Lokomotivlarning turlari Tayyorladi:Jòrayeva Munisa
QAYTA TOPSHIRISH
Reja: - Lokomotiv – poyezdlarni temir yo‘llar orqali harakatlanishini ta’minlash uchun relsli yo‘lda harakatlantiruvchi kuch (tortish kuchi) ni hosil qilishga mo‘ljallangan harakatlanuvchi temir yo‘l transporti mashinasidir. Lokomotiv tushunchasi baynalminal tushuncha bo‘lib, ingliz tilidan olingan. “Locomotion” inglizchadan “harakatlanish” yoki “siljish” ma’nosini anglatadi. Temir yo‘llar rivojlanib, paravozlar soni va turi ortib borishi bilan ular “locomotive engine” – harakatlanuvchi mashina deb atala boshladi, keyinchalik esa lokomotiv so‘zi ishlatildi.
- XX asrning birinchi yarmida lokomotivlarning yangi, samarali turlari – teplovozlar va elektrovozlar – ishlab chiqildi. Dizel energetik qurilmali lokomotiv – teplovozni yaratish R.Dizel boshchiligidagi nemis va shveysariya mashinasozlik firmalari (1910-1913 yillar) tomonidan boshlandi, biroq ishlar unchalik samarali bo‘lmadi.
-
- Elektr tortuv o‘tgan asr boshlarida dastlab shahar elektr transportida (tramvaylar) qo‘llanila boshlandi. Elektrovozlarni qurish va foydalanish esa 1930-yillarda boshlangan. Hozirgi kunda bitta seksiyaga to‘g‘ri keluvchi quvvat teplovozlarda 4700 kVtga (dastlabki teplovozlarda 700-900 kVt), elektrovozlarda esa 9600 kVtgacha (dastlabki elektrovozlarda 1800 kVt) etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |