Lotin yozuviga asoslangan о‘zbek alifbosiga о‘tish
Download 38.67 Kb. Pdf ko'rish
|
mpdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matbuot kotibi
Lotin yozuviga asoslangan о‘zbek alifbosiga о‘tish О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20- oktabrdagi PF-6084-sonli «Mamlakatimizda о‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasinig 2020-yilning 10-fevralida 61-sonli “Lotin yozuviga asoslangan о‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich tо‘liq о‘tishni ta’minlash chora- tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi. Joriy yilning 1- aprel kuni О‘zbekiston davlat san’at va madadaniyat institutida mazkur hujjatlarning ijrosini ta’minlashga bag‘ishlangan yig‘ilish bо‘lib о‘tdi. Yig‘ilishni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshev olib bordi. Vazirlar Mahkamasining qarori ijrosini ta’minlash maqsadida о‘tgan vaqt davomida belgilangan topshiriqlarni bajarishda yuzaga keladigan masalalarni tezkorlik bilan hal etish choralari kо‘rildi hamda ularni о‘z muddatida va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida zarur ishlar olib borildi. Natijada qarorda kо‘zda tutilgan barcha vazifa va topshiriqlar vaqtida, sifatli va tо‘liq bajarilishi ta’minlandi. Bu esa ularning ijro etilishi uchun zamin yaratdi. Shulardan kelib chiqilgani holda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida joriy yilning 1-aprelidan boshlab lotin alifbosiga asoslangan о‘zbek alifbosiga tо‘liq о‘tildi. Bо‘lib о‘tgan yig‘ilishda ish qog‘ozlari, turli blanklarni lotin yozuviga asoslangan о‘zbek alifbosida bо‘lishini ta’minlash, bosma va elektron ommaviy axborot vositalari, internet sayti faoliyatini tо‘liq lotin yozuviga asoslangan о‘zbek alifbosiga о‘tkazish, о‘quv-uslubiy adabiyotlar, qо‘llanmalar va ularning elektron dasturiy ta’minotlarini tayyorlash va tarqatish lozimligi ta’kidlandi. Tashkiliy- huquqiy shaklidan qat’iy nazar, barcha ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan о‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish amaliyotini tо‘liq joriy qilish bо‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi. Shuningdek, yig‘ilishda mazkur qaror ijrosi bо‘yicha boshqa masalalar yuzasidan ham fikrlar bildirildi. Matbuot kotibi Download 38.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling