Lot radicula ildizcha orqa miyaning nerv ildizlari va ulardan
Download 95.8 Kb. Pdf ko'rish
|
Radikulit - Vikipediya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klinik manzarasi.
Sabablari. Eng asosiy sabablaridan biri
shu joyda kuzatiladigan osteoxondroz, ya’ni birlamchi umurtqa pog‘onasidagi o‘zgarishlar.Yelka kamari va qo‘llardagi og‘riq alomatlari (braxialgiya bilan pleksitlar)ning ko‘pchiligi umurtqalar orasidagi disklarda yuzaga kelgan Bo‘yin radikuliti o‘zgarishlarga bog‘liqdir. Bo‘yin bo‘limidagi umurtqalararo disklarning zararlanishi natijasida shu bo‘g‘imlarda suyak o‘simtalari paydo bo‘ladi. Bu o‘simtalar umurtqalar orasidan orqa miya nervlarining ildizlari o‘tadigan teshiklarni toraytirib qo‘yadi. Bo‘yin bo‘limidagi orqa miya nerv ildizlarining zararlanishi asosan 40 yoshdan oshgan odamlarda, ko‘proq erkaklarda uchraydi. Bo‘yin radikuliti bilan og‘rigan bemorlar ish vaqtida bo‘yin mushaklarini taranglashtiruvchi, boshni engashtirib va burib, qo‘llari bilan bir xilda harakat qiladigan odamlarda ko‘proq uchraydi (suvoqchilar, bo‘yoqchilar to‘quvchilar va boshq.). Klinik manzarasi. Bemorlar bo‘yin va qo‘l sohasi og‘rib turishidan shikoyat qiladi. Ko‘pincha boshini majburan bir tomonga yoki oldinga engashtirib turadilar. Bemorni tekshirganda og‘riq bo‘yin qismida bo‘ladi. Paypaslab ko‘rilganda og‘riq paravertebral nuqtalarda kuzatiladi. Agar og‘riq qo‘lga o‘tsa, u vaqtda yana og‘riq o‘mrov usti hamda ostida, qo‘ltiq tagida bo‘ladi. Bo‘yin radikulitida qo‘lda, bilak va yelka mushaklarida gipotoniya, atrofiya kuzatiladi. Qo‘ldagi bilakni yozuvchi va bukuvchi suyak usti reflekslari pasayadi yoki yo‘qoladi. Sezgi bo‘yin segmentlari sohasida va qo‘lda yo‘qoladi (gipesteziya). Umurtqa pog‘onasini rentgenogrammasida umurtqa tanalarining chetlarida suyak o‘simtalari borligi ma’lum bo‘ladi. Umurtqa pog‘onasi ko‘krak bo‘limida orqa miya nerv ildizlarini zararlanishida og‘riq ko‘krak sohasidagi umurtqalarda hamda ko‘krak qafasida bo‘ladi. Agar og‘riq ko‘krak qafasining chap tomonida bo‘lsa, unda klinik jihatdan biroz qiyin bo‘ladi. Chunki bemorda hamma vaqt yurak kasalligini inkor etishimiz kerak. Ko‘krakdagi og‘riq va uning chap qo‘lga berilishi ko‘pincha radikulitga o‘xshaydi. Bu, aksincha, stenokardiya va infarkt miokardda ham kuzatilishi mumkin. Ko‘krak radikuliti Shuning uchun bunday bemorlarni dastlab, albatta, yuragini tekshirishdan o‘tkazish zarur. Ko‘krakning yuqori qismi mushaklarining ko‘p qismini bo‘yindagi nerv ildizlari ta’minlaydi, shuning uchun qattiq og‘riq bo‘lmaydi. Juda ko‘p kasalliklarda — sil spondiliti, aortalar anevrizmi, Bexterev kasalligi, orqa miya o‘smalari va stenokardiyada umurtqa pog‘onasining ko‘krak bo‘limida og‘riq paydo bo‘lishi mumkin. Agar yurak sohasida o‘zgarishlar bo‘lmasa, unda ko‘krak radikuliti deb davolashimiz mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling