Lokal tarmoq texnologiyalari: Ethernet, Fast Ethernet. Tarmoq snifferlari yordamida paketlarni tahlil qilish
Download 163.52 Kb.
|
Lokal tarmoq texnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bo‘lim tarmoqlari
Lokal tarmoqlar tarmoqdagi hamma kompyuterlarda parallel hisoblash tizimini tashkil etishga imkon yaratadi. Ular yordamida murakkab texnologik tizimlarni yoki bir nechta kompyuterlarda bir vaqtda ilmiy izlanishlar qurilmasida ishlarni boshqarish ham mumkin.Biroq lokal tarmoqlar ba’zi kamchiliklarga ega, ularni doim esda tutish kerak. Uskunalar sotib olish va tarmoqli dasturli ta’minot, ulanuvchi kabellarni o‘tkazish va personalni o‘qitish qo‘shimcha moddiy xarajatlardan tashqari yana mutaxassis bo‘lishi kerak, u tarmoqni ishlashini nazorat qilib turadi, uni takomillashtiradi, resurslarga kirishni boshqaradi, bo‘lajak nosozliklarni to‘g‘rilaydi yani u tarmoq admi-nistratoridir. Tarmoqlar kompyuterlarni joyini o‘zgartirish, boshqa joyga o‘tkazish imkoniyatlarini chegaralab qo‘yadi, chunki bunda birlashtirilgan kabellarni qaytadan o‘tkazish kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, tarmoqlar kompyuter viruslarini tarqatishga ajoyib muxit hisoblanadi, shuning uchun kompyuterlardan avtonom foydala-nishga qaratadi himoyalash masalalarga ko‘proq etibor berishga to‘g‘ri keladi. Hech narsa bekorga kelmaydi.Tarmoqlarni klassifikatsiyalashdagi yana bir ommaviy usul ularni tarmoq ishlaydigan ishlab chiqarish bo‘linmalarining masshtabi bo‘yicha klassifikatsiyalashdir. Bo‘lim tarmoqlari, kampus tarmoqlari va korporativ tarmoqlar farqlanadi. Bo‘lim tarmoqlari — bir korxona bo‘limida ishlovchi xodimlarning nisbatan katta bo‘lmagan guruhi foydalanuvchi tarmoqlardir. Bu xodimlar ba’zi umumiy masalalarni yechadi, masalan, buxgalteriya hisobini olib boradi yoki marketing bilan shug‘ullanadi. Bo‘limdagi xodimlar soni 100-150 nafarcha bo‘ladi, deb hisoblanadi. Bo‘lim tarmog‘ining asosiy maqsadi ilovalar, ma’lumotlar, lazer printerlari va modemlar kabi lokal resurslarni taqsimlashdir. Odatda, bo‘lim tarmoqlari bir yoki ikkita faylli serverga va o‘ttizdan oshmagan foydalanuvchilarga. Bo‘lim tarmoqlari, odatda, qism tarmoqlariga ajratilmaydi. Bu tarmoqda korxona trafigining katta qismi yig‘ilgan bo‘ladi. Bo‘lim tarmoqlari, odatda, Ethernet, Token Ring tarmoq texnologiyalarining biri asosida yaratiladi. Bunday tarmoq uchun bir yoki ko‘pida ikki xil operatsion sistemalar xarakterlidir. Ko‘pincha bu tarmoqda server ishlatilgan, masalan, Net Ware, ammo foydalanuvchilarning ko‘p bo‘lmaganligi bir rangli operatsion sistemani, masalan, Windows 95 ni ishlatish imkonini beradi. Bo‘lim sathida tarmoqni boshqarish masalalari nisbatan sodda: yangi foydalanuvchilarni qo‘shish, oddiy buzilishlarni bartaraf etish, yangi uzellarning installatsiyasi va programma ta’minotining yangi versiyalarini o‘rnatish. Bunday tarmoqni ma’muriyat ishlariga faqat qisman vaqtini bag‘ishlovchi xodim boshqarishi mumkin. Ko‘pincha bo‘lim tarmog‘i ma’muri maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lmaydi, ammo kompyuterlarni hammadan yaxshi tushunadigan xodim hisoblanadi. Bo‘lim tarmog‘iga yaqin yana bir tarmoq mavjud — ishchi guruhlar tarmog‘i. Bunga 10-20 nafargacha kompyuteri bo‘lgan kichik tarmoqlar kiradi. Ishchi guruhlar tarmoqlarining xarakteristikalari yuqorida keltirilgan bo‘lim tarmoqlari xarakteristikalaridan farq qilmaydi. Tarmoq soddaligi va bir jinsliligi kabi xususiyatlar bu tarmoqlarda yuqori darajada namoyon bo‘ladi. Bo‘lim tarmoqlari ba’zi hollarda masshtabi bo‘yicha keyingi xil tarmoqlarga — kampus tarmoqlariga yaqinlashishi mumkin. Download 163.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling