Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
HAKAMLIK MUHOKAMASI 1-BOB. HAKAMLIK SUDI VA HAKAMLIK MUHOKAMASI TUSHUNCHASI VA AHAMIYATI 1. Hakamlik sudlari tashkil etilishining tarixi Fuqarolik munosabatlarining ishtirokchilari o‘rtasida ko‘pincha tez va malakali hal qilishni talab qiladigan mojaroli vaziyatlar vujudga keladi. Bunday vazifani mustaqil hakamlik tekshirish instituti bajarishi mumkin. Hakamlik sudlari iqtisodiy nizolarni hal qiladigan va davlat tizimiga kirmaydigan maxsus organdir. Hokimiyat vakolatlari berilgan sudlardan farqli ravishda hakamlik sudlari odil sudlovni amalga oshirmaydi. Hakamlik sudida ko‘rish inson tabiatining o‘zidan kelib chiqqan, chunki inson psixologiyasiga ko‘ra har qanday nizoda fikrini qadrlaydigan obro‘li, mustaqil shaxsga murojaat qilishga intiladi. “Hakamlik sudi” atamasi umumiy ma’noda hakamlik (arbitraj) sudlarini xorijiy element ishtirokidagi nizolarni ko‘radigan hakamlik (arbitraj) sudi hisoblangan halqaro tijorat arbitrajidan farqlash kerak. Hakamlik sudining roli davlat sudlariga qarama-qarshilik emas, balki nizolarni hal qilishning o‘zgacha, yangi usulini taklif qilishdir, binobarin hakamlik sudlarini tashkil etishdan maqsad qandaydir yangi huquqiy tizimni shakllantirish deb o‘ylash xato bo‘lur edi. Mustaqil sudlarning davlat tizimidagi sudlardan farqi sifatida birinchi navbatda Hakamlik sudida nizoni ko‘rib chiqish ishtirokchilari protsessual va moddiy huquq normalarini tanlashdagi erkinligini aytish lozim. Taraflar uchun nizolarni ko‘rib chiqish hakamlik shaklining muhit omili kelishuv bitimiga erishishdir. Bu qoida hakamlik sudlarining reglamentlarida asosiy maqsadlardan biri sifatida tez-tez ta’kidlanadi, shuningdek hakamlik sudlarining qarori ustidan shikoyat qilinmasligidir. Jahon tajribasidan ma’lumki, nizolarni hakamlik sudida ko‘rish tadbirkorlar o‘rtasida chiqadigan mojaroli vaziyatlarni bartaraf etishning eng ta’sirchan usullaridan biridir. Hakamlik sudini barpo etishning ijobiy samarasini aniqlash uchun uning ustivor jihatlarini aniqlash lozim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling