Lot abstractio ajratish, mavhumlash 1 butunning tomoni


Download 117.43 Kb.
Pdf ko'rish
Sana10.06.2020
Hajmi117.43 Kb.
#116611
Bog'liq
Abstraksiya - Vikipediya


Abstraksiya

Abstraksiya (lot. abstractio – ajratish,

mavhumlash) – 1) butunning tomoni,

momenti, bo‘lagi, fragmenti, rivojlana

olmagan, bir tomonlama, fragmentar

(abstrakt) narsa; 2) bi-lishda ob’ektiv

reallikdagi predmet, hodisalarning

ikkinchi darajali, uncha muhim

bo‘lmagan ayrim xususiyatlari-dan

xayolan uzoqlashtiruvchi va shu

asosda ularning eng muhim, asosiy



tomonlarini bo‘rttirib ko‘rsatuvchi

fikriy mo-del. Narsa va hodisalarning

konkret to-mon, belgilaridan

uzoqlashish va muhim jihat, belgilarini

ajratish jarayoni abstraksiyalash

(mavhumlashtirish), shu jarayonning

natijasi, yakuni, xulosasi esa A.

deyiladi. A. bilishda tushun-cha,

kategoriya shaklida namoyon bo‘ladi.

Mavhumlashtirish asosan

tafakko‘rning muhim xususiyati

hisoblansada, lekin tasavvurda ham

abstraksiyaning ayrim elementlarini

uchratish mumkin. Ab-straksiyalash

jarayonida turli katego-riyalar, qonun,

qonuniyat, sababiyat kabi mavhum



tushunchalar vujudga kelib, bu

1tushuncha va kategoriyalar olamni

bilishning muhim yakunlarini,

natijalarini qurollarini tashkil etadi.

Olamni o‘rganishda, hodisalarning

mohiyatini ochishda, ular haqida

to‘g‘ri xulosalar chiqarishda A. ning

ahamiyati katta. Ab-straksiyalash

miyaning sof ichki mahsuli emas, u

reallikdagi hodisalar xususi-yatini u

yoki bu tarzda aks ettirishning

hosilasidir. Reallikdagi har bir pred-

met bevosita yoki bilvosita boshqa

pred-met bilan bog‘liq va u bilan birga

qandaydir umumiylikka ega. Shuning

uchun har bir predmetning faqat



o‘ziga xos hislatlari bilan birga

umumiy tomonlari ham borki, bular

shu predmetning ma’lum tartibga,

qandaydir umumiy qrnuniyatga

bo‘ysunishini ko‘rsatadi. Shu umumiy

to-monlarda bir turdagi qator

predmetlarning hammasiga xos

bo‘lgan xususiyatlar ifodalanadi, buni

faqat predmetning ayrim tomonlarini

mavhumlashtirish, ulardan

uzoqlashib, umumiy tomonlarini

aniqlabgina bilish mumkin. A.

jarayonida real predmetlardan ajralib

qolish hodisalari ham ko‘p uchraydi,

bun-da u asosli xulosalarga emas,

balki xato natijalarga, quruq formula,



sxemalarga olib keladi. A. ilm-fan,

san’at uchun reallikni to‘g‘ri va chuqur,

har tomonla-ma bilish quroli bo‘lib

xizmat qiladi. Falsafa A. va

abstraksiyalashning mohiyati,

mazmuni, tabiati, ahamiyatini eng

umumiy shaklda yoritib beradi. Aning

turli xususiy tomonlari mantiq,

psixologiyada ham tahlil etiladi. A.

dialektika doirasida talqin etilganda,

"konkretlikdan abstraktlikka o‘tish" va

"abstraktlikdan konkretlikka o‘tish"

degan dialektik bilish usullari asoslab

beriladi.

[1]

Manbalar


1. "Abstraksiya" OʻzME. A-harfi

Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Ushbu maqola chaladir. Siz uni

boyitib, Vikipediyaga yordam

berishingiz mumkin. 

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.



Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi

(2000-2005) maʼlumotlaridan

foydalanilgan.

  Last edited 2 years ago by PlanespotterA320  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi

koʻrsatilmagan boʻlsa).

"

https://uz.wikipedia.org/w/in



dex.php?

title=Abstraksiya&oldid=201346



8

" dan olindi 



Download 117.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling