Loyiha ishi bajardi: 651-20 guruh talabasi Vahobov Jasurbek Tekshirdi: Uzaqov. B farg’ona 2022 Resume sayt yartish Reja


Download 0.96 Mb.
bet3/4
Sana24.12.2022
Hajmi0.96 Mb.
#1061064
1   2   3   4
Bog'liq
Dasturlash 2

Web-dizayn tushunchasi
Web-dizayn atamasi 2 qismdan iborat. Birinchi qismi - Web - bu World Wide Web–Butunjaxon o’rgimchak to’ri so’zlarining qisqartmasi.Ikkinchi qismi "dizayn" –inglizcha design so’zidan olingan bo’lib, loyihalash, konstuksiyalash, rejalashtirish, chizish, rasm hosil qilish degan ma’nolarni bildiradi. Shunday qilib, ingliz tilidan Web-dizayn atamasini "Web –loyiha" yoki "Internet uchun loyihalash" deb tarjima qilish mumkin.
Web-dizayn maxsus uskunalar (kompyuter va tahrirlovchi dasturlar), maxsus dasturlash tillari (JavaScript, Java, Perl, C++, PHP va b.), gipermatnni belgilash tili HTML va tarmoq texnologiyalari (CGI, CSS, SSI va b.) ni qollashga asoslangan tasviriy san’atning yangi janri hisoblanadi.
Web-dizaynning maqsadi Internetda joylashgan obyektlar (web-sahifalar, bannerlar, appletlar, scriptlar, web-sahifalarning ayrim elementlari) ni loyihalash (yaratish) dan iborat.
Web-dizayner (yoki Web-master, Web-usta) - Web-dizayn bilan shug’ullanuvchi rassom-dasturchi.
Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar.


Brauzer dasturlari Web brauzerlar – bu Internet resurslari va ma’lumotlaridan foydalanishni ta’minlovchi dasturlar bo‘lib, ularning quyidagi turlari mavjud: Bular:
Internet Explorer, Firefox Mozilla, Netscape Navigator, Opera, Google Chrome.
Web browser inglizcha so‘z bo‘lib, “web ni ko‘zdan kechiruvchi”, “ web ni ko‘rib chiquvchi ” ma’nolarini anglatadi. Bizga bu so‘z rus tilidan kirib kelganligi, rus tilida esa “brauzer” kabi aytilishini hisobga olib biz ham brauzer so‘zini ishlatamiz.
Web browser butun jahon to‘rida joylashgan sahifani yuklash, tahlil qilish va uni ko‘rsatish, sahifalararo o‘tishlarni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Web browser biror sahifani yuklash va sahifaga ma’lumotlar yuborish uchun HTTP protokolidan foydalanadi. Ko‘pchilik brauzerlar FTP protokoli bo‘yicha ham ishlaydi va fayllar ro‘yhatini sahifa ko‘rinishida chop etadi.
Web browser Web sahifani siz uchun qulay ko‘rinishda chop etadi. Ma’lum qoidalar asosida rasmlarni, matnlarni, ovoz yoki video ma’lumotlarni, turli animatsiyalarni mos ravishda joylashtirib chiqadi. Bundan tashqari, sahifadagi siz kiritgan ma’lumotlarni kerak joyga jo‘natish, boshqa sahifaga o‘tish, JavaScript kodlarini ishlatish kabi vazifalarni ham bajaradi.
Internet Explorer haligacha etakchilikni qo‘ldan boy berganicha yo‘q, lekin ulushi asta-sekin kamayib bormoqda. Net Applications ma’lumotlariga ko‘ra, brauzerlarning ulushi 2009 yil avgust oyiga nisbatan quyidagicha:

  • Microsot Internet Explorer — 72,15%;

  • Mozilla Firefox — 19,73%;

  • Safari — 6,37%;

  • Opera — 0,74%;

  • Netscape — 0,72%;

  • Mozilla — 0,10%.




Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling