Loyiha ishi mavzu: Kutubxona axborot tizimlari
Download 1.1 Mb.
|
baza loyiha (копия)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2 MUAMMONI YECHISHDA MAVJUD USULLAR VA ULARNING KAMCHILIK VA YUTUQLARINI TAHLIL QILISH
2.1 NAZARIY QISMTa’lim tizimida o’quv jarayonini tashkil qilishning sifat ko’rsatkichlari bo’yicha jahon andozalari darajasiga ko’tarish, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini yurtimizda keng joriy etish dolzarb uslubiy masalalardan hisoblanadi. Hozirgi davrda axborotlarning haddan tashqari ko’pligi bu axborotlarni saqlashda, qayta ishlashda, hamda har xil turdagi masalalarni yechishda hisoblash texnikasidan keng foydalanishni va axborot tizimlarini yaratishni talab qiladi. Axborot tizim, axborotni to’plash, saqlash va qayta ishlash uchun keng imkoniyatli maqsadlarda samarali foydalanish uchun xizmat qiladi. Zamonaviy axborotlar tizimi, ma’lumotlar integrasiyasi konsepsiyasiga asoslangan katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash bilan tavsiflanadi va ko’p sondagi foydalanuvchilarning turli xildagi talablariga javob berishi kerak bo’ladi. Umumiy o’rta ta’lim maktablari faoliyatini avtomatlashtirish jarayoni o’rta ta’lim maktablarida o’qituvchi va rahbar xodimlar ish faoliyati bilan tanishish va ular haqida ma’lumot olish hamda o’quvchilarga zamonaviy texnologiyalar yordamida bilim berish, o’quvchilarni bilim olishga qiziqtirish, mustaqil ta’lim olish va bilimlarni muntazam tekshirib borish imkoniyatini yaratib beradi. Shuning uchun o’rta ta’lim maktablari axborot tizimini yaratish va maktablar faoliyatini avtomatlashtirish dolzarb masala hisoblanadi. Ushbu dasturiy tizimni yaratish bosqichlari quyidagilardan iborat: rahbar xodimlar ish faoliyatini avtomatlashtirish muhitini yaratish; o’qituvchilar ish yuklamalari muhitini yaratish; o’qituvchilar tomonidan o’quvchilarga mustaqil ishlash uchun topshiriqlar berish va bu topshiriqlarni bajarishga yordamlashish muhitini yaratish; o’quvchilar bilimlarini tekshirish va baholash muhitini yaratish; o’quvchilar bir-birlari bilan fikr almashish muhitini yaratish; barcha muhitlar birlashgan va o’zaro bog’langan tizim yaratish; dasturiy ta’minotdan foydalanish uchun yo’riqnomalar tayyorlash; Dasturiy ta’minotni sinovdan o’tkazish va kerakli ilmiy-amaliy xulosalar berish O’rta ta’lim maktablari faoliyatini avtomatlashtirishni amalga oshirish dasturiy ta’minotidan o’quv muassasa server tarmog’iga joylashtirilgan holda foydalaniladi. Bunda lokal yoki global tarmoq texnologiyasining ixtiyoriy biridan foydalanish mumkin. Dasturiy ta’minot tarmoqqa o’rnatilganda unga tarmoq manzili beriladi. 2.2 MUAMMONI YECHISHDA MAVJUD USULLAR VA ULARNING KAMCHILIK VA YUTUQLARINI TAHLIL QILISHMa’lumotlar ba’zasini yaratish quyidagi loyihaga asoslanadi: Dasturiy ta’minot va ma’lumotlar bazasinig o’zaro aloqadorligi Dasturiy ta’minotdan foydalanishda har doim tashkil etilgan yagona ma’lumotlar bazasiga murojaat qilinadi. Shuning uchun barcha foydalanuvchilar bitta ma’lumotlar bazasini shakllantiradilar. Dasturiy ta’minot foydalanuvchilari quyidagi turlarga bo’linadi: O’quvchilar – umumiy ma’lumotlarni ko’rish, tizimdagi o’quvchilar faoliyati tegishli ma’lumotlarni tahrirlash huquqiga ega foydalanuvchilar; O’qituvchilar – tizimdagi umumiy ma’lumotlarni ko’rish va “O’qituvchilar” faoliyatiga tegishli ma’lumotlar bilan ishlash va tahrirlash huquqiga ega foydalanuvchilar; Rahbarlar – tizimdagi umumiy ma’lumotlarni ko’rish va “Rahbarlar” bo’limi bilan ishlash huquqiga ega foydalanuvchilar. Dasturiy ta’minotning mantiqiy tuzilmasi quyidagicha tashkil etiladi: Tizimda hech bir foydalanuvchi o’zga foydalanuvchilar ma’lumotlariga dahl qila olmaydilar va o’ziga tegishli bo’lmagan ma’lumotlarni tahrirlash imkoniga ega bo’lmaydilar. Umumiy ma’lumotlarini barcha foydalanuvchilar ko’rish huquqiga ega. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling