Har bir aloqa liniyasida, yulduz holatiga o‘xshab, faqat bitta (peredatchik) uzatuvchi va bitta (priyomnik) qabul qiluvchi ishlaydi. Bu tashqi terminallarni qo‘llashdan ozod qiladi. Halqani muhim xususiyati shundaki, har bir kompyuter unga keladigan signalni tiklaydi, yani repiter rolini o‘ynaydi, shuning uchun halqaning hamma joyida signalni so‘nishi hech qanday ahamiyati yo‘q, muhimi faqat halqaning qo‘shni kompyuterlar orasidagi so‘nishidir. Bu holatda аniq ajratilgan markaz yo‘q, hamma kompyuterlar bir xil bo‘lishi mumkin. Ammo, ko‘pincha halqada maxsus abonent ajratiladi, u almashuvni boshqaradi yoki nazorat qiladi. Tushunarliki, bunday boshqaradigan abonentni borligi tarmoq ishonchliligini pasaytiradi, chunki uning ishdan chiqishi tezda barcha almashuvni falaj qilib qo‘yadi. “Lokal tarmoqlar” (LAN, local area network) deganda aynan shunday tarmoqlarni tushiniladiki, u o‘lchamlari katta bo‘lmagan bir-biriga yaqin joylashgan bir nechta kompyuterlarni birlashtiradi.Xozirgi vaqtda lokal tarmoqlar juda keng tarqalgan. Bunga sabab axborot xajmining 80—90 % i o‘sha tarmoq ichida aylanishi kuzatiladi. Lokal tarmoqdagi kompyuterlar orasidagi ma'lumot almashuvi yuqori tezlikka ega, chunki ular yagona axborot uzatish kanali bilan bog‘langan bo‘ladi. Lokal tarmoqda exmlar orasidagi masofa uncha katta emas - 10 km gacha, radio kanal aloqasidan foydalanilsa - 22,5 km. Lokal tarmoqlarda kanallar tashkilot mulki xisoblanadi va bu ulardan foydalanishni osonlashtiradi Shunday qilib, lokal tarmoqlarning farq qiluvchi belgilari quyidagicha: · uzatishning yuqori tezligi, katta o‘tkazuvchanlik imkoniyati; · uzatishning xato darajasi pastligi (yoki, yuqori sifatli aloqa kanallari). Ma’lumotlar uzatish qo‘yiladigan ehtimolli xatosi 10~7–10~8 bo‘lishi kerak; · effektli, tezlik bilan almashuvni boshqarish mexanizmi. · Chegaralangan, tarmoqga ulanadigan aniq ma’lum bo‘lgan kompyuterlar soni. Lokal tarmoqlar tarmoqdagi hamma kompyuterlarda parallel hisoblash tizimini tashkil etishga imkon yaratadi. Ular yordamida murakkab texnologik tizimlarni yoki bir nechta kompyuterlarda bir vaqtda ilmiy izlanishlar qurilmasida ishlarni boshqarish ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |