Lot radicula ildizcha orqa miyaning nerv ildizlari va ulardan


Download 95.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana04.02.2023
Hajmi95.8 Kb.
#1164677
1   2   3
Bog'liq
Radikulit - Vikipediya

Sabablari. Eng asosiy sabablaridan biri
shu joyda kuzatiladigan osteoxondroz,
ya’ni birlamchi umurtqa pog‘onasidagi
o‘zgarishlar.Yelka kamari va qo‘llardagi
og‘riq alomatlari (braxialgiya bilan
pleksitlar)ning ko‘pchiligi umurtqalar
orasidagi disklarda yuzaga kelgan
Bo‘yin radikuliti


o‘zgarishlarga bog‘liqdir. Bo‘yin
bo‘limidagi umurtqalararo disklarning
zararlanishi natijasida shu bo‘g‘imlarda
suyak o‘simtalari paydo bo‘ladi. Bu
o‘simtalar umurtqalar orasidan orqa miya
nervlarining ildizlari o‘tadigan teshiklarni
toraytirib qo‘yadi. Bo‘yin bo‘limidagi orqa
miya nerv ildizlarining zararlanishi asosan
40 yoshdan oshgan odamlarda, ko‘proq
erkaklarda uchraydi. Bo‘yin radikuliti bilan
og‘rigan bemorlar ish vaqtida bo‘yin
mushaklarini taranglashtiruvchi, boshni
engashtirib va burib, qo‘llari bilan bir xilda
harakat qiladigan odamlarda ko‘proq
uchraydi (suvoqchilar, bo‘yoqchilar
to‘quvchilar va boshq.).


Klinik manzarasi. Bemorlar bo‘yin va qo‘l
sohasi og‘rib turishidan shikoyat qiladi.
Ko‘pincha boshini majburan bir tomonga
yoki oldinga engashtirib turadilar.
Bemorni tekshirganda og‘riq bo‘yin
qismida bo‘ladi. Paypaslab ko‘rilganda
og‘riq paravertebral nuqtalarda
kuzatiladi. Agar og‘riq qo‘lga o‘tsa, u
vaqtda yana og‘riq o‘mrov usti hamda
ostida, qo‘ltiq tagida bo‘ladi. Bo‘yin
radikulitida qo‘lda, bilak va yelka
mushaklarida gipotoniya, atrofiya
kuzatiladi. Qo‘ldagi bilakni yozuvchi va
bukuvchi suyak usti reflekslari pasayadi
yoki yo‘qoladi. Sezgi bo‘yin segmentlari
sohasida va qo‘lda yo‘qoladi
(gipesteziya). Umurtqa pog‘onasini


rentgenogrammasida umurtqa
tanalarining chetlarida suyak o‘simtalari
borligi ma’lum bo‘ladi.
Umurtqa pog‘onasi ko‘krak bo‘limida orqa
miya nerv ildizlarini zararlanishida og‘riq
ko‘krak sohasidagi umurtqalarda hamda
ko‘krak qafasida bo‘ladi. Agar og‘riq
ko‘krak qafasining chap tomonida bo‘lsa,
unda klinik jihatdan biroz qiyin bo‘ladi.
Chunki bemorda hamma vaqt yurak
kasalligini inkor etishimiz kerak.
Ko‘krakdagi og‘riq va uning chap qo‘lga
berilishi ko‘pincha radikulitga o‘xshaydi.
Bu, aksincha, stenokardiya va infarkt
miokardda ham kuzatilishi mumkin.
Ko‘krak radikuliti


Shuning uchun bunday bemorlarni
dastlab, albatta, yuragini tekshirishdan
o‘tkazish zarur. Ko‘krakning yuqori qismi
mushaklarining ko‘p qismini bo‘yindagi
nerv
ildizlari ta’minlaydi, shuning uchun qattiq
og‘riq bo‘lmaydi. Juda ko‘p kasalliklarda
— sil spondiliti, aortalar anevrizmi,
Bexterev kasalligi, orqa miya o‘smalari va
stenokardiyada umurtqa pog‘onasining
ko‘krak bo‘limida og‘riq paydo bo‘lishi
mumkin. Agar yurak sohasida
o‘zgarishlar bo‘lmasa, unda ko‘krak
radikuliti deb davolashimiz mumkin.



Download 95.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling