Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/176
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#239987
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   176
 
HAKAMLIK MUHOKAMASI 
KIRISH 
 
Mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  sud-huquq  islohotlarining 
muhim  bir  yo‘nalishi,  o‘z  navbatida  yuqori  malakali,  raqobatbardosh, 
zamonaviy  xalqaro  standartlarga  javob  bera  oladigan  yuridik  kadrlarni 
tayyorlash, 
talabalarning 
nazariy 
bilimlarini 
amaliy 
jihatdan 
mustahkamlash, o‘tilayotgan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarning sifat va 
samaradorligini  yanada  oshirish,  professor-o‘qituvchilarning  malakasini 
oshirish  tizimini  yanada  yaxshilash,  talabalarda  mustaqil  protsessual 
hujjatlar yaratish ko‘nikmasini hosil qilish va shu orqali sohaga oid qonun 
hujjatlarini  takomillashtirish,  olib  borilayotgan  ilmiy-tadqiqot  ishlarini 
yanada  kuchaytirish,  eng  muhimi  nazariyotchi  olimlar  va  soha 
mutaxassislari bilan hamkorlikda talabalar uchun zamonaviy, yangi avlod 
uchun mo‘ljallangan o‘quv adabiyotlari tayyorlashni taqozo etadi. 
Shu  ma’noda,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2013  yil  28 
iyundagi  “Yuridik  kadrlar  tayyorlash  tizimini  yanada  takomillashtirish 
chora-tadbirlari  to‘g‘risidagi”  PQ–1990-sonli  Qarorida  belgilangan 
ustuvor vazifalardan kelib chiqib, “Hakamlik muhokamasi va mediatsiya” 
modulidan 
tayyorlangan 
“Hakamlik  muhokamasi”  nomli  o‘quv 
qo‘llanmasi  magistrantlarda  nizoni  hakamlik  sudida  hal  etishning  o‘ziga 
xos  xususiyatlari  haqida  asosiy  tushuncha,  ko‘nikma  va  bilimlar  hosil 
qilish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Ayniqsa,  mazkur  qo‘llanma  hozirgi 
zamon  talablaridan  kelib  chiqib,  talabalar  tomonidan  sohaga  oid  nazariya 
va amaliyot materiallarini tizimli ravishda va o‘z vaqtida o‘zlashtirilishini 
tashkil  va  tahlil  etish,  talabalarda  mustaqil  ishlash  ko‘nikmasini 
rivojlantirishga xizmat qiladi. 
Mazkur o‘quv qo‘llanmada hakamlik sudlari tushunchasi, turlari, ular 
tomonidan  hal  etiladigan  nizolar,  hakamlik  bitimi  va  da’vo  talablari, 
nizolarni  hakamlik  sudida  hal  etish  bilan  bog‘liq  xarajatlar,  hakamlik 
muhokamasi  jarayoni,  nizolarni  hal  qilishning  muqobil  usullari 
tushunchasi  va  turlari,  hakamlik  sudining  hujjatlari  va  hakamlik 
sudlarining  hal  qiluv  qarorlarini  ijro  qilish  bilan  bog‘liq  masalalar, 
shuningdek  har  bir  mavzuga  oid  nazorat  savollari,  kazuslar,  asosiy 
tushunchalar o‘rin olgan. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2013 
yil  
28  iyundagi “Yuridik  kadrlar  tayyorlash  tizimini  yanada  takomillashtirish 
chora-tadbirlari  to‘g‘risidagi”  PQ–1990-sonli  Qarorini  amalga  oshirish 
bo‘yicha  tadbirlar  rejasining  16-bandiga  muvofiq  tasdiqlangan  “Huquqiy 
fanlar  va  predmetlar  bo‘yicha  yangi  avlod  darsliklari  va  o‘quv 


 
 

 
 


Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling