Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
HAKAMLIK MUHOKAMASI - taraflarning talablari va taraflarning boshqa muhim mulohazalari; - sud majlisini keyinga qoldirish yoki ishni tugatishning asoslari; - sudyalarning imzolari ko‘rsatilishi kerak. Bayonnoma Hakamlik sudi kotibiyatining xodimi, Hakamlik sudining Raisi yoki uning o‘rinbosari tomonidan jalb qilingan boshqa shaxs tomonidan yuritiladi. Hakamlik muhokamasi taraflari bayonnoma bilan tanishish huquqiga ega. 9. Hakamlik muhokamasini tugatish O‘zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunning 44-moddasiga muvofiq, hakamlik sudi quyidagi hollarda hakamlik muhokamasini tugatadi: 1) hakamlik sudi o‘z hal qiluviga topshirilgan nizoni ko‘rib chiqish uchun hakamlik sudi vakolatga ega emasligi to‘g‘risida ajrim chiqarsa; 2) da’vogar o‘zining da’vo talabidan voz kechsa va javobgar hakamlik muhokamasini tugatishga qarshi e’tiroz bildirmasa; 3) hakamlik muhokamasi taraflari hakamlik muhokamasini tugatish to‘g‘risida kelishuvga erishsa; 4) hakamlik muhokamasi taraflari kelishuv bitimi tuzsa va u hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan tasdiqlansa; 5) hakamlik muhokamasi tarafi bo‘lgan yuridik shaxs qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilgan bo‘lsa; 6) hakamlik muhokamasi tarafi bo‘lgan jismoniy shaxs vafot etgan bo‘lsa yoki vafot etgan deb e’lon qilingan bo‘lsa yoxud bedarak yo‘qolgan deb topilgan bo‘lsa va huquqiy vorisdan hakamlik muhokamasini davom ettirish to‘g‘risida ariza tushmasa; 7) ayni bir hakamlik muhokamasi taraflari o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha kelib chiqqan nizo yuzasidan vakolatli sudning yoki hakamlik sudining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud bo‘lsa. Ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan asos bo‘yicha tugatilgan hakamlik muhokamasiga doir nizo tugatilgan hakamlik muhokamasi taraflaridan biri tomonidan vakolatli sudga topshirilishi mumkin. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling