Лойиҳа матни 117824-(126644)


Download 284.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana11.05.2023
Hajmi284.25 Kb.
#1452672
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Сурхон келажак лидерлари низом

e-qaror.gov.uz
02.08.2021
2
boshqaruv lavozimlarining zaxirasini shakllantirishda birinchi navbatda “Kelajak
liderlari” klubining yuqori natijalarga erishgan aʼzolar orasidan saralash amaliyotini joriy
etsin;
“Kelajak liderlari” klubi faoliyatini doimiy ravishda muvofiqlashtirib borsin va
uning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratib bersin.
4. Davlat boshqaruvi organlari viloyatdagi hududiy bo‘linmalari rahbarlari hamda
viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari “Kelajak liderlari” klubi aʼzoligiga qabul qilish
bo‘yicha tanlovlarni tashkil etish, Klub aʼzolarini o‘qitish, malakasini oshirish tadbirlarini
o‘tkazishda samarali hamkorlik choralarini ko‘rsin.
5. Viloyat hokimligi axborot xizmati (Z.To‘rayev), viloyat Аxborot va ommaviy
kommunikatsiyalarni rivojlantirish boshqarmasi (Ya.Xudoyqulov) viloyat
teleradiokompaniyasi (B.Mingboyev)ga “Kelajak liderlari” klubi faoliyati hamda
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasida joylarda amalga oshirilayotgan
tadbirlar to‘g‘risida tahliliy reportajlar, ko‘rsatuvlar, ijtimoiy roliklar tayyorlash hamda
bu borada erishilgan natijalarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.
6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining yoshlar siyosati,
ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari I.Saparov
zimmasiga yuklansin.
Сурхондарё вилояти ҳокими
Боболов Т. А.


e-qaror.gov.uz
02.08.2021
3
Сурхондарё вилоят ҳокимининг
2021 йил 31 июлдаги
76-8-0-Q/21-сон қарорига
1-илова
Surxondaryo viloyati “Kelajak liderlari” klubi to‘g‘risidagi
 Nizom
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Kelajak liderlari” klubini (keyingi o‘rinlarda – Klub) tashkil etish,
uning maqsad va vazifalari hamda ish faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
2. Klub o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston
Respublikasi yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlis palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezideni farmonlari, qarorlari va
farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Surxondaryo viloyat hokimi qarorlari hamda
mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
3. Klub o‘z faoliyatini Surxondaryo viloyati hududida jamoatchilik asosida amalga
oshiradi.
4. Klub o‘z faoliyati davomida o‘zining maxsus belgisi (logotip) va ko‘krak-nishoniga ega
bo‘lishi mumkin.

Download 284.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling