Lotin amerikasi mamlakatlarining mustaqillikka erishishi Reja: Lotin amerikasi mamlakatlari


Download 38.55 Kb.
bet3/4
Sana19.06.2023
Hajmi38.55 Kb.
#1621119
1   2   3   4
Bog'liq
Lotin amerikasi mamlakatlarining mustaqillikka erishishi

Milliy islohotchilik[tahrir | manbasini tahrirlash]
Milliy islohotchilikning yetakchi kuchi milliy burjuaziya edi. Ular millatni iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot hamda davlat suverenitetini mustahkamlash yoʻlida birlashishga da'vat etdilar. Milliy-islohotchilik harakatlari va partiyalarini tuzdilar.
Milliy-islohotchilik harakati Argentinada katta quloch yoydi. Bu yerda u peronizm nomi bilan ataladi. Peronizm keyinchilik Argentina prezidentligiga saylangan general Xuan Domingo Peron nomidan olingan.
D. Peron 1943-yilning 4-iyunida o'tkazilgan davlat toʻntarishi natijasida hokimiyat tepasiga keldi.
U argentinaliklami qaramlik, qoloqlikni tugatish va turli ijtimoiy tabaqalar hamkorligiga asoslangan adolatli jamiyat qurish yoʻlida jipslashishga chaqirdi. Imperializmni, oligarxiyani tanqid qildi. Qashshoqlarni himoya qilish zarurligini ta'kidladi. Millionlab aholi D. Peron timsolida oʻzlarining himoyachisi va homiysini koʻrdilar. Argentinadagi kuchli kasaba uyushmasi — «Mehnat umumiy konfederatsiyasi» — uning tayanchi boʻldi.
1946-yilda D. Peron mamlakat prezidentligiga o'tkazilgan saylovda gʻalaba qozondi. D. Peron chuqur ijtimoiy o'zgarishlarni amalga oshirdi. Chunonchi, ish haqi oshirildi. Umumiy pensiya ta’minoti va haq toʻlanadigan ta'til joriy etildi. Fuqarolaming ijtimoiy huquqlari 1949-yilda qabul qilingan yangi Konstitutsiyada mustahkamlab qoʻyildi. Iqtisodiy siyosatda chet el kompaniyalariga qarashli mulklarni sotib olish yoiini qoiladi. Temir yoi, aloqa, Markaziy bank va boshqa muhim sanoat korxonalari milliylashtirildi.
Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining 5 yillik rejasi ishlab chiqildi. Milliy sarmoya rag'batlantirildi. Chetdan keltiriladigan mahsulotlarni Argentinaning oʻzida ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan sanoat tarmogʻini yaratish siyosati yuritildi.
Biroq 50-yillarning o'rtalariga kelib vaziyat o'zgardi. Eksport tovarlarining narxi pasayishi davlat daromadining pasayishiga olib keldi. Mamlakatda iqtisodiy oʻsish sur’ati ham pasaydi. Uni yuqori darajada saqlab turish uchun mablag1 yoʻq edi. Valuta zaxirasining katta qismi chet elliklarga qarashli kompaniyalarni sotib olishga sarflab qoʻyilgan edi.

Download 38.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling