Loy va plastmasa materialari bilan ishlashda mator alaliya nutq nuhsoniga EGA bolgan bolalarda barmoqlar harakatchanligi rivojlantirish


Download 31.38 Kb.
bet8/10
Sana22.12.2022
Hajmi31.38 Kb.
#1043324
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
LOY VA PLASTMASA MATERIALARI BILAN ISHLASHDA MATOR ALALIYA NUTQ NUHSONIGA EGA BOLGAN BOLALARDA BARMOQLAR HARAKATCHANLIGI RIVOJLANTIRISH

Sensorika bilan bog‘liq alaliya
Sensorika bilan bog‘liq alaliyada yaqqol namoyon bo‘ladigan so‘z va iboralarni qabul qilish, ularning ma’nosini tushunish qobilayitining buzilishi kuzatiladi. Bunday turdagi alalik bolalarda eshitish qobiliyati saqlangan, hatto giperakustik – turli xil tovushlarga sezuvchanlikning oshishi bo‘ladi.
Eshitish qobiliyati saqlangan holda, alalik bolalarda gapirishga bo‘lgan harakat kuchaygan bo‘ladi, ya’ni ular juda ko‘p ma’nosiz so‘zlar, tovushlarni takrorlaydi, ularda exolaliya (o‘zgalarning so‘zini his qilmagan holda takrorlab yurish) ham kelib chiqadi. Umuman olganda tushunarsiz bo‘lgan so‘zlardan iborat gaplar gapirish kuzatiladi (logoreya – “so‘zlardan tayyorlangan salat”). Bundan tashqari bunday bolalarda perseveratsiya (so‘zlarni takrorlab yurish), eliziya (so‘zlarni o‘tkazib yuborish), parafiza (so‘zlarni almashtirib qo‘yish), kontaminatsiya (turli xil so‘z qismlarini bir biriga aralashtirib yuborish) holatlari ham uchraydi. Xullas, sensorika bilan bog‘liq alalik bolalar o‘z fikrlarini ifodalash uchun gapirishdan emas, harakat va mimikalardan foydalanishadi.
ALALIYA DAVOSI
Alaliyaning har qanday ko‘rinishida davo kompleks ravishda ya’ni psixologik-medikomentoz-pedagogik tomonlama olib boriladi. Alalik bolalar maxsus maktabgacha ta’lim muassasalarda, statsionar sharoitda, sanatoriyalarda davolanishadi.
Gapirish qobiliyatini yaxshilash uchun medikomentoz muolajalar, miya hujayralari o‘sishini kuchaytirish uchun buyuriladi. Fizioterapiya (lazeroterapiya, magnitoterapiya, elektroforez, suv bilan davolash, elektropunktura, transkranial elektrostimulyatsiya) o‘tkaziladi. Alaliyada gapirish qobiliyatidan tashqari, qo‘llar harakati, psixik funksiyalar (xotira, diqqat, fikrlash) ham rag‘batlantiriladi.
Alaliyaning umumiy sistemali kasallik ekanligini inobatga olib, logoped tomonidan mashg‘ulotlar gapirish qobiliyatining har qanday jihatlariga e’tibor qaratadi ya’ni so‘zlarni hosil qilish, ularni to‘g‘ri qabul qilish, talaffuzni to‘g‘irlash, so‘z boyligini oshirish, so‘zlarning grammatik tuzilishini to‘g‘irlash, fonetika bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish kabi jarayonlar. Logoped muolajalari o‘z ichiga logoritmika va logopedik massajini kiritadi.
Alaliyaning turli xil ko‘rinishlarida bolalarni erta davrlarda yozish, o‘qish kabi qobiliyatlarini shakllantirish kerak bo‘ladi. Chunki yozish, o‘qish ham bolalarning gapirish qobiliyatini rivojlantirishda katta rol o‘ynaydi.

Download 31.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling