Lot abstractio ajratish, mavhumlash 1 butunning tomoni
Download 117.43 Kb. Pdf ko'rish
|
Abstraksiya - Vikipediya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Last edited 2 years ago by PlanespotterA320
Abstraksiya Abstraksiya (lot. abstractio – ajratish, mavhumlash) – 1) butunning tomoni, momenti, bo‘lagi, fragmenti, rivojlana olmagan, bir tomonlama, fragmentar (abstrakt) narsa; 2) bi-lishda ob’ektiv reallikdagi predmet, hodisalarning ikkinchi darajali, uncha muhim bo‘lmagan ayrim xususiyatlari-dan xayolan uzoqlashtiruvchi va shu asosda ularning eng muhim, asosiy tomonlarini bo‘rttirib ko‘rsatuvchi fikriy mo-del. Narsa va hodisalarning konkret to-mon, belgilaridan uzoqlashish va muhim jihat, belgilarini ajratish jarayoni abstraksiyalash (mavhumlashtirish), shu jarayonning natijasi, yakuni, xulosasi esa A. deyiladi. A. bilishda tushun-cha, kategoriya shaklida namoyon bo‘ladi. Mavhumlashtirish asosan tafakko‘rning muhim xususiyati hisoblansada, lekin tasavvurda ham abstraksiyaning ayrim elementlarini uchratish mumkin. Ab-straksiyalash jarayonida turli katego-riyalar, qonun, qonuniyat, sababiyat kabi mavhum tushunchalar vujudga kelib, bu 1tushuncha va kategoriyalar olamni bilishning muhim yakunlarini, natijalarini qurollarini tashkil etadi. Olamni o‘rganishda, hodisalarning mohiyatini ochishda, ular haqida to‘g‘ri xulosalar chiqarishda A. ning ahamiyati katta. Ab-straksiyalash miyaning sof ichki mahsuli emas, u reallikdagi hodisalar xususi-yatini u yoki bu tarzda aks ettirishning hosilasidir. Reallikdagi har bir pred- met bevosita yoki bilvosita boshqa pred-met bilan bog‘liq va u bilan birga qandaydir umumiylikka ega. Shuning uchun har bir predmetning faqat o‘ziga xos hislatlari bilan birga umumiy tomonlari ham borki, bular shu predmetning ma’lum tartibga, qandaydir umumiy qrnuniyatga bo‘ysunishini ko‘rsatadi. Shu umumiy to-monlarda bir turdagi qator predmetlarning hammasiga xos bo‘lgan xususiyatlar ifodalanadi, buni faqat predmetning ayrim tomonlarini mavhumlashtirish, ulardan uzoqlashib, umumiy tomonlarini aniqlabgina bilish mumkin. A. jarayonida real predmetlardan ajralib qolish hodisalari ham ko‘p uchraydi, bun-da u asosli xulosalarga emas, balki xato natijalarga, quruq formula, sxemalarga olib keladi. A. ilm-fan, san’at uchun reallikni to‘g‘ri va chuqur, har tomonla-ma bilish quroli bo‘lib xizmat qiladi. Falsafa A. va abstraksiyalashning mohiyati, mazmuni, tabiati, ahamiyatini eng umumiy shaklda yoritib beradi. Aning turli xususiy tomonlari mantiq, psixologiyada ham tahlil etiladi. A. dialektika doirasida talqin etilganda, "konkretlikdan abstraktlikka o‘tish" va "abstraktlikdan konkretlikka o‘tish" degan dialektik bilish usullari asoslab beriladi. [1] Manbalar
1. "Abstraksiya" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. Last edited 2 years ago by PlanespotterA320 Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). " https://uz.wikipedia.org/w/in dex.php? title=Abstraksiya&oldid=201346 8 " dan olindi Download 117.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling