Zoologiya fanidan o’qituvchi, o’quvchi va talaba-yoshlar uchun android dastur “Zoodas”ni yaratish.
|
Tadqiqot shakli: Ilk marotaba maktab o’quvchilari, o’rta maxsus va oliy ta’lim bosqichidagi o’quvchi-yoshlar, talabalar, qolaversa o’qituvchilar uchun maxsus android dastur ishlab chiqish. Bunda dasturga nazariy ma’lumotlar faqat yozuvda berilmasdan, balki rasmlarda ham ifoda etiladigan innovatsion loyiha bajariladi.
Ilmiy-tadqiqot natijalari:
“Zoologiya” fanidan barcha atamalar boyicha ma’lumotlar bazasining elektron versiyasi yaratiladi;
Dasturda tezkor qidiruv tizimi ham yaratiladi. Bu tezkor qidiruv tizimi offline rejimda ham ishlashi ta’minlanadi;
Dasturda keltirilgan atamalarga izohlarda chet ellik olimlarning eng so’ngi ma’lumotlaridan foydalaniladi hamda chet ellik olimlarning ma’lumotlariga giper havolalar orqali borish imkoniyati yaratiladi;
Dasturda 1000 ga yaqin atamalar to’g’risida ma’lumotlar (suratlar, giper havolalar) turli xil ko’rinishda keltiriladi;
Dasturdan ham telefonlarda (hatto offline rejimda), ham kompyuterlarda birdek qulaylikda foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Natijalarni sinovdan o‘tkazish: Tadqiqot natijalari 1-bosqichda Sirdaryo viloyati xalq ta’limi muassasalarida, Guliston Davlat Universitetida sinovdan o‘tkaziladi. 2-bosqichda barcha foydalanishi uchun google play yoki appstore platformasiga chiqariladi.
Ilmiy natijalarni chop etish: Nufuzli ilmiy jurnallarda, Web of Science, Scopus ma’lumotlar bazasida indeksatsiyalangan jurnallarda, OAK ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy hamda mahalliy jurnallarda ilmiy maqolalar chop etiladi. To’plangan ma’lumotlar asosida izohli lug’at yaratiladi.
Yaratilgan dastur uchun Intelektual mulk agentligidan guvohnoma olinadi.
|
300
|
300
|
1 yil
|