Lot advocatus, advocare yordamga chaqirish yuridik yordam koʻrsatuvchi shaxs
Download 14.17 Kb.
|
chontak advokati
Advokat (lot. advocatus, advocare – yordamga chaqirish) – yuridik yordam koʻrsatuvchi shaxs. Jinoyat ishlari boʻyicha surishtiruv, tergov harakatlari yuritil-ganda va sud majlisida, fuqaroviy ishlar sudda, xoʻjalik nizolari xoʻjalik sudlarida yoki ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar sudya yoxud vakolatli organlar (mansabdor shaxslar) tomoni-dan koʻrilganda ishtirok etadi, qonunda belgilangan vakolatga boʻladi. Hozirgi tartibga ko‘ra, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud himoyachi tayinlash to‘g‘risida so‘rov yuborganda (qog‘ozda), Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan belgilanadigan advokatlik tuzilmasi rahbari 4 soatdan kechiktirmay jinoyat ishi bo‘yicha himoyachining ishtirokini ta'minlaydi. Ya'ni mana shu joyda inson faktori muhim rol o‘ynaydi. Tergovchi qaysi advokatni xohlasa, o‘shani chaqirib olish imkoniyati bor. Advokatlar palatasi qaysi advokatlik tuzilmasini tanlashni, advokatlik tuzilmasi rahbari esa qaysi advokatni «dejurka»ga yuborishni o‘zi belgilaydi. CHontak advokati bu o‘z himoyasi ostidagi shaxslarning taqdiriga mutlaqo qiziqmaydigan, ularni himoya qilish uchun zig‘ircha harakat ham qilib qo‘ymaydigan, asosiysi tergovchi ko‘rsatgan joyga imzo qo‘yishdan nariga o‘tmaydigan qo‘shtirnoq ichidagi «advokatlar» misoli jamiyatdagi adolat tizimini kemirib yotgan kemiruvchilardir. Ular advokatura institutiga nisbatan xalq orasida ishonchsizlik keltirib chiqaradi va eng asosiysi halol hamda o‘z kasbining fidoyisi bo‘lgan boshqa advokatlarni isnodga qo‘yadi. Download 14.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling