Lotincha so’zdan olingan bo’lib “xilma-xil taraqqiyot
Download 23.19 Kb.
|
article
Iqtisodiyotning diversifikatsiyalashuvi Diversifikatsiya atamasi ishlab chiqarishda yangi yo‘nalishni tanlash yoki biror mahsulotning yangi turini ishlab chiqarishga nisbatan qo’llanadi. Diversifikatsiya lotincha so’zdan olingan bo’lib “xilma-xil taraqqiyot” degan ma’noni anglatadi. Diversifikatsiya korxonaning faoliyat sohalarining kengayishi va ishlab chiqariladigan mahsulotlarning turlarini yangilanib turishidir. Shuningdek bir-biri bilan texnologik jihatdan bog’liq bo’lmagan ishlab chiqarish turlarini bir vaqtda rivojlanishidir. Iqtisodiyotda xilma-xillik tushunchasi XX asrning 50-yillaring keng qo’llanila boshlandi. Ilm-fan va texnikaning rivojlanishi sohalarning va ishlab chiqariladigan mahsulotlarini turlarini ko’paytirilishiga sabab bo’ldi. Ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilishdan asosiy maqsad xilma-xil mahsulotlarni ishlab chiqargan holda daromadni oshirishga qaratilgan. Bu jarayon o’ziga hos davriylik xususiyatiga ega ya’ni bir tarmoqning yoki mahsulotning inqirozga yuz tutgan payti o’rnini boshqasi egallashi foydaning to’xtab qolmasligi va o’sishiga sabab bo’ladi. Diversifikatsiyalashgan korxonalarning raqobatbardoshligi yuqori bo’lib, konyukturaviy o’zgarishlar natijasi hosil bo’ladigan xavf-xatarlar kamayadi. (1) Iqtisodiyotda diversifikatsiyalashuv bir necha bosqichda amalga oshiriladi. U dastlab tarmoq doirasida ishlab chiqarishning ayrim tarmoqlarga ajralishi, so’ngra o’sha tarmoqlarda korxonalarning shakllanishi va ixtisoslashuviga olib keladi. Korxonalarda diversifikatsiyalashuv jarayoni turdosh va turdosh bo’lmagan sohalarni rivojlantirish orqali amalga oshiriladi. Turdosh bo’lgan tarmoqlar butunlay o’zgacha bo’lmagan, o’zaro yaqin bo’lgan tarmoqlardir. Bunda uni o’zlashtirishga yangicha bilim, ko’nikma yoki texnologiya hamda katta xarajat talab etilmaydi. Turdosh bo’lmagan sohalar buning aksi bo’lib, umuman, o’xshashlik taraflari bo’lmagan butunlay yangi ishlab chiqarish tarmoqlari hisoblanadi. Bunda mavjud resurslardan kelib chiqqan holda yangi ishlab chiqarish sohasi shakllantiriladi. Innovatsion jarayonlar, ilm-fan taraqqiyoti ishlab chiqarish sohalariga o’z ta’sirini ko’rsatadi va bu tarmoqlarning diversifikatsiyalashuviga olib keladi. Diversifikatsiyalashuv ko’p hollarda texnologik rivojlanish, iqtisodiy rivojlanish, moliyaviy hamda ijtimoiy barqarorlikka erishish maqsadlarida amalga oshiriladi. Bularning natijasi o’laroq diversifikatsilashuv quyidagi natijalarni berishi mumkin: Qo’shimcha daromad; Raqobatga bardoshlilik; Bozor talablaridan kelib chiqib mahsulotlar turini ortishi, va buning natijasida korxonalarda ishlab chiqarishning o’sishi; Korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning va ularning sifatining ortishi natijasida tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog’liq jarayonlarning rivojlanishi. (2) Diversifikatsiyalashuvni amalga oshirish masalasi asosan hom ashyo eksport qiluvchi mamlakatda muhim va dolzarb hisoblanadi. Shuni kabi mamlakatlar tarmoqlardagi diversifikatsiyani amalga oshirishda korxonalar faoliyatida muntazam ravishda yangi texnologiyalardan foydalangan xolda maxsulotlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish lozim bo’ladi. Avvalombor eksport qilinayotgan hom ashyo maxsulotlarini zamon talablariga mos yuqori texnologiyalardan foydalangan holda tayyor maxsulot ishlab chiqarishni yo’lga qoyish zarurdir. Nobel mukofoti sovrindori, iqtisodchi Robert Lukasning ta’kidlashicha doimiy mahsulot ishlab chiqarishni emas, balki yangi mahsulotlarni doimiy ravishda joriy etish samaradorlikning o‘sishini ta’minlash va barqaror o‘sish mo‘jizasiga erishish uchun zarurdir. Bundan tashqari korxonalarda amaliy mashg‘ulot o’tkazish yoki ish joyida o‘qitish, bilim va inson kapitalini to‘plashning eng muhim kanallaridan biridir. Xuddi shu mahsulot to‘plamini ishlab chiqarish tezda mahsuldorlikka olib keladi. Shunungdek, yangi mahsulotlar va vazifalarni joriy etish menejerlar va xodimlarga doimiy ravishda “sifatli zinapoyani” o‘rganish va ko‘tarish imkonini beradi.(3) Xom ashyo eksport qiladigan davlatlar tarmoqlarni diversifikatsiyalashuviga erishganlaridan so’ng, endigi navbat eksportning diversifikatsiyasidir. Bu jarayonda yuqori rivojlanishiga erishish uchun yigirma-o‘ttiz yil kerak bo‘ladi. Muvaffaqiyatli eksport qiluvchilar neft daromadlari kamaygunga qadar o‘nlab yillar davomida o‘zlarining nooziq-xom ashyo eksport bazasini tayyorladilar. Masalan, Malayziya o‘zining eksportga yo‘naltirilgan strategiyasini 70-yillarning boshlarida boshlagan va 80-90-yillarda eksportning keskin o‘sishi kuzatilgan. Eksport rivojlanishining yuqori sur’atlariga qaramay, ba’zi rivojlangan mamlakatlar bilan taqqoslanadigan eksportni diversifikatsiya qilish darajasiga 20 yildan ko‘proq vaqt o‘tdi. Iqtisodiyotni diversifikatsiyalash Fors koʼrfazi arab mamlakatlari iqtisodiy siyosatining asosiy masalalaridan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan ushbu mintaqa olimlarining bu sohada izlanishlar olib borishi tabiiy hol. Koʼrfaz mamlakatlarida diversifikatsiya neftdan boshqa tarmoqlarni, masalan, xizmat koʼrsatish tarmogʼini yanada rivojlantirish sifatida talqin etiladi. Аrab olimlari Masʼudul А. Chauzuri va Muhammad А. Аl-Sahlaviy diversifikatsiyani “neftdan boshqa tarmoqlarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushining oʼsishi” sifatida aniqlaydilar.(4) Shunday qilib diversifikatsiya – bu oldindan qoʼyilgan maqsad emas, balki obʼektiv jarayonning vujudga kelishi natijasida amalga oshiriladigan majburiy chora-tadbirdir. Yuqoridagi taʼriflarni umumlashtirgan holda, iqtisodiyotni diversifikatsiyalashga quyidagicha taʼrif berish mumkin: Iqtisodiyotni diversifikatsiyalash – bu biror-bir mahsulot ishlab chiqarishga bogʼliqlikni kamaytirish, kapital resurslarini oqilona joylashtirishni taʼminlash, yangi ish oʼrinlarini yaratish, yangi bozorlarni egallash va anʼanaviy bozorlarda mavqeni mustahkamlashga qaratilgan choratadbirlar majmui. Foydalanilgan adabiyotlar Шуҳрат АБДУЛАЗИЗОВ. Қишлоқ хўжалик ишлаб чиқаришини диверсификациялашнинг иқтисодий моҳияти// Biznes Daily 28.01.2016 Экономическая трансформация в странах Совета сотрудничества арабских государств Персидского залива: проблемы и перспективы / Г.Л. Гукасян. – Казань: Изд-во Казан. ун-та, 2017. – 132 с. Making a Miracle. Robert E. Lucas, Jr. Econometrica, Vol. 61, No. 2 (Mar., 1993), 251-272. Masudul A. Choudhury and Mohammed A. Al-Sahlawi. Oil and non-oil sectors in the Saudi Arabian economy// OPEC Review, vol. XXIV. No 3., Vienna. September 2000. – p.237. Download 23.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling