Lokal tarmoq texnologiyalari: Ethernet, Fast Ethernet. Tarmoq snifferlari yordamida paketlarni tahlil qilish


Internet telekonferensiyalarni qo‘llash


Download 163.52 Kb.
bet18/18
Sana17.06.2023
Hajmi163.52 Kb.
#1535092
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Lokal tarmoq texnologiyasi

Internet telekonferensiyalarni qo‘llash.
Telekonferentsiya - ingl: teleconference, rus: telekonferentsiya.
1 Texnik vositalar yordamida, hududiy tarqoq ishtirokchilar orasida guruhiy kommunikatsiyani amalga oshirish turi. Misollar: telefonli konferentsiya, audiokonferentsiya, chat, elektron e’lonlar taxtasi, pochta konferentsiyasi, videokonferentsiya va sh.o’.
2 Uzoqdagi foydalanuvchilar guruhlari orasida munozara o’tkazish usuli. Telekonferentsiya foydalanuvchilarning o’zaro ishlashini ta’minlovchi texnik- dasturiy muhit asosida amalga oshiriladi. Telekonferentsiya o’tkazish uchun, ularning har biri tarmoqqa ulangan shaxsiy kompьyuterdan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.
Telekonferentsiyalar ikki turga bo’linadi:
Haqiqiy vaqtdagi telekonferentsiyada uning barcha ishtirokchilari bir vaqtning o’zida shaxsiy kompьyuterlari oldida o’tirib, hamkorlarga matn va tasvirlarni ko’rsatish hamda tovushli muloqot olib borish, fayllarni va xabarlarni jo’natishni boshqarish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Telekonferentsiyalarning ikkinchi turi hujjatlarni ko’rib chiqish rejimida amalga oshiriladi. Bunda, muhokama bo’layotgan axborotni o’z ichiga olgan faylni yaratayotgan, ma’lumotlar bazalaridan biri ishlatiladi.
Xulosa.
Hozirgi kunda har bir tashkilot, o'quv muassasasi, firma va ishlab chiqarishning barcha sohalarida rahbar va xodimlar faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida boshqaruv jarayonlarini ma'lum darajada avtomatlashtirishga oid muammolarni yechish bilan shug'ullanadi. Bunda ular maxsus firmalarning mutaxassislari bilan uchrashadi, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishadi, ular ishlab chiqaradigan mahsulotlarni ko'radi va pirovardida o'zida avtomatlashtirish uchun kerak bo'ladigan texnik jihozlarni xarid qiladi. Albatta, tashkilotlarga o'rnatilgan avtomatlashtirish jihozlari yildanyilga yangilanib, texnik jihatdan takomillashtirib boriladi.
XX asrning so'nggi o'n yili mobaynida axborotlar bilan ishlash va axborotlashtirish juda rivojlandi. Bunga sabab shundaki, kundalik turmushda axborotlar, ularni qayta ishlash va uzatishning ahamiyati ortib bormoqda. Bu esa, o'z navbatida jamiyatning har bir a'zosidan axborotlashtirish va axborot texnologiyalari sirlarini, uning qoida va qonuniyatlarini mukammal bilishni taqozo etadi.
Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so'ng, axborotlashti­rish va axborot texnologiyalaridan foydalanish yo'nalishida katta tadbirlar amalga oshirildi. Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan «Ta'lim to'g'risida»gi Qonunda bu dasturning tub mohiyati bayon etilgan. Shuningdek, so'nggi 5—6 yil ichida bu sohada qabul qilingan qator hujjatlar axborotlashgan jamiyatni qurish eng oliy insoniy orzuniyatga aylanganligidan dalolat beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1) M.M. Musayev, A. A. Qahhorov, M.M. Karimov «Kompyuter tarmoqlarini yig‘sh» T– 2006.
2) I. S. G‘aniyev, A. A. G‘aniyev «EHM va tarmoqlari» T. 2008.
3) B. L. Broydo «Ofis texnikasi» - Toshkent «Mehnat» -2001y.

 

 

 


Download 163.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling