Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Hakamlik sudi hal qiluv qarorining kirish qismida


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/176
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#239987
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   176
Hakamlik sudi hal qiluv qarorining kirish qismida:  
-  hal qiluv qarori qabul qilingan sana; 
-  hakamlik muhokamasi o‘tkazilgan joy; 
-  hakamlik sudining tarkibi; 
-  hakamlik  muhokamasining  taraflari  bo‘lgan  yuridik  shaxslarning  nomi  va 
joylashgan  eri  (pochta  manzili),  jismoniy  shaxslarning  familiyasi,  ismi,  otasining 
ismi,  yashash  joyi,  hakamlik  muhokamasi  taraflari  vakillarining  vakolatlari 
ko‘rsatilgan holda familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatiladi. 
 


 
 
73 
 
 
73 
 
HAKAMLIK MUHOKAMASI 
 
Hakamlik sudi hal qiluv qarorining bayon qismida: 
-  hakamlik sudi vakolatlarining asoslari; 
-  da’vogarning  talablari  va  javobgarning  e’tirozlari, shuningdek ularning iltimosnomalari 
ko‘rsatiladi. 
 
Hakamlik  sudi  hal  qiluv  qarorining  bayon  qismi  ishning  aniq  holat-
lariga ko‘ra ancha keng hajmli bo‘ladi. Mazkur qismda taraflar va boshqa 
shaxslar  ish  holatlarini  qanday  bayon  qilgan  bo‘lsalar  shunday  tuziladi. 
Da’vogarning  talabi  va  ularning  asoslari  bayon  etiladi.  Bayon  qismida 
da’vogar  talablarini  o‘zgartirishi:  da’vo  predmetini,  da’vo  asosini  o‘zgar-
irishi,  da’vodan  to‘liq  yoki  qisman  voz  kechishi,  da’vo  talablarini 
qisqartirishi  yoki  ko‘paytirishi  aks  etmog‘i  lozim.  Bu  ma’lumotlar 
qanoatlantirish  kerak  bo‘lgan  da’vo  predmetini  aniqlashda  kerak  bo‘ladi. 
Sud  o‘zgartirilgan  talablar  yuzasidan  qaror  chiqarishi  lozim.  Shuningdek, 
da’vogar  o‘zining  da’vo  talabidan  voz  kechsa  va  javobgar  hakamlik 
muhokamasini  tugatishga  qarshi  e’tiroz  bildirmasa  hakamlik  sudi 
hakamlik  muhokamasini  tugatish  haqida  ajrim  qabul  qiladi.  Hal  qiluv 
qarorining  bayon  qilish  qismida  javobgarning  da’voga  nisbatan 
munosabati,  ya’ni  da’voni  to‘liq  tan  oladimi  yoki  qismanmi,  o‘zining 
asosli  rad  etishlari  keltiriladi.  Hal  qiluv  qarorining  bayon  qilish  qismida 
taraflar  va  boshqa  ishda  ishtirok  etayotgan  shaxslarning  protsessual 
ahamiyat kasb etuvchi arzlari ham ko‘rsatilishi lozim.  

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling