Lokomotivlarning turlari, tuzilishi va ishlashi


Download 18.54 Kb.
bet1/2
Sana08.03.2023
Hajmi18.54 Kb.
#1251747
  1   2

LOKOMOTIVLARNING TURLARI, TUZILISHI VA ISHLASHI
Reja:

1. Lokomotivlarning turlari


2. Lokomotivlar tuzilishi va ishlash prinsipi
3. Hozirgi kundagi lokomotivsozlik

Lokomotivlar turlari
Lokomotiv – poyezdlarni temir yo‘llar orqali harakatlanishini ta’minlash uchun relsli yo‘lda harakatlantiruvchi kuch (tortish kuchi) ni hosil qilishga mo‘ljallangan harakatlanuvchi temir yo‘l transporti mashinasidir. Lokomotiv tushunchasi baynalminal tushuncha bo‘lib, ingliz tilidan olingan. “Locomotion” inglizchadan “harakatlanish” yoki “siljish” ma’nosini anglatadi. Temir yo‘llar rivojlanib, paravozlar soni va turi ortib borishi bilan ular “locomotive engine” – harakatlanuvchi mashina deb atala boshladi, keyinchalik esa lokomotiv so‘zi ishlatildi.
Magistral lokomotivlarning mexanik qismlari parovozlarning mexanik qismlari asosida loyihalashtirilgan va yaratilgan. Shu sababli magistral lokomotivlar mexanik qismlarining dastlabki sxemalari va konstruksiyalari parovozlardagi kabi bo‘lgan.
Quvvatlarning ortishi va konstruksiyaning takomillashuvi paravozlarning o‘lchami va og‘irligini ortishiga olib kelgan. Shu bilan birga paravozlarning eng katta kamchiligi energiya samaradorligining pastligi – foydali ish koeffitsientining 5-7% ligi – XX asr ilm, fan, texnika taraqqiyoti talablariga javob bermas edi.XX asrning birinchi yarmida lokomotivlarning yangi, samarali turlari – teplovozlar va elektrovozlar – ishlab chiqildi. Dizel energetik qurilmali lokomotiv – teplovozni yaratish R.Dizel boshchiligidagi nemis va shveysariya mashinasozlik firmalari (1910-1913 yillar) tomonidan boshlandi, biroq ishlar unchalik samarali bo‘lmadi.
Dastlabki teplovozlar 1924-yilda Yu. Lomonosov va Ya. Gakkel tomonidan taklif etildi. Teplovozlarni yalpi ishlab chiqarish 1930-yillarda boshlandi va 1950-yillarga kelib parovozlardan teplovozlarga to‘liq o‘tish imkoniyati yaratildi.Elektr tortuv o‘tgan asr boshlarida dastlab shahar elektr transportida (tramvaylar) qo‘llanila boshlandi. Elektrovozlarni qurish va foydalanish esa 1930-yillarda boshlangan. Hozirgi kunda bitta seksiyaga to‘g‘ri keluvchi quvvat teplovozlarda 4700 kVtga (dastlabki teplovozlarda 700-900 kVt), elektrovozlarda esa 9600 kVtgacha (dastlabki elektrovozlarda 1800 kVt) etdi.
Xususiy yuritma rivojlanishi bunday sxemalardan voz kechib, ramali sxemalardan aravachali sxemalarga o‘tish imkonini yaratdi: avval tortuv uskunalari aravachalarga o‘rnatilgan, bo‘g‘imlangan turdagi, keyinchalik esa mustaqil aravachalar qo‘llana boshladi. Hozirgi kunda lokomotivlar quyidagi ilmiy konsepsiyani hisobga olgan holda loyihalashtirilmoqda: lokomotivlar emas, balki turli o‘qlar soniga ega o‘zi yurar tortuv birliklari (seksiyalar) ishlab chiqilmoqda va foydalanilmoqda, ular istalgan ko‘rinishda lokomotiv sifatida birlashtirilishi mumkin. To‘rt o‘qli va olti o‘qli seksiyalar mavjud (1-rasm). Bunday seksiyalarning komponovka asosini tortuv moduli tashkil etadi. Uning tarkibiga motorlar o‘rnatilgan ikki o‘qli aravacha va aravachani tortuv birligi sifatida ishilashini ta’minlovchi barcha jihozlar, jumladan, kuch elektr jihozlari bloki (VIP) va uni boshqarish qurilmalari, himoya, sovitish, diagnostika va boshqa tizimlar kiradi Seksiyada bunday modullardan ikki yoki uchta bo‘lishi mumkin. Barcha modullarning elementlari bir xil bo‘lganligi uchun ular o‘zaro almashuvchan. Tortuv birliklari sifatida seksiyalar asosini tashkil etuvchi tortuv modullaridan tashqari har bir seksiya tarkibiga uni o‘zi yurar birlik sifatida ishlashini ta’minlovchi jihozlar kiradi – tok qabul qilish tizimi, mexanik tormozlash tizimi, umumiy himoya qurilmalari. Nihoyat har bir seksiyada kabina va istalgan miqdordagi tortuv modullari uchun hisoblangan boshqarish qurilmalari va jihozlari kompleksi bo‘lishi lozim. Foydalanish jarayonida yediriladigan, ta’mirlash yoki almashtirilashi talab etiladigan uzel va detallar barcha lokomotivlarda bir hil bo‘lishi kerak. Foydalanish muddati davomida yedirilmaydigan va shu sababli ta’mirlanishi yoki almashtirilishi talab etilmaydigan kuzovlargina turlicha bo‘lishi mumkinTemiryo‘l transportining harakat qiluvchi tarkibi ko‘pincha bosh harflar bilan yuritilgan, oxirgi belgilari qancha o‘qli va qanday elektr tokda ishlashini bildiradi. Masalan, Bir fazali o‘zgaruvchan elektr tokda ishlaydigan elektrovozlar

  • to‘rt o‘qli elektrovozlar BЛ40 dan to BЛ59 gacha;

  • olti o‘qli BЛ60 dan to BЛ79 gacha,

  • sakkiz o‘qli BЛ80 dan to BЛ99 gacha belgilanadi.

Bir fazali o‘zgarmas tokda ishlaydigan elektrovozlar

  • BЛ19 dan to BЛ39 gacha;

  • BЛ8 dan to BЛ18 gacha belgilanadi.


Download 18.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling