Лойиҳа матни 117824-(126644)
Download 284.25 Kb. Pdf ko'rish
|
Сурхон келажак лидерлари низом
3-bob. Klubga aʼzo bo‘lish tartibi
8. Klub aʼzoligiga davlat fuqarolik xizmatiga qiziqishi bor va kelajakda rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritish istagi bo‘lgan, yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘rganishga ehtiyoji bor, liderlik qobiliyatlariga ega, o‘qish va faoliyatda ijobiy yutuqlarga erishgan oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari hamda davlat organlari va tashkilotlaridagi 20-35 yoshdagi davlat fuqarolik xizmatchilari qabul qilinishi mumkin. 9. Klub aʼzoligiga qabul qilish tanlov orqali amalga oshiriladi va tanlov har yili bir marotaba eʼlon qilinadi. 10. Klub aʼzoligiga tanlov jarayonlarida har bir nomzod qoida tariqasida quyidagi to‘rt bosqichli sinovdan o‘tishi talab etiladi: 1-bosqich: nomzodning shaxsiga oid maʼlumotlarni shakllantirish. Bunda har bir nomzod belgilangan shakldagi maʼlumotlarni elektron so‘rovnomada to‘ldiradi; 2-bosqich: nomzodning bilimlarini baholash bo‘yicha test sinovlarini topshirish. Test e-qaror.gov.uz 02.08.2021 5 sinovlari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining maxsus elektron platformasida test topshiradi, testdan 56 va undan yuqori ball to‘plagan nomzodlar tanlovning keyingi bosqichiga o‘tkaziladi; 3-bosqich: nomzodning ijodiy va fikrlash salohiyatini baholash. Bunda nomzodlar “Xalqni sevadigan davlat xizmatchisi” mavzusida va/yoki shu mazmundagi boshqa mavzularda 250-350 so‘zdan iborat esse (insho) yozishi talab etiladi; 4-bosqich: nomzodning amaliy ko‘nikma va sifatlarini baholash. Bunda nomzodlar suhbat orqali assessmentdan o‘tkaziladi. Tanlovning 3- va 4-bosqichlaridagi har bir sinov natijalari 100 ballik mezonda baholanib, umumiy ball ko‘satkichi yuqori nomzodlar Klub aʼzoligiga qabul qilinadi. 11. Tanlov jarayonida nomzodlarni saralash va aʼzolikka qabul qilish viloyat hokimligining tashkiliy nazorat guruhi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Surxondaryo viloyat filiali, Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasi masʼul xodimlari, oliy taʼlim muassasalari professor o‘qituvchilari hamda manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat tarkibda tuzilgan tashkiliy guruh (keyingi o‘rinlarda – Tashkiliy guruh) tomonidan amalga oshiriladi. 12. Klub aʼzoligiga dastlabki qabul qilish kvotasi soni 50 nafarni tashkil etadi. Klub aʼzoligiga tashkil etiladigan kelgusidagi tanlovlar kvotasi Klubning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda Tashkiliy guruh tomonidan Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan kelishgan holda belgilanadi. Download 284.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling