Lotin yozuviga asoslangan о‘zbek alifbosiga о‘tish


Download 38.67 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.03.2023
Hajmi38.67 Kb.
#1294560
Bog'liq
mpdf



Lotin yozuviga asoslangan
о‘zbek alifbosiga о‘tish
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-
oktabrdagi PF-6084-sonli «Mamlakatimizda о‘zbek tilini
yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish
chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi farmoni ijrosini ta’minlash
maqsadida Vazirlar Mahkamasinig 2020-yilning 10-fevralida
61-sonli “Lotin yozuviga asoslangan о‘zbek alifbosiga
bosqichma-bosqich tо‘liq о‘tishni ta’minlash chora-
tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi. Joriy
yilning 1- aprel kuni О‘zbekiston davlat san’at va
madadaniyat institutida mazkur hujjatlarning ijrosini
ta’minlashga bag‘ishlangan yig‘ilish bо‘lib о‘tdi.
Yig‘ilishni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor
Ibrohim Yо‘ldoshev olib bordi. Vazirlar Mahkamasining
qarori ijrosini ta’minlash maqsadida о‘tgan vaqt davomida
belgilangan topshiriqlarni bajarishda yuzaga keladigan
masalalarni tezkorlik bilan hal etish choralari kо‘rildi
hamda ularni о‘z muddatida va sifatli bajarilishini
ta’minlash maqsadida zarur ishlar olib borildi. Natijada
qarorda kо‘zda tutilgan barcha vazifa va topshiriqlar
vaqtida, sifatli va tо‘liq bajarilishi ta’minlandi. Bu esa
ularning ijro etilishi uchun zamin yaratdi. Shulardan kelib
chiqilgani holda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
institutida joriy yilning 1-aprelidan boshlab lotin
alifbosiga asoslangan о‘zbek alifbosiga tо‘liq о‘tildi.
Bо‘lib о‘tgan yig‘ilishda ish qog‘ozlari, turli blanklarni
lotin yozuviga asoslangan о‘zbek alifbosida bо‘lishini
ta’minlash, bosma va elektron ommaviy axborot vositalari,
internet sayti faoliyatini tо‘liq lotin yozuviga asoslangan
о‘zbek alifbosiga о‘tkazish, о‘quv-uslubiy adabiyotlar,
qо‘llanmalar va ularning elektron dasturiy ta’minotlarini
tayyorlash va tarqatish lozimligi ta’kidlandi. Tashkiliy-


huquqiy shaklidan qat’iy nazar, barcha ish yuritish
hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan
о‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon
qilish amaliyotini tо‘liq joriy qilish bо‘yicha mas’ullarga
topshiriqlar berildi.
Shuningdek, yig‘ilishda mazkur qaror ijrosi bо‘yicha boshqa
masalalar yuzasidan ham fikrlar bildirildi.
Matbuot kotibi

Download 38.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling