Hakamlik bitimi - taraflarning nizoni hakamlik sudiga hal qilish
uchun topshirish haqidagi kelishuvi.
Hakamlik bitimi taraflari - hakamlik bitimi tuzgan yuridik va
jismoniy shaxslar.
Hakamlik muhokamasi - nizoni hakamlik sudida hal etish jarayoni.
Hakamlik muhokamasi taraflari - o‘z huquq va manfaatlarini
himoya qilish uchun hakamlik sudiga da’vo taqdim etgan yuridik va
jismoniy shaxslar (da’vogarlar), shuningdek o‘ziga nisbatan da’vo taqdim
etilgan shaxslar (javobgarlar).
Hakamlik muhokamasi qoidalari - hakamlik sudida nizoni hal
etishni tartibga soluvchi, hakamlik sudiga murojaat qilish, hakamlik
sudyalarini saylash (tayinlash) qoidalarini va hakamlik muhokamasi tartib-
taomilini o‘z ichiga oluvchi normalar.
Hakamlik sudi (doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi yoki
muvaqqat hakamlik sudi) - fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib
chiquvchi nizolarni, shu jumladan tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida
vujudga keluvchi xo‘jalik nizolarini hal etuvchi nodavlat organ.
Do'stlaringiz bilan baham: |