Louri-Brensted nazariyasi
qattik va yumshoq kislota va asoslar
Download 84.46 Kb.
|
Louri-Brensted nazariyasi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Misol. 1. Natriy fenolyat suvli eritmada metilbromid va izo-propilbromid bilan alkillanganda reaktsiyalarning yo’nalish qanday bo’ladi Echish.
19. qattik va yumshoq kislota va asoslar
Ma’lum bo’lishicha, rKa qiymat kislota va asoslarning kimyoviy xossalarini to’liq ifodala olmaydi. Masalan, metall kationlarini (kislotalarni) ularning metallmas anionlariga (asoslarga) moyilligiga qarab ikki sinfga ajratish mumkin. A-sinf. Al3Q > Mg2Q > NaQ … kationlar metallmaslarga nicbatan quyidagi qatorda moyillik namoyon qiladi: F > O > N > >Cl > Br >I > S. B-sinf. AgQ > Cd2Q > Au3Q > Sn4Q … kationlar esa metallmaslarga nisbatan yuqoridagi qatorda teskari qatorda moyillik ko’rsatadi: S > I > Br > Cl > N > O > F. A-sinfida barqaror birikmalar qutblanuvchanligi kam bo’lgan elektromanfiyli katta bo’lgan metallmaslar bilan hosil bo’ladi. Masalan, AlF3, MgO, Al2O3 … kabi birikmalar juda mustahkam va barqaror birikmalardir. B-sinfida esa aksincha, qarorli birikmalar elektromanfiyligi kichik, ammo qutblanuvchinligi katta bo’lgan metallmaslar bilan hosil bo’ladi. Masalan, Ag2S, AgI, CdI2 va h.k. birikmalar juda barqaror birikmalardir. A-sinfidagi kislota va asoslar «qattiq», B-sinfidagi kislota va asoslar esa «yumshoq» kislota va asoslar deb ataladi. qoida. qattiq kislota bilan qattiq asos o’rtasidagi reaktsiya qattiq kislota bilan yumshoq asos o’rtasidagi reaktsiyaga nisbatan tezroq ketadi yoki qulay muvozanat hosil bo’lishiga olib keladi. Masalan, F3CI birikmasi (CF3Q-qattiq kislota, I--yumshoq asos) CF4 birikmasi (CF3Q- qattiq kislota, F--qattiq asos) nisbatan qarorsiz birikmadir. Yoki CH3F (CH3Q- yumshoq kislota, F--yumshoq asos CH3I (CH3Q- qattiq kislota, I-- yumshoq asos) birikmasiga qaraganda beqarorroq moddadir. CH4, (CH3)4C kabi birikmalar ayniqsa qarorli birikmalardir. Keltirilgan qoidaga binoan, vodorod galogenid kislotalarning kuchi quyidagi qatorda ortib boradi: HF < HCl < HBr < HI Agar anion (asos) erituvchi (suv, spirtlar, karbon kislotalar) protoni bilan vodorod bog’ hosil qilsa, uning qattiqligi kamayadi. Shuning uchun xajmi kichik bo’lgan anionlar F-, Cl- spirt eritmalarida dimetilsulfoksid eritmasidagiga nisbatan asosliligi kam bo’ladi, chunki ular qattiq kislota Hq bilan ta’sirlashadi. Olefinlar (yumshoq asoslar) yumshoq metallar bilan kompleks hosil qiladi. Bu komplekslar katta ahamiyat kasb etib ular yordamida maxsus reaktsiyalar amalga oshiriladi. Yumshoq kislota va asoslar to’g’risidagi tasavvurlardan foydalanib ko’pgina kimyoviy hodisalarni kamida sifat jihatdan tushuntirish mumkin. Masalan, fenolyat-metall bikimasini alkillashda (alkilgalogenidlar bilan) yumshoq-qattiq kislota-asos nazariyasidan foydalanish mumkin. Kislota (alkil kationi, qisman musbat zaryadlangan uglerod) qancha yumshoq bo’lsa u yumshoq markaz (S-atomi) ga, qancha qattiq bo’lsa qattiq anion (o-reaktsion markaz) ga birikadi. Enolyatlardan (masalan, atsetosirka efiri misolida) alkillash yo’nalishini ham shunday tushuntirish mumkin. Misol. 1. Natriy fenolyat suvli eritmada metilbromid va izo-propilbromid bilan alkillanganda reaktsiyalarning yo’nalish qanday bo’ladi? Echish. metil bromiddan hosil bo’ladigan qisman musbat zaryadlangan kislota (CH3Q) izo-propilbromiddan hosil bo’ladigan kislota ((CH3)2CHQ) ga nisbatan qattiq bo’lgani uchun fenolyat ionining qattiq asos markazi kislorodga ko’proq birikadi. Izo-propilbromiddan esa ko’proq yumshoq markaz (o-) mahsuloti hosil bo’ladi. http://fayllar.org Download 84.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling