M U N D A R I J A
Kirish
Faqnning maqsad va vazifalari
Fanning o’zlashtirish natijasiga qo’yiladigan talablar
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
O’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini baholash
Fanining mashg‘ulot turlari bo‘yicha mavzular rejasi va mazmuni
Tavsiya etilgan adabiyotlar va internet saytlar ro‘yxati
Ekspert guruhi xulosasi
|
Kirish
" Lotin tili va farmasivtik terminologiya asoslari " fanidan tayyorlangan ushbu namunaviy ishchi o’quv dastur " Hamshiralik ishi" tayyorlov yo’nalishi Umumiy amaliyot hamshirasi" kasbi uchun mo’ljallangan. Namunaviy o’quv dastur 2020 yildagi o’quv rejada belgilangan soatlar asosida tuzildi. Dastur fan sohasidagi zamonaviy o’zgarishlarni mavzularga kiritilgan holda tuzildi.
" Lotin tili va farmasivtik terminologiya asoslari " fanidan tayyorlangan ushbu ishchi dastur kichik mutaxassislarni chuqur va mustahkam nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’lishi, sog’liqni saqlash tizimidagi qonun va farmoyishlarni bilishi, aholiga tibbiy dori vositalari, olinadigan tibbiy vositalarni nomlarini to’g’ri o’qiy olishni o’z ichiga oladi.
Mazkur dasturda " Lotin tili va farmasivtik terminologiya asoslari " faniga tegishli barcha mavzular to’liq kiritilgan bo’lib, ular tartib bilan va boshqa mutaxassislik fanlar bilan o’zaro bog’liqlikni saqlagan holda berildi. O’quvchilarni mustaqil fikrlashga, mustaqil ishlashga, amaliy ko’nikmalarni puxta egallashga zamin yaratish maqsadida dasturda o’quvchilarning mustaqil ish soatlarining shakli ham belgilangan.
Fan nazariy va amaliy mashg’ulotlarda o’rganiladi. Nazariy mashg’ulotlar o’quv guruhlarida ma’ruza shaklida o’tkaziladi. Amaliy mashg’ulotlar texnikumning o’quv amaliyot xonalarida o’tkazilishi ko’zda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |