova L. R.-“Bolalarni logopedik tekshirish va о’qitish” Toshkent –1992. 4.Mо’minova L. R. ―”Logopediya” Toshkent–1994 y. 5.Mо’minova L. R. ― “Nutqi tо’liq rivojlanmagan bolalar nutqini rivojlantirishning korreksion pedogogik asoslari” Avtoreferat. 6.Mo‘minova L.R., Ayupova M.Yu. Logopediya -T, 1993 yil. 7.L.R. Mo'minova. Nutqida kamchiligi bor bolalarning psixologik-pedagogik diagnostikasi. - Т., 2012. 8.Z.Nishanova, G.Alimova. Bolalar psixologiyasi va uni o'qitish metodikasi, 2005. 9.Berdiyev G. Boshlang'ich sinflarda shaxslararo munosabatdagi kamchiliklar va ularni bartaraf etish. — Toshkent, 1995. 262 10.Abdurahmonov F., Davletshin M. Odamlar bilan qanday muloqotga kirishish va yondashish kerak. — Toshkent, 1996. 11.Adizova S. « O‘qituvchilarning shaxslararo munosabatlarini psixologik diagnostikasi va korreksion ishlari». — Т., 2002. 12.Berdiyev G. Shaxslararo munosabati va o'qituvchi. Xalq ta’limi jurnali, 5-son. — Toshkent, 1997. 13.Volkova L.S., Shaxovskaya S.N. Logopediya iz – vo. Vlados. M., 2002 yil. 14.Gulbeva G.G. Korreksiya narusheniya fonematicheskoy storonы rechi u doshkolnikov. Iz-vo. Soyuz. – M.,2001 yil. 15.Dadiovich. L.R Reznichenko T.S. Rebyonk ploxogovorit. Pochemu? Chto delat? Korreksionno pedagogicheskaya rabota s negovoryaщimi detmi. Iz-vo. GNOM i D M.,2001 yil. 16.Jukova N.S. Masyukova, T.B.Filicheva. preodoleniya obshego nedrazvitiya rechi u doshkolnikov. - M. Prosveshenie. 1990 yil. 17. Krauze E.N. Logopediya Izd-vo. Korone prinet. -M., 2003 yil. 18.Mikshina E.P. i dr. metodika formirovaniya i razvitiya ustnoy rechi. Izd-vo. Soyuz 2001 yil 19.Sazanova.S.N. Razvitiya rechi doshkolnikov s obshim nedorazvitiem rechi. Izd-vo. Akademiya. -M. 2003 yil. 20.Leonova M.A KrapivinaL.M .“Itoatkor shabada: Didaktik material nutq terapiyasi bo'yicha.” - M.,1999 y. 21.Musova I.“Logopedik iboralar.”- M :Tandem,1999. 22.V.I Svetova“Bolalar bilan nutq o'yinlari.’- M : Vlados,1994 y. 23.Strakovskaya V.L.Sog'lomlashtirish uchun 300 ta ochiq o'yin 1994. 24.Filicheva T.B.,Chirkina G.V.Maktabgacha yoshdagi bolalarda umumiy nutqning kam rivojlanganligini yo'q qilish - M.Vlados Download 45.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling