LOTIN TILINING QISQACHA TARIXI. ALFAVIT. UNLILAR. SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI
TAYYORLADI:
LOTIN TILI FANI O’QITUVCHISI
Z.M. MAXMUDOV
Lotin tilining qisqacha tarixi. - Tibbiyotga oid yangiliklar, kasalliklar, dorilarning nomi necha asrlar davomida lotin-yunon tilida berilgan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Bunga sabab lotin tili xalqaro tibbiyot tili deb tan olinganligida. Bu esa tibbiyot olimlarining hamkorlikda ishlashlariga yanada yordamlashadi.
Lotin tilining qisqacha tarixi. - Juda qadim zamonlarda hozirgi Appenin yarim orolida ya’ni Italiyaning Latio viloyati hududida latini qabilasi yashagan. Yozma til sifatida lotin (latin) tili Rim davlatida yashovchi aholining shevasi asosida eramizdan avvalgi oltinchi asrdan rivojlana boshlagan.
Lotin tilining qisqacha tarixi. - Yillar o‘tishi bilan bu qabila o‘z tasarrufidagi yerlarni kengaytirib bordi va ulkan davlat (Buyuk Rim Imperiyasi)ni barpo etdi. Bosqinchilik urushlari natijasida esa Palliya, Iberiya yarim oroli, Britaniya, Norina, Pannoniya kabi Yevropa, Afrikaning shimoliy qismi va O‘rta Yer dengizi hududida yashovchi qabilalarga o‘z hukmronligini o‘tkazdi.
Lotin tilining qisqacha tarixi. - Bosib olingan yerlarda yashovchi qabilalarga o‘z tilini, ya'ni lotin tilini davlat tili deb qabul qilishga majbur qildi. Lotinlarning poytaxti Rim shaxri bo‘lgan. Rim davlati (imperiyasi) Yunonistonni ham bosib olgan. Yunonistonda madaniyat, fan yuksak darajada taraqqiy etgan bo‘lib, u Rim davlati xalqlari madaniyatida ham o‘z aksini topgan, Buni ayniqsa, tibbiyotning davolashga doir atamalarida yaqqol ko‘rish mumkin.
Lotin tilining qisqacha tarixi. - Keyinchalik, eramizning beshinchi asrlariga kelib, Ro‘m davlati (imperiyasi) inqirozga uchradi va uning o‘rnida hozirgi Farang, Espan, Yunoniston, Misr, Italiya davlatlari vujudga keldi. Barcha yangi milliy davlatlar o‘zlarining milliy, shuningdek, davlat tillariga ega bo‘lganlar. Jumladan: lotin tili asosida qator roman tillari: italyan, fransuz, provansal, portugal, ispan, rumin, moldavan, retro-poman, katalon kabi tillar ajralib chiqdi. (Roman tillari deyilishiga sabab Roman-rimlik degan ma’noni anglatadi.)
Do'stlaringiz bilan baham: |