Lotincha „Investio


Download 16.13 Kb.
bet2/3
Sana09.01.2022
Hajmi16.13 Kb.
#258429
1   2   3
Bog'liq
Ivestitsiya

Investitsiya (lot. investio — oʻrash) — iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida oʻz mamlakatida yoki chet ellarda turli tarmoklarga, ijtimoiyiqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzok, muddatli kapital kiritish (qoʻyish). Pulning vaqt (zamon)ga bogʻliq qiymati nazariyasiga koʻra, I. kelajakda naf olish maqsadida mablagʻlar qoʻyishdir. I. kapitalni muayyan muddatga bogʻlashni yoki band qilishni bildiradi. Bundan asosiy maqsad kapital qiymatini saklab qolish yoki boʻlmasa kapital qiymatini vaqtda oʻstirib borishdir. Iqtisodiy mazmuni jihatdan I. turli faoliyatlarga safarbar etilgan moddiy, nomoddiy boyliklar va ularga boʻlgan huquqlarni aks ettiradi. I. sifatida pul, qimmatli qogʻozlar (aksiya, obligatsiya, sertifikat, veksel), yer, bino, inshoot kabi boyliklar, intellektual mulk boʻlgan ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va b. ishlatiladi. I. loyihalariga mablagʻ qoʻyuvchilar — investorlar davlat, kompaniya, korxona, chet ellik fuqarolar, aholi va b. boʻlishi mumkin.

Uning quyidagi turlari mavjud: davlat I.si — davlat byudjeti va moliya manbalari hisobidan kiritiladi; chet el I.si — xorijiy davlatlar, banklar, kompaniyalar, tad-birkorlar tomonidan kiritiladi; xususiy I. — xususiy, korporativ xoʻjalik va tashkilotlar, fukarolar mablagʻlari, shu jumladan, shaxsiy va jalb qilingan mablagʻlar hisobidan qoʻyiladi. I. qoʻyilish shakliga qarab moliyaviy (portfel) va real (ishlab chiqarish) I.ga boʻlinadi. Moliyaviy (portfel) I. — aksiya, obligatsiya va b. qimmatli qogʻozlarni sotib olishga qoʻyiladigan I., ; real I. — moddiy i. ch. (sanoat, q.x., qurilish va b.) soxa-siga, moddiy-ashyoviy faoliyat turlariga uzok, muddatli mablagʻlar qoʻyish shakllarida amalga oshiriladi. Jahon tajribasida I.ni moliyalashtirish turli usul va shakllarda, shu jumladan, korxonalarni aksiyadorlashtirish va aksiyalarni joylashtirish, byudjet mablagʻlari, bank kreditlari, lizing , bevosita chet el I.lari, ipoteka, byud-jetdan tashqari maxsus fondlar, amortizatsiya va xoʻjalik yuritish subʼyektlarining boshqa mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.

Keyingi davrda xalqaro iqtisodiy munosabatlarda investitsion hamkorlik rivoj topdi. Bunday hamkorlikning real, moliyaviy, intellektual (litsenziyalar, nou-xauni berish, hamkorlikda bajariladigan ilmiy ishlanmalar va b.ga mablagʻ sarflash) koʻrinishlari bor.

Investitsion hamkorlik umumjahon va milliy muammolarni hal qilishga xizmat qiladi. Jahondagi bevosita I. faol oʻsib bormoqda: 1980-y.lar oʻrtalarida jahon boʻyicha umumiy yillik I. hajmi 450 mlrd. dollarni tashkil qilgan boʻlsa, 1990-y.lar oʻrtalariga kelib I. hajmi 2 trln. dollardan oshdi.

Oʻzbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida respublika iqtisodiyotida tuzilmaviy oʻzgarishlarni amalga oshirishda I.dan samarali foydalanilmoqda. OʻzRda 1996 y.dan boshlab respublika hukumati har yili davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlar mablagʻlari hisobidan kapital qoʻyilmalar limitlari, chet el investitsiyalari va hukumat kafolati b-n olingan kreditlar hiso-biga aniq qurilishlar dasturi, shuningdek, bevosita chet el I. va kreditlari hisobiga qurilishlar dasturidan iborat boʻlgan Davlat I. dasturini qabul qiladi. Respublika iktisodiyo-tiga I. kiritishda davlat byudjeti mablagʻlari, chet el investitsiyalari, korxonalarning oʻz mablagʻlari va aholi jamgʻarmalari qatnashmoqda. Respublikada aholining qimmatli qogʻozlarga jamoaviy I.ni amalga oshiradigan xususiylashtirish I. fandlari (XIF) va kompaniyalari tarmogʻi rivoj topdi. 2000 y.da moliyalashtirishning jami manbalari hisobidan mamlakat iqtisodiyotiga salkam 700 mlrd. soʻm, shu jumladan, 810 mln. AQSH dollari investitsiyalandi. Uning 30,3% ni respublika byudjeti, 39,1% ni korxonalar va aholi mablagʻlari, 7,5% ni banklar kreditlari va b. qarz mablagʻlar, 21,7% ini chet el investitsiyalari va kreditlari, 1,4% ni byudjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari tashkil qiladi. Respublikada I. faoliyatining huquqiy bazasini yaratishda "Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida" (1995 y. 5 may), "Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida" (1998 y. 12 dek.), "Chet ellik investorlar huquklarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida" (1998 y. 30 apr.), "Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida" (1998 y. 30 apr.), "Lizing toʻgʻrisida" (1999 y. 14 apr.), "Qimmatli qogʻozlar bozorida investorlarning huquklarini himoya qilish toʻgʻrisida" (2001 y. 30 avg .) qonunlarining qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega boʻldi. Investitsiya faoliyatida investorlar har bir mamlakatdagi investitsiya muhiti b-n bogʻliq boʻlgan koʻpdan-koʻp xatarlarga duch keladilar. Shu sababli I.ni, ayniqsa, chet el I.larini su-gʻurta qilish muhim ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda xorijiy I.larni sugʻurtalash sohasida 1994 y.da tashkil etilgan "Oʻzbekinvest" eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi faoliyat olib boradi.

Dilshod Gʻozibekov.[1]




Download 16.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling