Lot conceptio majmua, tizim 1 biror sohaga oid qarashlar


Download 56.22 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.01.2022
Hajmi56.22 Kb.
#224192
Bog'liq
Konsepsiya - Vikipediya



Konsepsiya

Konsepsiya (lot. conceptio — majmua,

tizim) — 1) biror sohaga oid qarashlar,

tamoyillar tizimi, fakt va hodisalarni

tushunish, anglash va izohlashning

muayyan usuli, asosiy nuqtai nazar;

2)adabiyotda — biror asarning asosiy

gʻoyasi. K. badiiy asar mohiyatini,

ijodkorning "meni"ni ifoda etadi. Biroq

badiiy asar K.si ayrim holatlarda

muallifning subʼyektiv qarashlaridan keng

qamrovli bulishi mumkin. Baʼzan muallif

moʻljaliga zid holat yuz bersa ham,




mohiyat eʼtibori bilan asar oʻz K.siga koʻra

muallifning badiiy-estetik olamiga

tegishli boʻladi. Oʻquvchining maʼnaviy-

ruhiy saviyasi, tarixiy shart-sharoitdan

kelib chiqqan holda badiiy asar K.si

alohida taʼkidlanib, ochiq-oydin ifoda

etiladi. Inson va borliq mohiyatiga koʻra,

K. bir butunlikni tashkil etadi. Masalani

muayyan ijodkorning oʻz K.si yoki alohida

olingan haqiqiy sanʼat asarining K.si

tarzida qoʻyish ham mumkin. Boshqa

jihatdan, badiiy asar K.si unda

tasvirlangan badiiy-estetik, obrazli dunyo

orqali hayotni anglash mexanizmi — usuli

boʻlib ham maydonga chiqadi. Umuman,

K. badiiy asarning sanʼat, adabiyot va

madaniyat tarixidagi oʻrnini hamda



oʻquvchilar ommasiga taʼsir etish

darajasini belgilaydi. 

[1]

1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-



yil

Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,

Vikipediyaga yordam berishingiz

mumkin.

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.



Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga

ishorat yoʻq.

Siz ularni topib va ushbu maqolaga

qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz

mumkin.

Manbalar



  Soʻnggi tahrir 3 yillar avval 213.230.79.177 tomonidan amalga oshirildi  

Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

"

https://uz.wikipedia.org/w/inde



x.php?

title=Konsepsiya&oldid=1968966

dan olindi 




Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan



boʻlsa).

Download 56.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling